Audit va iqtisodiy tahlil


II BOB. “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MCHJDA TO‘G‘RI SOLIQLAR



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

II BOB. “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MCHJDA TO‘G‘RI SOLIQLAR 
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH 
2.1. Ish haqidan undiriladigan daromad solig‘i hisobi va to‘lash tartibi 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS) to‘lovchilari 
bo‘lib, ushbu soliqning nomidan ko‘rinib turganidek, har qanday shaklda daromad 
oladigan jismoniy shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxs – O‘zbekiston fuqarosi, 
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs. Jismoniy shaxslarning — 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olingan daromadlariga Soliq Kodeksning 182-moddasida nazarda 
tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq 
solinadi. 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob’ektidir: 
-
O‘zbekiston 
Respublikasi 
rezidentlarining 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari; 
-
O‘zbekiston 
Respublikasi 
norezidentlarining 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari; 
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, Soliq kodeksning 
58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar. 
5-jadval 
Jismoniy shaxslar daromadlari tarkibi
13
 
Jismoniy shaxslarning jami daromadlari
Mehnatga haq to‘lash 
tarzidagi daromadlar 
Mulkiy daromadlar 
Moddiy naf tarzidagi 
daromadlar 
Boshqa daromadlar 
Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy 
shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi: 
1)
mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarni 
13
Muallif tomonidan tayyorlandi. 


24 
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-
profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena 
vositalari bilan ta’minlash xarajatlari; 
2)
kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan 
to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga 
beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga 
mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa 
to‘lovlar mustasno; 
3)
xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari; 
4)
diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, 
vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat 
qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik 
shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq 
hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa 
xarajatlar; 
5)
xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus 
kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni 
pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat 
vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari va boshqalar. 
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan 
mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy 
shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash 
tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi: 
1)
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga 
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan 
holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi; 
2)
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar; 
3)
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; 
4)
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya); 


25 
5)
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash. 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: 
1)
moddiy yordam summalari; 
2)
yo‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman 
qoplash summalari, turistik yo‘llanmalar bundan mustasno; 
3)
o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) 
statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan 
summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatganlik, 
nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik 
vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari; 
4)
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul 
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat 
pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, 
shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul 
mukofoti va sovg‘alar; 
5)
xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun 
sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti; 
6)
xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan 
buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati; 
7)
fuqarolarning soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasida 
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik 
shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 
to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari va 
boshqalar. 
Korxonalarda soliqlar hisobini yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktyabrda №1181-son bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan, 21-son “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” 
nomli BHMSga muvofiq soliqlar hisobini yuritish uchun 4410 - “Byudjetga 


26 
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” aktiv schyoti va 
6400 - “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar” passiv 
schyoti belgilangan. 
Shuningdek “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJda byudjetga 
to‘lovlar hisobini yanada aniqroq yuritish maqsadida ushbu schyotlar asosida bir 
qancha analitik schyotlar ham yaratilgan bo‘lib, ularni quyidagi jadval asosida 
ko‘rishimiz mumkin. 
6-jadval 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish