Audit va iqtisodiy tahlil


O‘zbekistonda soliq stavkalaridagi o‘zgarishlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

O‘zbekistonda soliq stavkalaridagi o‘zgarishlar
4
 
Soliq va boshqa majburiy 
to‘lov turlari
2000-yil
2019-yil
Yuridik 
shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘i
31% 
12% 
Jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i
15%, 25%, 36%, 40% 
12% 
Mikrofirma 
va 
kichik 
korxonalar 
uchun 
yagona 
soliq to‘lovi
15% 
4% 
Yagona ijtimoiy to‘lov
40% 
12%, 25% 
 
Jadvaldan ko‘rinadiki, keyingi o‘n to‘qqiz yil mobaynida yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 2,6 barobar, mikrofirma va kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 3,75 barobar, yagona ijtimoiy 
to‘lov stavkasi 3,3 barobar pasaytirilgan. Buning natijasida mamlakatimizdagi 
umumiy soliq yuki ham yillar davomida sezilarli ravishda pasayib bormoqda. 
2019-yildan boshlab joriy etilgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‘oyasi 
soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo‘llashni ko‘zda tutadi. 
Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar 
uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin. Afsuski, yalpi 
ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta bo‘lib, bu mamlakat 
4
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi.


10 
rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish 
uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning 
yagona yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtimizda bu borada ta’sirchan 
choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqilmoqda. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliqlar tizimini boshqarishning 
nazariy-uslubiy va amaliy jabhalarini tadqiq etish e’tibor talab qilinayotgan soha 
bo‘lib qolmoqda. Soliqqa tortishning nazariy asoslaridan kelib chiqib, soliq 
siyosatini amalga oshirish bu borada optimal variantni tanlab olishni talab etadi.
Soliqlar davlatning barcha yo‘nalishdagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan 
asosiy moliya manbalardan biri bo‘lib, u hukumatning ustuvor yo‘nalishlarini 
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirishdagi asosiy qurolidir. Davlat iqtisodiyotini 
soliqlar orqali tartibga solish bu davlat byudjetini tashkil etishning usuli bo‘lsa, 
soliqqa tortish yo‘li bilan esa jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarini rivojlanishiga 
ta’sir etish mumkin bo‘ladi. Ya’ni, davlatning mavjudligi bu soliqlar bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘ladi, chunki soliq tushumlari davlatning iqtisodiy 
mustaqilligining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Korxonalarga soliq og‘irligi yuklash siyosati ishlab chiqilayotganda 
umumjamiyat manfaatlarini optimal darajada uyg‘unlashtirishga yordam 
beradigan, davlatning ehtiyojini qondiradigan va tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq 
bo‘lmaydigan soliq tizimini shakllantirish ko‘zda tutiladi. Amalda joriy etilgan 
soliqlarning umumjamiyat manfaatlariga qanchalik mos kelishini baholashda va 
ko‘zlangan maqsadga qay darajada erishilganligini aniqlashda korxonalar 
moliyaviy faoliyatiga soliqlarning ta’sirini tadqiq qilish ham muhim o‘rin tutadi.
Ko’pgina davlatlarda makroiqtisodiy darajada soliq yukini hisoblash 
YaIMga ko’ra soliqlar va yig’imlar umumiy summasiga nisbatan amalga 
oshiriladi
5
. Ya’ni uning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: 
5
Jo‘rayev A.S., Safarov G‘.A., Meliyev O.R.. Soliq nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi. T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. 262-bet.


11 
Bu yerda: 
S
yuki
– soliq yuki; 
S – soliqlar; 
T – to’lovlar; 
YaIM – mamlakatdagi yalpi ichki mahsulot. 
Soliq yuki makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omillaridan 
biri hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, investitsiya muhitini 
yaxshilash hamda iqtisodiyotning o’sishida mamlakatdagi soliq yuki va soliq 
siyosati alohida o’rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda YaIMga nisbatan 
soliq yuki ko’rsatkichining yildan-yilga tushib borayotganligi kuzatilmoqda. Buni 
quyidagi 2-rasm orqali ko’rishimiz mumkin.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish