Audit va iqtisodiy tahlil


Soliqlar auditini o‘tkazish va uni takomillashtirish



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

3.2. Soliqlar auditini o‘tkazish va uni takomillashtirish 
Soliqlar auditida byudjet bilan olib boriladigan hisob-kitoblar auditor jiddiy 
e’tibor berish lozim bo‘lgan murakkab ob’ekt hisoblanadi. Birinchidan, byudjetga 
to‘lanadigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanganligi va to‘langanligi uchun 
korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilishining oldini olishga 
yordam beradi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir qiladi. 
Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq 
inspeksiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul 
qilinmasligi ham mumkin. So‘ngi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik 
xulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir.
Agar auditor xulosasi davlat byudjeti manfaatlariga zid, amaldagi 


50 
qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi 
aniqlansa, amaldagi sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditor yoki 
auditorlik firmasi auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan 
litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to‘lanishini tekshirishdan oldin 
soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’yicha ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, soliqqa 
tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi kerak.
Auditor soliqlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda 
malakali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to‘liq hamda o‘z vaqtida bo‘lishi 
uchun mas’ul bo‘lmog‘i lozim. Byudjet bilan hisob-kitoblarda korxona 
buxgalterlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish bilan auditor ushbu 
korxonaga soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llaniladigan moliyaviy jazo choralari 
bilan bog‘liq bo‘lgan zararlardan qutilib qolishga yordam beradi.
Shunning uchun u soliqlarga doir hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va ularning 
O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida o‘tkazib 
berilishini sinchiklab tekshirishi lozim. 
Soliqlar bo’yicha qarzlar yuridik shaxslarning byudjet oldidagi majburiyati 
bo’lib hisoblanadi va odatda, ma’lum sanada to‘lanadi. Soliq qonunchiligining tez-
tez o‘zgarishi va me’yoriy-hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir 
hisob-kitoblarda tasodifiy xatolarni kelitirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo’yicha 
qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi 
mumkin:
-
soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun 
hujjatlari va yo’riqnomalarning noto‘g‘ri qo‘llanishi;
-
soliq stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi;
-
soliqqa tortiladigan bazaning noto‘g‘ri aniqlanishi;
-
penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi.
Buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
-
soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim 
etish;
-
soliq organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning buzib 


51 
ko‘rsatilishi yoki yashirilishi;
-
byudjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod 
etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto‘g‘ri 
turkumlash yoki hisob-kitob qilish;
-
soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun bosh va sho’ba 
korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks 
ettirish.
Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo‘llash, soliq 
solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to‘lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash 
va hakazo talablar aks ettiriladi.
Soliq majburiyatlarining noto‘g‘ri aniqlanishi katta moliyaviy yo‘qotishlar 
keltirib chiqarishini hisobga olib, auditorlar ushbu uchastkada tekshiruvlarni 
tashkil etish va o‘tkazish texnologiyasiga alohida e’tibor berishlari lozim. 
Tekshiruvlarni muvoffaqiyatli o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
-
byudjet 
bilan 
hisob-kitoblarni 
tekshirishga 
yuqori 
malakali 
mutaxassislarni jalb qilish;
-
xodimlarni soliqqa tortish masalalariga oid tezkor axborotlar va 
me’yoriy-hujjatlar bilan ta’minlash;
-
auditorlar oddiy kundalik muammolar ustida takroran ishlamasliklari 
uchun korxona ichida soliqqa tortishning dolzarb masalalariga doir axborotlar va 
ishlanmalarni almashishni tashkil etish;
-
mijoz tomonidan taqdim qilinadigan, soliqqa tortish masalalariga doir 
yozma axborotlar sifatini samarali nazorat qilish;
-
korxona ichida soliq bo’yicha maslahat berish texnologiyasini barpo 
qilish va byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish natijalari bo‘yicha 
rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan ishchi hujjatlarining maxsus shakllarini ishlab 
chiqish.
Soliq bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditorlik 
amallariga shaklan rioya qilinishigagina tayanish mumkin emas. Shuning uchun 
soliq bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar ahvoli to‘g‘risida yakuniy xulosani 


52 
auditorlar guruhining rahbari qilishi kerak. U soliqlar bo’yicha aniqlangan barcha 
tafovutlarni va ularning soliqqa tortiladigan bazaning shakllanishiga ta’sirini 
baholash imkoniga ega.
Soliqlar ichida qo’shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxonaning 
moliya-xujalik faoliyatiga eng katta ta’sir ko‘rsatib, hisob-kitob qilishda ham, 
tekshiruv o‘tkazishda ham hammadan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu 
boisdan soliqlar auditida QQS va aksiz solig‘i auditini alohida o‘rganishga e’tibor 
qaratishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Auditor QQS bo‘yicha qo‘llanilgan imtiyozlarning hamda ishlab 
chiqarishga sarflangan moddiy resurslar uchun mol etkazib beruvchilarga 
to‘langan QQSning xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlar uchun korxona 
hisoblagan QQS dan oshgan summalarining to‘g‘riligini tekshirishi kerak.
Soliqlar va bo‘nak to‘lovlarining o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi ham 
tekshirilishi kerak. Soliqqa tortiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasi 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shmasdan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga 
qo‘llaniladigan bahosi va ta’rifi qiymati bilan aniqlanadi. Ammo, aksizosti 
tovarlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan oborotni aniqlashda unga aksiz summasini 
ham qo‘shiladi.
Korxonalarni soliq qonunchiligiga muvofiq ularni qo‘shilgan qiymat 
solig‘idan ozod qilingan aksariyat hollarda xarid qilingan mahsulotlari uchun mol 
yetkazib beruvchilarga to‘lanadiga qo‘shilgan qiymat soliq summasi ishlab 
chiqarish xarajatlariga olib borishadi. Bunday holatlarda xarajatlarni sun’iy 
oshirish, ya’ni soliq to‘lanishi lozim bazani kamaytirish deb qaralishi bilan bir 
qatorda korxona iqtisodiy faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi hamda rentabellik 
darajasini pasayishiga olib keladi.
Avvalombor, korxonalarda bilvosita soliqlar hisobini auditini hisob-faktura 
asosida auditdan o‘tkazish soliqlar hisobini qanchalik to‘g‘ri yuritilganligini 
ko‘rish mumkin.
Korxonada soliqlar auditining asosiy maqsadi soliqlarning barcha turlari 
bo‘yicha hisoblar to‘g‘ri tashkil etilishi, ular to‘liq va o‘z vaqtida byudjetga 


53 
o‘tkazilishi, soliq to‘lovlarining kechiktirish sabablari va boqimandalar qaysi 
schyotlarga o‘tkazilganligi, mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligiga aybdor 
shaxslarga nisbatan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish uchun qanday 
choralar ko‘rilganligini aniqlashdan iboratdir. Soliqlarni tekshirishda auditor 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektga soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanishi hamda ular o‘z 
vaqtida byudjetga o‘tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko‘riladigan 
jarima va boshqa choralari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni oldini 
olishga yordam berishi lozim.
Korxonada soliqlar bo‘yicha tekshiruvning asosiy manbalari quyidagilar 
hisoblanadi:
-
soliqlarning alohida turlari bo‘yicha ma’lumotnomalar va hisoblar;
-
tegishli summalar byudjetga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dastlabki 
hujjatlar ilova qilingan bank ko‘chirmalari;
-
soliq 
idoralari 
tomonidan 
o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha 
dalolatnomalar;
-
buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha yozuvlar;
-
jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari;
-
Bosh kitob;
-
buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va 
boshqalar.
Auditorlik tekshiruvida soliqlar sinchkovlik bilan tekshiriladi, chunki 
ushbu to‘lovlarning byudjetga to‘lanadigan barcha to‘lovlar va yig‘imlar 
tarkibidagi nisbati kattadir, shuningdek, soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik va 
buning oqibatida kelib chiqadigan moliyaviy jazolar (jarima, boqimandalar) 
o‘rganib chiqiladi.
Tekshiruv jarayonida soliqlarning barcha turlari bo‘yicha hisobot davrining 
oxiriga aylanmalar va qoldiq to‘g‘ri chiqarilganligi aniqlanadi. Buning uchun 
to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha tahliliy hisob ko‘rsatkichlari jurnal-orderlar va 
hisobning boshqa registrlari, Bosh kitob va balansning 6400, 4400-sonli schyotlari 
guruhi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.


54 
Tekshiruv vaqtida aniqlangan kamchilik va xatoliklar auditorning ishchi 
hujjatlarida va auditorlik hisobotida qayd etiladi.
Soliqlar auditining bir necha aniq masalalarini hal etishda yoki 
schyotlarning qoldig‘i uncha katta bo‘lmaganda faqat bir tahliliy amal tufayli 
yetarlicha dalil olish mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda, auditorlik daliliy 
ma’lumotlarini yetarliligi talab darajasida bo‘lishi uchun tahliliy amallar natijalari 
asosida qo‘shimcha axborotlarni olish zarur bo‘ladi.
Tahliliy amallarni bajarish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: 
o‘tkaziladigan amalni maqsadini belgilash, testlarni rejalashtirish, testlash, 
natijalarni tahlil qilish va xulosalar olish.
Tahliliy amallardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
-
mijoz biznesi bilan tanishish;
-
korxona 
moliya-xo‘jalik 
faoliyati 
uzluksizligining 
istiqbolini 
baholash;
-
mijoz hisob va hisobotida ko‘zda tutiladigan kamchiliklarning o‘rnini 
aniqlash;
-
moliyaviy hisobotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash;
-
auditorlik tekushiruvining asosiy bosqichida detallashgan testlar 
sonini qisqartirish.
Tahliliy amallar tarmoq xususiyati va mijoz biznesi bilan tanishishda eng 
keng tarqalgan usullardan biridir. Auditor o‘tgan yillarda olgan bilimlari va 
tajribalaridan joriy davrdagi tekshiruv jarayonlarini rejalashtirishda foydalanadi. 
Tahliliy amallar (o‘tgan yillardagi audit ma’lumotlarini joriy tekshiruv davridagi 
ma’lumotlar bilan taqqoslashga asoslangan) xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan 
muhim o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘l keladi. Bu o‘zgarishlar muhim 
tendensiyalarni yoki tarmoq xususiyatiga doir hodisalarni aks ettirib, bu tendensiya 
va hodisalar auditni rejalashtirishda albatta hisobga olinishi kerak. Shuningdek, 
auditorlik tekshiruvining asosiy hamda yakuniy bosqichlarida ham tahliliy 
amallardan keng foydalanish orqali tekshiruv samarasi oshishiga, vaqt hamda 
xarajatlarning tejalishiga erishiladi. Soliqlar auditida tahliliy amallarni bajarishning 


55 
bir nechta turi mavjud (5-rasm). 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish