Август 2020 10-қисм
Тошкент
nazorat test topshiriqlari va mustaqil ish topshiriqlarini tuzadi. O’quvchilarning mustaqil o’quv
bilish faoliyatini tashkil etadi. Modul dasturining didaktik maqsadi va o’quv topshiriqlari bilan
tanishtiradi. O’quvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etadi. Muammoli
vaziyatlarni vujudga keltiradi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.
Modul dasturidan o’rin olgan har bir modul yakunida o’quv bahsi, savol-javob, munozara,
aqliy hujum o’tkazadi. Modul dasturini yakunlaydi.
Ma’ruzada modulli ta’lim texnologiyasini qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur
texnologiyadan foydalanish uchun o’qituvchi quyidagi tayyorgarlik ishlarini olib borgan bo’lishi
shart:
1. O’rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida
o’quvchilarga qo’yiladigan o’quv maqsadlarini belgilash;
2. O’rganiladigan mavzuni mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajratish, har bir modulning
xususiy maqsadlarini aniqlash va ularning iyerxargik darajasini tuzish;
3. O’quvchilarning har bir modulning xususiy maqsadlariga erishish yo’llarini nazarda tutgan
holda o’quv topshiriqlarini tuzish va unga ajratilgan vaqt me’yorlarini belgilash;
4. Modullarning ketma-ketligi asosida modullarning xususiy maqsadlari, o’quv topshiriqlarni
yaxlit tarzda o’zida mujassamlashtirgan modul dasturini loyihalash;
5. Ma’ruza matni va modul dasturini mashg’ulotdan bir hafta avval o’quvchilarga tarqatish;
6. Modul dasturining uch xil turi bo’lishini nazarda tutgan holda o’quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish shaklini aniqlash;
Izoh:
- Agar o’rganiladigan mavzu mazmuni faktik materiallardan iborat bo’lib, o’quvchilar tomonidan
o’zlashtirishida qiyinchilik yuzaga kelmasa, u holda modul dasturining individual ishlash modul
dasturidan foydalaniladi;
- Agar o’rganiladigan mavzu mazmuni faktik materiallar bilan bir qatorda ilmiy-nazariy
masalalardan iborat bo’lib, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishida qiyinchilikni yuzaga keltirgan
holda modul dasturining ikki o’quvchi hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturidan
foydalaniladi;
- Agar o’rganiladigan mavzu mazmuni ilmiy-nazariy masalalar, tushuncha va atamalarni o’zida
mujassamlashtirgan bo’lsa, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishida qiyinchilikni yuzaga kelishi
tabiiy bo’lgan holda modul dasturining o’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga
mo’ljallangan modul dasturidan foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Tolipov O`., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006.
2. Adam, R. Tne Process of Educational Innovation I R. - Lnd, 1991.
3. Bassett G. Innovation in Primary Education. - Lnd: 1992.
4. Beverly D. Inquiry Based Teacher Education - Lnd: 1996.
5. D. Beverly, D. Shaklee, K. Cushner II. Pedagogicheskoye obrazovaniye dlya XXI veka. -
M.: 1994.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |