Audit va iqtisodiy tahlil



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

2. 
Bilvosita soliqlar
33 404,3 
2.1 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i 
22 019,4 
2.2 
Aksiz solig‘i 
8 343,8 
2.3 
Bojxona boji 
1 415,3 
2.4 
Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni
iste’mol qilganlik uchun soliq 
1 323,2 
2.5 
Abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun to‘lov 
302,5 
3. 
 Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i
9 714,5 
3.1 
Mulk solig‘i 
2 158,9 
3.2 
Yer solig‘i 
1 266,6 
3.3 
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 
6 203,1 
3.4 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
85,9 
4. 
Yuqori daromaddan olinadigan soliq
1 367,7 
5. 
Boshqa daromadlar 
4 937,6 
 
 
Ushbu jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki 2018-yil davlat byudjetining 
asosiy parametrlarida byudjetning jami daromadlari 62,2 trillion so‘mni tashkil 
etishi hamda 23,9 trillion so‘mi byudjetga yo’naltirilgan to‘g‘ri soliqlar hisobidan 
shakllanishi belgilangan edi. Ya’ni o’tgan yilda jami byudjet daromadlarining 
7
 www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi. 


13 
38,4%i to‘g‘ri soliqlar hisobidan shakllanishi tasdiqlangan edi. 
Moliya vazirligi taqdim etgan Davlat byudjetining bu yilgi loyihasida 
2019-yilgi daromadlar 102,6 trillion so‘m yoki YaIMga nisbatan 24,2 foiz 
miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan. 
Byudjet loyihasiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i 40 786,3 mlrd so‘m 
(39,7%), aksiz solig‘i 12 681, 3 mlrd so‘m (12,4%), jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i 11 367,4 mlrd so‘m (11,1%) bo‘lishi kutilmoqda. 
Davlat byudjeti daromadlarining yarmidan ortig‘i (54,1 foizi) yoki 55,5 trln. so‘m. 
aylanma soliqlar hisobiga hosil bo‘ladi. 
Loyihada aylanma soliqlarning asosiy tushumlari QQS hisobiga (74 foizi) 
ta’minlanishi, yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mga yetgan korxonalar 
umumiy belgilanadigan soliqlar to‘lashga o‘tkazilishi munosabati bilan, soliq 
to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga QQSni oshirish rejalashtirilmoqda. Aksiz 
solig‘i tushumining oshishi alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i 
stavkalari indeksatsiyasi bilan bog‘liq. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun 
to‘lov esa 335,8 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilindi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan 20,7 trln. so‘m. miqdorida daromad tushishi 
rejalashtirilgan, bu Davlat byudjetining umumiy daromadlarida 20,1 foizni tashkil 
etadi. Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i prognozi 14,6 trln. so‘mni yoki Davlat 
byudjeti umumiy daromadlarining 14,2 foizini tashkil etadi. 
Bundan tashqari, loyihada Davlat byudjetidagi umumiy tushumlarning 37,5 
foizi yirik soliq to‘lovchilarning hissasiga to‘g‘ri kelishi prognozlangan. Unga 
ko‘ra, davlatga sotilgan Ucell umumiy tushumlarning 0,7% qismini qoplashi 
kutilmoqda. 
Soliqlarning asosiy vazifasi fiskal, ya’ni byudjetga daromad jalb qilish
hisoblangan soliqlar davlat oldida turgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarni 
bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirishda asosiy iqtisodiy manba bo‘lib 
xizmat qiladi. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish dastaklari orasida 
soliqqa tortish mexanizmini qo‘llash o‘zining yuqori samaraliligi bilan ajralib 
turadi.


14 
Iqtisodiy siyosatning noaniqligi korporativ soliq yukining ijobiy tomonlari 
bilan bog'liq bo'lib, soliq imtiyozlari yuqoriligi bilan yanada kuchli bo'ladi. Bundan 
tashqari, iqtisodiy siyosat noaniqligi davlat soliq imtiyozlarini oshirish orqali soliq 
yig'ishni kuchaytiradi va shu bilan korporativ soliq yukini oshiradi. Bundan 
tashqari, iqtisodiy siyosat noaniqligining korporativ soliq yukiga ta'siri birinchi 
navbatda davlat korxonalarida, yuqori texnologiyali bo'lmagan firmalarda, sharqiy 
hududlardagi firmalarda va xizmat ko'rsatish sohasi firmalarida muhim ahamiyatga 
ega. Dalillarning ko'rsatishicha, iqtisodiy siyosatning oshkoraligi va barqarorligini 
saqlash soliq yukini samarali ravishda kamaytirishga yordam beradi
8

Soliqlar yangi sifat kasb etib, iqtisodiy faollikni tartibga solish, takror 
ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish qurollaridan biri rolida chiqadi. Ushbu 
ta’sir g‘oyatda ko‘p qirrali bo‘ladi. Foydaga solinadigan soliqlardan foydalanib, 
davlat sarmoyani jamg‘arish jarayonlariga g‘oyatda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunga jadallashtirilgan amortizatsiyaning soliq mexanizmi misol bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin, bu holda davlat moliya organlari korxonalariga amortizatsiya 
fondiga asosiy sarmoyaning haqiqatdan sarflanishidan anchagina oshadigan 
summani o‘tkazish uchun ruxsat beradi.
Natijada soliqqa tortiladigan foydaning hajmi, binobarin, to‘lanadigan soliq 
summasi ham ancha qisqaradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usuli iqtisodiyotning 
korporativ sektorida kapital qo‘yilmalarini ko‘paytirishning muhim omili 
hisoblanadi. Uni qo‘llash fan-texnika taraqqiyotini intensivlash, iqtisodiyotda 
tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, ayniqsa, ilmtalab tarmoqlarni rivojlantirish 
imkonini beradi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish