Август 2020 10-қисм
Тошкент
Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiya asosida o’qitishni yo’lga qo’yish, ta’lim-tarbiya
jarayonini o’quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish
o’qituvchining muhim vazifasi bo’lib qolmoqda. Binobarin, o’quvchilar pedagogik jarayonning
faol sub’ektlariga aylanmoqlari lozim.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o’ziga
xos yo’lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur
qilib qo’ydi va bir qator chora-tadbirlar ko’rishni, shu jumladan, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunni joriy
etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o’quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg’or o’quv yurtlarini
attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassalalarini tashkil etish hamda
eng asosiysi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishni taqozo etdi.
Hozirgi kun yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kasbga o’rgatish, ularni aqliy va ma’naviy
kamol toptirishdan iboratdir. “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va vositalarini yangidan ishlab chiqishni
hayotning o’zi talab qilmoqda. Bu omil ta’lim jarayonini tarkibiy qismlarini yangicha tartibda
namoyon bo’lishini talab etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va
tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim
vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’lim va tarbiyani tashkil etishda o’qituvchi mahoratining
noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. Innovatsion pedagogik
texnologiyalarning mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan
yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
O’quv – tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining
bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa
o’quvchidan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik
texnologiyaning ta’lim va tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan
holda, o’quvchini kim o’qitayotganligi va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq. Pedagogik
texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga
o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nutqai nazarlarini
asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiya va ularning ta’lim-tarbiyada qo’llanishiga
oid bilimlar, tajriba o’quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan darsning an’anaviy darsdan farqi shuki,
bu darsda o’quvchiga erkinlik muhitini yaratib berishida ko’rinadi. Bu imkoniyat o’quvchiga
hech qanday tazyiq o’tkazmasdan uning shaxsiyatiga tegmasdan savollar berish orqali do’stona
munosabatdagi o’quv muhitini yaratishidadir.
O’qitishning turli texnologiyalari pedagogik o’yinlar, qiziqarli boshqotirmalar, rasmli ko’rinishdagi
rebuslar o’quvchilarda o’qishga nisbatan qiziqishlarini orttirish, mavzuni o’zlashtirish darajasini
oshiradi va fikrini mustaqil bayon qilish ko’nikmasini shakllantiradi. An’anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda, dars jarayonini oqilona tashkil etilishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning bilim
olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirib ularning ta’lim jarayonida faolligini muttasil rivojlantirib
turilishi o’quv mavzusini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda ―Bahs-
munozara‖, ―Aqliy hujum‖, ―Muzyorar‖, ―Tarmoqlash‖, ―Baliq skleti‖, ―Nima uchun‖, ―Venn
diagramma‖ usullaridan oqilona foydalanish zamon talabiga aylanib bormoqda.
O’qituvchi faoliyati yangilanmasa ta’lim-tarbiyada samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Pedagogik
faoliyat tug’ma talant emas, nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki uning asosida izlanish,
ijodiy mehnat yotadi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg’or pedagogik texnologiyalar,
yangiliklar, dars o’tishning interfaol usullari o’z-o’zidan ta’limga kirib kelmaydi
Xullas, boshlang’ich sinflarda dars samaradorligini sifatini oshirishda pedagogik texnologiyada
kutilgan natijaga erishish uchun faqat o’qituvchi emas, o’quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari, talablari
va xislatlariga asoslangan holda, ko’zda tutilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali bo’lishini
rejalashni tarbiyachi-o’qituvchi o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Tarbiyachi-o’qituvchining obro’-
e’tibori nafaqat o’zini, balki barkamol avlod tarbiyasi va mamlakat kelajagini ham belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolipov O’., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - Toshkent.:
―Fan‖, 2006.
2. Babayeva D. Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi. TDPU. 2018.
3. Internet ma’lumotlar.
255
Do'stlaringiz bilan baham: |