Soliq hisobiga berilgan ta’riflar qiyosiy tasnifi
10
Mualliflar
Ta’riflar
A.A.Karimov, F.R.Islomov,
A.Z.Avlaqulovlar
Soliqlar hisobi - barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda
soliqlar va to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq
imtiyozlarini qo‘llash hamda ularni belgilangan muddatlarda
byudjetga o‘tkazib berilishini ta’minlovchi buxgalteriya hisobi
turidir.
K.B.O‘razov
Soliqlar hisobi - xo‘jalik hisobining alohida turi emas, balki
bugalteriya hisobining tarkibiy qismidir.
Z.N.Qurbanov
Soliq hisobi – bu xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlar tomonidan
soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasini
to‘g‘ri hisoblash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, qayd
etish, qayta ishlash, guruhlash va umumlashtirish tizimidir.
Mualliflik ta’rifi
Soliqlar hisobi - xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarning soliqlar va
majburiy to‘lovlarni qonuniy me’yoriy hujjatlarga asoslangan
holda to‘g‘ri hisoblashi, zaruriy ma’lumotlarni yig‘ishi, qayd
etishi, qayta ishlashi, guruhlashi va umumlashtirishi hamda
byudjetga tushishini o‘z vaqtida ta’minlashidir.
Bu ta’riflarga asoslangan holda soliqlar hisobining maqsad va vazifalarini
quyidagicha bayon etish mumkin.
Soliqlar hisobining maqsadi – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
soliqlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri hisobga olib, foydalauvchilarni aniq va ishonchli
moliyaviy hamda buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlashdir.
Soliqlar hisobining vazifalari quyidagilardir:
-
korxona tomonidan byudjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy
to‘lovlarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida hisoblash;
- ishonchli axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish hamda
ichki va tashqi foydalanuvchilarni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash;
-
hisoblangan soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida byudjetga
o‘tkazilishini ta’minlash.
Soliqlar hisobining ob’ektlarini aniqlashda bevosita buxgalteriya
hisobining ob’ektiga murojat qilishimiz kerak. Chunki buxgalteriya hisobining
10
Muallif tomonidan tayyorlandi.
19
ob’ektlari moliyaviy, boshqaruv va soliq hisoblari ob’ektining asosi bo‘lib
hisoblanadi. Soliqlar hisobining ob’ekti bo‘lib, soliq turlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
Qonunning 7-moddasida «Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar,
daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq
bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»
11
deb
ko‘rsatilgan .
Soliqlar hisobining sub’ekti bo‘lib soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy
shaxslar hisoblanadi.
Shu vaqtgacha ham buxgalteriya hisobning predmeti va ob’ekti
kategoriyalariga yagona ta’rif berilmagan, hisob ob’ektlarining ilmiy asoslangan
tasnifini berish oxiriga yetkazilgan emas. Bularning barchasi hisob ob’ektining
nazariy konsepsiyasiga keng ma’nodagi qarashlar bilan birga, ularning har
xilligidan dalolat beradi. Buxgalteriya hisobi, shu jumladan soliq hisobining
predmeti va ob’ektining nazariy masalalari doimo dolzarbligicha qolaveradi.
Bugungi kunda xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda,
buxgalteriya hisobi va hisobotini soddalashtirilgan tizimi, korxonaning olib
borayotgan
faoliyati
va
iqtisodiy
ahvoli
to‘g‘risida to‘liq tasavvurni
shakllantirishda yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, buxgalteriya hujjatlarini
barcha foydalanuvchilarga, jumladan, chet el investorlariga qulayligini oshiradi
deb hisoblaymiz. Korxonalarda soliqlar hisobini yuritish uchun, O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktyabrda №1181-son bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 21-son “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-
xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma” nomli BHMSga muvofiq soliqlar hisobini yuritish uchun 4410-
“Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” va
6400- “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar” passiv
schyoti belgilangan.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olishda soliqlar bo‘yicha
11
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasi, 2016-yil 13-aprel.
20
analitik schyotlarga ham ega. Vaholanki, ularni har bir xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra mustaqil belgilash huquqlariga ega.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
ishchi hisobvaraqlari rejasini tuzadilar va u xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob
siyosatida aks ettiriladi.
Barchaga ma’lumki, tashkilotda buxgalteriya hisobi ma’lum qonun-
qoidalar asosida yuritilishi lozim. Bunda asosiy muammo shunday qoidalarni
ishlab chiqishni talab qiladiki, shu qoidalarni amalga oshirish jarayonida
buxgalteriya hisobini yuritishga samarali ta’sir ko‘rsatish lozim. Bunda ta’sir
deyilganda moliyaviy va boshqaruv hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etish
tushuniladi.
Soliqlarning moliyaviy hisobini nazariy va metadologik jihatdan
takomillashtirishda bevosita soliq siyosati va buxgalteriya hisobining tamoyillari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisob yuritish siyosati deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda
yuritish va tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi
12
.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar «Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar»
nomli 1-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) asosida moliyaviy
xo‘jalik faoliyati bo‘yicha olib boriladigan ishlarni belgilab olishi lozim. Xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan shakillantiriladi.
Mamlakatimizda soliqlarning moliyaviy hisobini yuritishda Buxgalteriya
hisobining milliy standartlarida belgilangan tamoyillar asosida har bir soliq turi
bo‘yicha alohida-alohida olib boriladi. Soliqlarning hisobini tashkil qilish,eng
avvalo, soliq to‘lovchining hisob siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati quyidagicha bo‘lishi lozim:
-
foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyatli;
-
ishonchli bo‘lishi;
-
aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa sub’ektlarning moliyaviy
12
Karimov A.A., Kurbanbayev J.E., Jumanazarov S.A. Buxgalteriya hisobi. Darslik. T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019.
21
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi;
-
tushunarli va oddiy bo‘lishi shart.
Hozirgi iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida korxona xo‘jalik faoliyatida
soliqlar hisobini yuritishi va ularni samaradorligini oshirishi lozim. Shu sababli
korxonalarda soliqlar hisobining samarali boshqarilishi nafaqat korxona
faoliyatida, balki davlat ahamiyatida ham asosiy o‘rinni egallaydi. Koxonalarda
sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik muomalalarini to‘g‘ri hamda samarali yuritilishini,
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olinishini boshlang‘ich hujjatlarda olib
borilishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyati davomida xo‘jalikda sodir bo‘lgan muomalalarni
yuritishda, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-
kitoblarni amalga oshirish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya
hujjatlaridan foydalaniladi.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, soliqlar
hisobining to‘g‘ri yuritilganligini aniqlash, xullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks
ettiriladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi
kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni
buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur
masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush
oqibatlarga olib kelishi hamda soliqlar hisobining to‘g‘ri yuritilmasligiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir
hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter
tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. Buning
uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul
ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar aylanmasining turli bosqich chizmalar
ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar
aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga
oshirishi kerak.
Respublikamiz amaliyotida soliqlarning boshlang‘ich hujjatlarda aks
ettirilishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu yerda asosan schyot-fakturalar, olingan
22
va taqdim etilgan schyot-fakturalarni hisobga olish jurnali kabi hujjatlar yuritiladi.
Xususan, soliqlarni boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishda schyot-
fakturalar muhim rol o‘ynaydi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda soliq to‘lovchi tovarni sotib oluvchiga
alohida qator bilan ajratib ko‘rsatiluvchi soliq summasiga orttirgan holda maxsus
schyot-fakturani yozib beradi.
Soliqlar hisobini dastlabki hujjatlarda aks ettirishda buxgalteriya hisobining
jurnal-order shakli ham keng qo‘llaniladi. Bunda yuqorida qayd etilgan schyot-
fakturada ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha yozuvlar yig‘ma va
guruhlovchi
qaydnomalarda
(jurnal-orderlar),
shuningdek,
yordamchi
qaydnomalarda guruhlab boriladi. Buxgalteriyada keltirilgan boshlang‘ich hujjatlar
memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, bevosita shu jurnallarning o‘zida aks
ettiriladi, chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir
vaqtda xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiruvchi
orderlar hisoblanib, memorial-orderlarni tuzish zaruriyatini yo‘qotadi. Bu yerda
memorial-orderlarning o‘rnini avvaldan hisobvaraqlarning korrespondensiyasi
tuzib qo‘yilgan maxsus hisob registrlari tuziladi. Bu registrlar yig‘ma va
guruhlovchi qaydnomalar, ya’ni jurnal-orderlardir. Jurnal-orderlarda birlamchi
hujjatlarning
ma’lumotlarini to‘g‘ri guruhlashtirishni ta’minlash uchun
hisobvaraqlar krediti bo‘yicha namunaviy korrespondensiya va oylik, choraklik
hamda yillik hisobotlar uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar ro‘yxati nazarda
tutilgan. Jamlanma va tahliliy hisob uchun mo‘ljallangan jurnal-orderlarda, bundan
tashqari, tahliliy hisobning zarur moddalari ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hisob registrlari shunday
tartibda tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu registrlarning o‘zidan olish mumkin bo‘lsin.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |