O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUDJET HISOBI VA G'AZNACHILIK FAKULTETI
"AUDIT" KAFEDRASI
"AUDIT" FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Korxona xususiy kapitali shakillanishi auditi
Ilmiy rahbar:
Bajardi: BBI-60 guruh talabasi
QurbanaliyevaNazokat
TOSHKENT-2022
REJA:
Kirish 2
1.Korxona xususiy kapitali auditining maqsadi va axborot manbalari 4
2.Ustav, qo'shilgan va zaxira kapitali auditi 10
3. Ta'sis hujjatlarini tekshirish 20
Xulosa 33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 34
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi.
Kurs ishining obyekti boʼlib. Korxona xususiy kapitali shakillanishi auditi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bo'lib, korxonada shakillangan xususiy kapital ya'ni ustav, qo'shilgan hamda zaxira kapitalini audit tekshiruvidan o'tkazish hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Korxonadagi xususiy kapital shakillanishini o'rganish, hamda ularni auditdan o'tkazish tartibini o'rganib chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yilgan:
a)korxona xususiy kapitali shakillanishini o'rganish;
b) korxonada shakillangan xususiy kapitalni auditdan o'tkazish;
c)ta'sischilar bilan tuzilgan hujjatlarni tekshirish;
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
1.Korxona xususiy kapitali auditining maqsadi va axborot manbalari
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning ustav faoliyatini amalga oshirish maqsadida ustav kapitali, zahira kapitali va qo'shilgan kapital yaratiladi. Taqsimlanmagan foyda esa xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasida vujudga keladi. Ularni tekshirishdan maqsad xo'jalik yurituvchi subyektning ro'yxatga olingan sanasidan boshlab uni tugatish yoki qayta tuzishgacha bo'lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini tasdiqlash, baqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta'minlashdan iborat. Ushbu tarifdan kelib chiqqan holda auditor quyidagi savollarga javob berishi lozim:
1. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini olib borishi uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni qanchalik o'z vaqtida va to'liq rasmiylashtirgan:
a) faoliyatni boshlash;
b) faoliyatni davom ettirish;
v) faoliyatni tugatish.
2. Ta'sis etuvchilar bilan to'liq hisob-kitob qilinganmi:
a) ustav kapitalini shakllantirish bo'yicha;
b) oraliq hisob-kitoblar bo'yicha;
v) yakuniy hisob-kitoblar bo'yicha.
3. Soliq bo'yicha barcha qonunchilikka rioya qilinganmi.
Ushbu savollarga javob olishda auditorlik tashkiloti xo'jalik yurituvchi subyektni tekshirish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan quyidagi omillarni hisobga olishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |