1-rasm.Xo'jalik yurituvchi subyektni tekshirish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan omillar1 Tashkiliy - huquqiy shakli – O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bular OAJ, YoAJ, MChJ va h.k.
Mulkchilik shakli – O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar Fuqarolik kodeksiga binoan davlat, xususiy va h.k.
Mansubligi - xo'jalik yurituvchi sub'ektlar O'zbekiston, xorij, xorijiy investitsiyali bo'lishi mumkin.
Statusi - xo'jalik yurituvchi sub'ektlar sho''ba, qaram, xolding, kichik korxonalar ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Faoliyat turi - xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'z faoliyatni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomaga, yoki litsenziyaga ega bo'lishi mumkin yoki bunday hujjatlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
Faoliyat ko'rsatish hududi – O'zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanmasligi mumkin.
Ushbu yo'nalishlarning tahlilidan tekshiruvning quyidagi vazifalari kelib chiqadi:
1) Xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatning huquqiy asoslarini tasdiqlash;
2) Xususiy kapital to'g'ri shakllantirilganligini tasdiqlash;
3) Ta'sis etuvchilar bilan oraliq va yakuniy hisob-kitoblarning to'g'riligini tekshirish;
4) Ustav kapital to'liq va o'z vaqtida shakllantirilganligini tekshirish;
5) Ta'sis etuvchilar bilan o'z vaqtida va to'liq hisob-kitoblar qilinganligini tekshirish;
6) Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash:
-ustav kapitalning miqdori va tuzilishi;
-ustav kapitalga ulushlari bo'yicha ta'sis etuvchilarning qarzlari;
-aktsionerlardan sotib olingan xususiy aktsiyalarning mavjudligi;
-ta'sis etuvchilarga to'lanadigan dividendlar bo'yicha qarzlari;
7) Ustav kapitaliga ulushlari bo'yicha kiritilayotgan moddiy qiymatliklarning baholanishi, ularning to'g'riligi va hisob-kitoblarning asoslanganligini tekshirish.
Ustav, qo'shilgan, zahira kapitali va zahiralarni shakllanishi va harakatining auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditor (auditorlik tashkiloti) tomonidan quyidagi asosiy hujjatlar axborot manbai bo'lib hisoblanadi va ulardan foydalaniladi:
-iqtisodiy sub'ekt ustavi;
-ta'sis shartnomasi;
-ta'sischilar majlislarining bayonnomalari;
-davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma;
-korxonalarni xususiylashtirish va aktsionerlash bilan bog'liq bo'lgan hujjatlar;
-statistika, davlat soliq idoralari, nafaqa jamg'armasi, bandlik jamg'armasi, ijtimoiy sug'urta jamg'armasi idoralarida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida guvohnoma;
-bankning xizmat ko'rsatishi to'g'risidagi shartnomasi;
-ta'sis hujjatlariga kiritilgan va ro'yxatga olingan o'zgarishlar;
-emissiya prospekti;
-aksiyadorlik jamiyatlari uchun aktsiyadorlarning reyestri;
-aksiyadorlarning yillik majlisi bayonnomalaridan ko'chirma;
-aktsiyadorlar, ta'sischilarning majlis bayonnomalaridan ko'chirma;
-direktorlar (nazorat) Kengashi majlislarining qarorlaridan ko'chirma;
-ijro direktsiyasining buyruqlari va farmoyishlari;
-ma'lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnomalar;
-ta'sischilar va aktsiyadorlar bilan yozishuvlar;
-ichki ustavlar;
-ustav kapitaliga ta'sischilar tomonidan o'z ulushlarini pul, natura, nomoddiy shaklda yoki qimmatli qog'ozlar ko'rinishida kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ko'chirmalari, kirim kassa orderlari, Ustav kapitaliga ulush sifatida natura ko'rinishida taqdim etilgan mol-mulkni kirim qilish to'g'risida dalolatnomalar va boshqalar);
-ustav kapitaliga natura va nomoddiy ko'rinishida kiritiladigan ulushlarning baholash uslubi;
-xo'jalik yurituvchi sub'ekt davlat ro'yxatidan o'tganidan keyingi boshlang'ich faoliyat davri bo'yicha hisobot;
-yillik hisobot;
-xo'jalik yurituvchi sub'ektning tugalishi yoki qayta tuzish sanasidagi hisoboti.
“Buxgaltеriya hisobi to’g’risidagi qonun”ga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali, qo’shilgan kapital, zahira kapitali va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida bеlgilangan hissalarning (pul ifodasida) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kеlishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko’ra bеlgilanadi va hisobga olinadi.
Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zahira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyasiya zahiralarini, shuningdеk tеkinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda - foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin (14- modda, xususiy kapitalni hisobga olish).
Ustav, qo’shilgan va zahira kapitallarini shakllanishi va harakati, shuningdеk zahiralarni tashkil etish va ulardan foydalanish auditini o’tkazishda auditor quyidagi asosiy mе’yoriy hujjatlarga amal qilishi lozim: