Audi” kompaniyasining yangi tarmoqda raqobat strategiyasini ishlab chiqish va amalda qo’llash


I. Bob. Raqobat strategiyasining nazariy ko’rinishlari



Download 298,88 Kb.
bet2/9
Sana31.12.2021
Hajmi298,88 Kb.
#211117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yorqinoy

I. Bob. Raqobat strategiyasining nazariy ko’rinishlari

1.1. Yangi tarmoqda raqobat strategiyasi

Strategiya o’z harakat doirasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

Raqobat strategiyasi va kooperatsiya strategiyasi.

Strategik rejalshtirish to‘g‘risidagi adabiyotlarda hamda Porter ilmiy ishlaridan boshlab, doimiy ravishda strategiya

strategiyasi raqobatlari ko‘rib kelinadi. Porter ta‘kidlaganidek, asosan xarajatlarni kamaytirish va tabaqalanish strategiya raqobatlari

mavjud. Ularning biri baholarning kamaytirilishiga, boshqasi esa sifatning yaxshilanishi va tovar iste‘mol qiymatining oshirilishiga yo‘naltirilgan. Mana shu asosiy ikki strategiyalarga biz mustaqil strategiyalar sifatida, yangi tovarning kiritilishi strategiyasini va bozorni rivojlantirish strategiyasini qo‘shamiz. Bu strategiyalarning barchasi o‘sish strategiyasi hisoblanadi. Bu o‘sish strategiyalariga tabaqalanish va integratsiya strategiyalari ham kiradi.

Keying yillarda, strategik alyanslarning aniq yoki noaniq tuzilishlari – moslashuv kooperatsiyasi strategiyasi va alyanslar tuzish strategiyasi bilan bog‘liq kooperatsiya strategiyasi faol muhokama qilinmoqda.
Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi.
Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi bozordagi raqobat kurashida ancha past baholar hisobiga yutuqqa erishishga yo‘naltirilgan. Gap past baholar to‘g‘risida emas, balki gap raqobatchilar baholariga nisbatan baholarni past darajada ushlab turish imkonini beruvchi xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida ketyapti. O‘ta past baholarda mahsulot ishlab chiqarishning ma‘nosi yo‘q, ularni hech kim sotib olmaydi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi, asosiy iste‘mol sifatlari saqlab, xarajatlari kam bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi asosida beshta ―qirrali toshlar‖ yotadi va ular hisobiga raqobat ustunligiga erishiladi. Misol uchun, o‘lchamlarning qisqartirilishi. Biznes bo‘yicha adabiyotda bunday yo‘nalish ―Xershi Qarori‖ degan nom oldi. ―Xershi‖ kompaniyasi shokolad mahsuloti bahosini tushurish uchun, uning o‘lchamlarini qisqartirish qarorini qabul qildi. Bu baho ustunligini ta‘minladi.

Xarajatlarni kamaytirish strategiyasini qo‘llashda muvaffaqiyatga erishish uchun, barcha tashkil qiluvchi bizneslar, tashkiliy madaniyat, motivatsiya tizimi, tashkilotning strukturaviy qurilmasini qo‘shgan holda shu masalani yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tashkilot strukturasi mumkin qadar kam darajalarni tashkil qilishi va hisobot tizimi maksimal oddiy bo‘lishi, menejment va ishchi – xizmatchilar t7or funksional masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.


Tabaqalashish strategiyasi – mahsulotni takomillashtirish, rivojlantirish va xilma-xillikni oshirish.
Tabaqalashish strategiyasi, raqobat kurashida mahsulotni takomillashtirish yo‘li bilan, unga a‘lo darajadagi sifatlar berish va raqobatchi mahsulotiga nisbatan uning iste‘mol ustunligini oshirish orqali g‘olib chiqishga intilishdir. Yakuniy natijada mahsulot iste‘mol qiymatining raqobatchi mahsulotiga nisbatan yuqori bo‘lishiga erishish kerak. Bu maqsadga erishishning ko‘plab yo‘llari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:

Eng yaxshi ingredientlar, materiallar va xom-ashyolarni qo‘llash;

Mahsulotni takomillashtirish;

Mahsulotlar kombinatsiyasini yaratish;

Qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish;  Sotish tizimini takomillashtirish.

Tabaqalashish strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri – mahsulotning yuqori sifatini ta‘minlash bo‘lib, bunga mahsulot imidji va savdo markasini shakllantirish hamda texnologiyani takomillashtirish orqali erishiladi.


Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi.
Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi, bozorda mutlaqo yangi, butunlay boshqa iste‘mol sifatlariga ega bo‘lgan tovarlarni yoyish bilan bog‘liq. Haqiqatda gap bu yerda birinchi o‘tuvchilar, yangi bozor va yangi tarmoq yaratuvchilar to‘g‘risida ketyapti. Yangi mahsulotlarni bozorda yoyishning ko‘plab misollari mavjud – ko‘paytirish texnikasi, xususiy kompyuterlar, videokamera va boshqalar.

Yangi mahsulotni yoyish tavakkalchilik bilan bog‘liq va o‘tkazilgan tadqiqotlardan kompaniyalar barcha holatlarning yarmidagina muvaffaqiyatga erishganligi ko‘rinadi. Biroq statistika yana shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi o‘tuvchilar, mahsulotni yoyish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hisobiga bozordagi kata ulushni egallab olmoqda.

Birinchi o‘tuvchilarning asosiy muammosi – boshqa kompaniyalar tomonidan o‘z harakatlari nusxalarining kochirilishini himoya qilishdir.


Download 298,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish