Kalit so`zlar:
Zamonaviy, ta`lim, tarbiya, bilim, pedagogika, iqtisodiy o`sish, DTS talablari,
” To`xtang” usuli, xarakter, axborot-kommunikatsiya .
Zamonaviy ta`lim oldida turdan eng muhim vazifa o`quvchi shaxsining ilm olishga bo`lgan
ehtiyojini qondirishga qaratilgan.
Biz kimni tarbiyalashimiz kerak?-degan savol zamonaviy
pedagoglarning bosh masalasiga aylandi. So`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda
malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo`lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o`z-o`zidan
o`quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o`qituvchilarning har tomonlama
ta`lim - tarbiyaga e`tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Ta`lim va tarbiya, bu ikki tushuncha uyg`unlashgan, ular qushning qanotlari kabidir. Bir
qanoti bo`lmasa qush parvoz qila olmaganidek, o`quvchi ham yuksala olmaydi. Sinfdagi barcha
o`quvchilarning tarbiyasi, xarakteri turlicha. Mahorat- li, mohir pedagoggina kuchli psixolog
darajasiga yetadi. Dastavval, ustoz o`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, eng yaxshi axloqiy
sifatlarini, olgan bilimini hayot bilan bog`lay olishni, vatanni, uning tarixi, madaniyati, urf-
odatlarini, eng asosiysi insonni hurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashni kasb-hunarga qiziqishni,
iqtisodiy, huquqiy ekologik madaniyatni tarkib topdirishni tarbiyalash kerak. Darslar DTS
talablari asosida bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirib, noan`anaviy tarzda o`tilsagina,
o`quvchilarning dars-mavzusini o`zlashtirib olish imkoniyatini kengaytiradi. Oqituvchi o`z
sohasining mohir bilimdoni, muammolarning oqilona yechimlarini topa oladigan, o`z ustida
doimiy ijodiy ishlab, yangiliklar yarata oladigan, o`quvchilari qalbidan munosib o`rin egallagan
bo`lishi kerak. O`quvchilarning ta`limdagi yutuqlari asosan o`qituvchilar tomonidan ularga o`quv
jarayonida berayotgan topshiriqlarning sifati, hamda kasbiy tayyorgarligi sifati bilan baholanadi.
Davrimiz jadal rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining fan-
texnika iqtisodiyotning turli sohalariga keng tadbiq etilayotganligi bilan xarakterlanadi. Ta`lim
tizimida turli fanlar qatori ona tili va adabiyot darslarida ham taqdimot texnologiyalaridan keng
foydalanish samaralidir. Men o`z tajribamdan kelib chiqib shuni aytyapman. 5-6-sinf bolalari hali
o`yinqaroq bo`ladi. Ular bilan birga bola bo`lib mavzuga mos o`yinlarni o`ylab, ijodkorligimni
oshirib, dars samaradorligiga erishdim. O`quvchilar keyingi darsni intiqlik bilan kutadigan
bo`lishdi. Ba`zan o`rni kelganda ona tili darsining 10 daqiqasini maktab hovlisida matn tuzish, so`z
topish kabi shartlarni zavq bilan bajartirib, ulardagi yashirin iste`dodni kashf qilaman, ”men”ligini
shakllantirishga harakat qilaman. Sen uddalaysan, sen zo`rsan, hamma senga havas qiladi, kabi
jumlalarni tez-tez qo`llash kerak. Ba`zan darsimni 3 etap asosida olib boraman.
1-etapda 5ta savolli o`tilgan mavzu asosida test sinovi. O`quvchilar A,B,S kartochkalari
yordamida belgilaydilar va o`zlarini o`zlari javoblariga qarab baholaydilar.2-etapda uy ishi iqtidorli
o`quvchilar yordamida tahlil qilinadi va baholanadi.3-etapda esa yangi mavzu tushuntirilgach,
darlikdagi mashqlar bajartiriladi, har bir ishning kamchiliklari alohida-alohida tushuntirilib
baholanadi, dars yakunida 3etap asosida umumiy ball jamlanadi va barcha o`quvchilar baholanadi,
o`rgan –o`rgat shioriga sinfdoshlari amal qilgan holda.
Adabiyot darsida esa mavzu ” To`xtang ” usulida so`ralsa samaraliroq bo`ladi, ya`ni o`quvchi
mavzuni gapirib ma`lum bir fikrni aytgandan so`ng, kimdir ” To`xtang” deb davom ettirishi
kerak. Bu ham o`yin tarzida bo`lib, tezkorlik, hozirjavoblikni talab etadi. Buyuk hakim Suqrot
aytganidek:
Do'stlaringiz bilan baham: |