44
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini boshqarish jarayonida ulardagi
olib borilayotgan hisob-kitob ishlarini bozor munosabatlari talablari darajasida
yuritish, audit faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, moddiy boyliklarning to‘liq saqlanishini ta’minlash,
byudjet oldidagi
majburiyatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar kabi
auditorlik faoliyatida ham bir qancha islohotlar olib borilayotganligi barchaga
ma’lum.
Auditning maqsadi korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatini belgilangan
tartibda aniq va me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda ish olib borganligiga
holisona baho berishdir. Auditorlik tekshiruvi korxonalarda olib borilayotgan
hisob-kitob
ishlarida
vujudga
kelgan
kamchiliklarni
bartaraf
etishga
ko‘maklashishdan iboratdir. Auditorlik faolitini yuritishning o‘ziga xos
xususiyatlari (talablari): tekshirishni o‘tkazish chog‘ida
mustaqqillik, ob’ektivlik,
maxfiylik hisoblanadi. Ya’ni auditor, avvalombor, mustaqil, hech kimga qaram
bo’lmagan holda xo‘jalik moliyaviy holatiga holisona baho berish bilan birga
o‘tgazilgan tekshiruv ma’lumotini sir saqlashi lozim.
Uning asosiy vazifasi - bu axborotlardan
foydalanuvchilarga taqdim
qilinadigan hisobotlar to‘g‘risida xolis fikr bildirish uchun mustaqil tekshirishdir.
Auditorlik tekshiruvining maqsadi korxonaning moliyaviy hisobotlari,
uning moliyaviy holati va faoliyat natijalarini qay darajada haqqoniy aks ettirishi
to‘g‘risida malakaviy xulosa berishdan iboratdir.
Soliqlar auditini o‘tkazish auditorlik rejalashtirishidan boshlanadi. Soliqlar
auditini rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, audit
o‘tkazishning
kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko‘rsatgan holda
auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolis va asosli fikrlarni shakllantirish uchun zarur
bo‘lgan auditorlik qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini
belgilaydigan auditorlik dasturi tuziladi.
45
Fikrimizcha, soliqlar auditini rejalashtirish auditni o‘tkazishning
quyidagi
umumiy qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. (3-rasm)
Soliqlar auditini rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi
rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar
rejalashtirishning barcha bosqichlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlanishini taqozo
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: