“AUDI” KOMPANIYASINING YANGI TARMOQDA RAQOBAT STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH VA AMALDA QO’LLASH
|
Kirish
|
|
I.
|
Bob. Raqobat strategiyasining nazariy ko’rinishlari
|
|
1.1.
|
Yangi tarmoqda raqobat strategiyasi
|
|
1.2.
|
Yangi tarmoqda raqobat strategiyasini ishlab chiqish
|
|
1.3.
|
“SWOT analizi” hamda “McKinsey “7S” bo’yicha raqobat afzalligi omillari tahlili
|
|
II.
|
Bob.”Tesla” kompaniyasi misolida yangi tarmoqda raqobat strategiyasini ishlab chiqish
|
|
2.1.
|
“Audi”ning yangi tarmog’ga kirish imkoniyatlariniMc Kinsey modeli orqali baholash
|
|
2.2.
|
“Audi” ning strategik Porter bo’yicha raqobat afzalligi omillari tahlili
|
|
III.
|
|
|
3.1.
|
|
|
3.2.
|
|
|
KIRISH
O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo’jalik tizimiga
chambarchas bog’lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotganligi natijasida xalq xo’jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo’lgan menejmentni o’rganishga bo’gan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek «Ma‘mur — menejerlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyada ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo’lga qo’yish lozim» degan o’gitlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo’lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‗ronlarsiz olib chiqishi mumkin.
Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir jamoa, guruh, shaxs uchun, ularning faoliyat ko‘rsatishning barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda, jiddiy havf-xatar ham tug‘diradi, amalda kutilmagan holatlar, noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda qarorni qabul qilish alohida ahamiyatga egadir, chunki rahbar yoki rahbariyat tomonidan qabul qilinayotgan har bir qaror nafaqat korxona faoliyatining natijasiga, balki butun jamiyat sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan murakkab va shu bilan bir qatorda tarixiy isloxatlar davomida iqtisodiy va siyosiy va ijtimoiy hayotimizda ma'lum bir muammalarga duch kelmoqdamiz. Shulardan biri - ro‘y beradigan o‘zgarishlar va imkoniyatlarni oldindan ko‘ra olish hamda xo‘jalik siyosati va strategiyasini ishlab chiqishdir. Korxonalar va ularning rahbarlari atrofdagi o‘zgarishlarga oddiy e'tibor beribgina qolmasdan, ilmiy asoslangan usullar asosida bu o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, muvofiqlashtirish, korxona maqsadlariga va tashqi sharoitlarga moslashtirishni boshqarishlari zarurdir.
Xo‘jalik siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda ―Strategik menejment‖ga murojat qilamiz. ―Strategik menejment‖ nafaqat menejmentning bir qismi, balki alohida fan hamdir. Be‘jizga bu fanni oliy o‘quv yurtlarida ―menejment‖ fanidan yana alohida o‘rganilmaydi. Har bir menejerga boshqaruvning strategik yo‘llarini bilish muhimdirki, unga alohida to‘xtalib o‘tiladi.
«Strategiya» so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib «jang maydonida joylashtirish san'ati» degan ma'noni anglatadi. Ammo bu xarbiy termin oxirgi 20 yil mobaynida mutaxasislar faoliyatiga, menejmentning nazariyasi va amaliyotiga keng ko‘lamda kirib keldi va quyidagi ma'noni kasb etdi. Strategiya - bu boshqarish yechimlarini qabul qilishda korxona foydalanadigan tartib va qoidalar yig‘indisidir. Bundan tashqari uni yana quyidagicha izoxlash mumkin. Strategiya - bu korxona missiyasini amalga oshirish va xo‘jalik maqsadlariga oshirishni ta'minlovchi umumiy majmuiy rejadir.
Strategik menejment korxona ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, mehnat jarayonini tashkil etish, korxona kelajagini belgilab, unga yetib borish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, firmaning iqtisodiy salohiyatini boshqarish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Strategik menejment boshqarishning ustivor qonuniyatlari, jixatlari bilan bir qatorda korxona faoliyatining yuqori samaradorligini ta'minlash, maxsulot raqobatbardoshligini oshirish va uning bozordagi barqarorligini mustahkamlashda qat'iy qarorlarni qabul qilishni o‘rgatadi.
Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun ko’rashni anglatadi. Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
Yangi tarmoqga kirib borish hamma korxona uchun juda katta riskni talab qiladi. Bu esa korxonadan katta mablag’ va juda ko’p mehnat talab qiladi. Korxona avvola, yangi tarmoqga kirish uchun yangi mutaxassislarga extiyoj sezadi. Yangi strategik reja tuzishda kirib kelayotgan yangi tarmoqni yaxshilab o’rganishi hamda tahlil qilishi lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |