Audit va iqtisodiy tahlil


Yagona soliq to‘lovi hisobi va to‘lash tartibi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

2.2. Yagona soliq to‘lovi hisobi va to‘lash tartibi 
Dunyodagi rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan ko‘p mamlakatlarda 
kichik biznesni rag‘batlantirish uchun bir nechta soliqlarni bitta soliq bilan 
almashtiradilar. Uni to‘lash bir vaqtning o‘zida byudjetni to‘ldirishni ta’minlaydi 
hamda soliq to‘lovchilar uchun afzalliklar va soliq xizmati uchun qulayliklar 
tug‘diradi. 
O‘zbekistonda ana shu maqsadlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilar va yalpi tushumi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari 
uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
 
(SSST) belgilangan. Buxgalterlar 
va soliqchilar ko‘pincha ushbu tartibni «sodda soliq tartibi», uni qo‘llaydigan 
yuridik shaxslarni esa «sodda soliq to‘lovchilar» deb atashadi. 
SSST – soliq solishning shunday tartibiki, unda foyda solig‘i va QQS 
o‘rniga yagona soliq to‘lovi (YaST) to‘lanadi, bu esa «sodda soliq 
to‘lovchilar»ning soliq yukini kamaytiradi. 
SSST soliq ma’muriyatchiligi, ya’ni butun soliq solish tizimi boshqaruvi 
nuqtayi nazaridan ham maqbuldir. U kichik biznes ustidan soliq nazoratini 
soddalashtiradi va nazorat yuritish xarajatlarini ancha kamaytiradi. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashga doir umumiy qoidalar 
Soliq kodeksining 348-moddasida keltirilgan. Soliq solishning soddalashtirilgan 


34 
tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq 
to‘lovini, yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari 
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus 
qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti 
taqdim etilishini nazarda tutadi. 
YaST quyidagi umumbelgilangan soliqlar va majburiy to‘lovlar o‘rniga 
to‘lanadi: 
-
foyda solig‘i, to‘lov manbaida ushlab qolinganidan tashqari; 
-
qo‘shilgan qiymat solig‘i. Bundan istisno tariqasida norezidentdan 
tovarlar, ishlar (xizmatlar) importiga QQS va markazlashtirilgan moliyalashtirish 
manbalarini jalb qilgan holda qurilayotgan ob’ektlar bo‘yicha QQS to‘lanadi. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchilar soliq 
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq to‘lovini 
to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 
tomonidan belgilangan shaklda quyidagi muddatlarda xabardor etadi: 
1) yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar — davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay; 
2) o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lash uchun 
belgilangan mezonlarga mos keladigan umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi 
yuridik shaxslar — yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tayotgan joriy hisobot davri 
birinchi oyining 10-sanasidan kechiktirmay. 
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazish uchun yagona 
soliq to‘lovini to‘lovchilar yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-
kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish 
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilarni taqdim etadilar: 
1) Soliq kodeksida nazarda tutilgan shaklda va tartibda umumbelgilangan 
soliqlarning har bir turi bo‘yicha hisob-kitoblarni; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan 
shaklda hisoblab chiqarilgan umumbelgilangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomani. 


35 
SSSTda yalpi tushum soliq solish ob’ektidir. 
Soliq to‘lovchida yalpi tushumga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga 
oshiriladi: 
-
tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda; 
-
bitim shartlari o‘zgarganda; 
-
baholar 
o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) 
foydalanganda; 
-
bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari
«Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida 
bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 
yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod 
qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda 
lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. 
Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga 
shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi. 
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, 
hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha 
esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
Yagona soliq to‘lovi quyidagicha to‘lanadi: 
-
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni 
taqdim etish muddatidan kechiktirmay; 
-
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq 
to‘lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan 
kechiktirmay. 
“EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJ bugungi kunda soddalashtiilgan 
tartibda soliq to‘lovchi kichik korxona hisoblanadi. Chunki ushbu korxona tashkil 
etilganiga hali ko‘p bo‘lmaganligi sababli yillik tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mga 


36 
bormagan. Shu sababli ushbu korxona bugungi kunda yagona soliq to‘lovchisi 
hisoblanadi hamda har chorak bo‘yicha hisobot davri tugaganidan keyingi oyning 
25-sanasigacha yagona soliq to‘lovi hisoboti topshirib bormoqda. Lekin bugungi 
kunda oylik kelib tushayotgan tushumlarni prognoz qilgan holda ushbu 
korxonaning bu yilgi tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshishi hamda keyingi 
yildan “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJ umumbelgilangan soliqqa o‘tishi 
kutilmoqda. Quyidagi jadval orqali “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJda 
2019-yil 1-chorak bo‘yicha hisoblangan yagona soliq to‘lovni ko‘rib chiqamiz. 
11-jadval 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish