Audi” kompaniyasining yangi tarmoqda raqobat strategiyasini ishlab chiqish va amalda qo’llash



Download 298,88 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi298,88 Kb.
#211117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yorqinoy

Bozorni rivojlantirish strategiyasi.
Bozorni rivojlantirish strategiyasi – bu tovarning yangi bozorlarda harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sish strategiyalaridan biri. Yangi bozor geografik mazmunda bo‘lishi mumkin – yangi hududlar, bundan tashqari mavjud geografik hududlarda yangi segmentlarni qamrab olish mazmunida ham.

Geografik bosib olish tovar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning boshqa hududlarda rivojlanishi bilan bog‘liq. Yangi segmentlarni qamrab olishning ko‘plab yo‘llari mavjud – tovarlar harakati tizimini rivojlantirish, mahsulotni takomillashtirish, yangi yosh kategoriyalarni qamrab olish va boshqalar. Misol uchun, ―Johnson & Johnson‖ kompaniyasi yangi bolalar shampuni ishlab chiqdi va uni tegishli segmentdan o‘tkazdi. Keyin kompaniya yangi segmentni – yoshi kata iste‘molchilarga, bolalar shampunini kattalar tomonidan ishlatilishi afzalliklarini reklama qilib butun bozorni zabt eta boshladi.


Adaptiv kooperatsiya strategiyasi.
Tasavvur qilaylikki, bozorda ikkita kompaniya ustunlik qilmoqda. Agar bu kompaniyalar bozorad baholar siyosatini 7muvofiqlashtirish to‘g‘risida shartnoma qabul qilishsa, unda bozorning monopollashuvi muammosi vujudga keladi. Ikkala kompaniya ham o‘z mahsulotlarini ancha yuqori baholarda sotish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Ko‘plab mamlakatlarda bunday aniq kelishuvchilik taqiqlangan. Ikkita kompaniya ham bir-biri bilan raqobat qilishdan voz kechib, bu to‘g‘risida ochiqdan-ochiq kelishib olmasadan, bozorda vujudga kelgan holat bo‘yicha yo‘nalish olishni boshlab, o‘zaro bir-birlarining harakatlarini oldindan ayta borib, unga shunday darajada o‘zaro foyda olishga erishishga moslasha borish mumkin. Adaptiv kooperatsiya strategiyasi ana shunday tashkil topgan.
Strategik alyanslar.
Alyanslar tuzish strategiyasi bir necha firmalarning u yoki bu faoliyat yo‘nalishlari yoki qandaydir aniq maqsadga erishish uchun kuchlarni muvofiqlashtirish va bo‘lishdan iboratdir. Masalan, 1997-yili beshta yirik aviokompaniyalar – Germaniyaning ―Lyuftganza‖, Skandinavaning ―GAG‖, Kanadaning ―Air Kanada‖, Amerikaning ―United airlines‖ va Tailandning ―Tai airlines‖, ―Zvyozdny soyuz‖ strategik alyansini tuzishdi. Alyansda ishtirok etuvchi barcha kompaniyalar mustaqil bo‘lib qoladi, lekin chiptalarni sotishda, tariflarni belgilashda, uchish jadvallarini tuzishda hamkorlik qilishadi.

Diversifikatsiya.
Diversifikatsiya strategiyasi kompaniyaning o‘z biznesini kengaytirayotganligini bildiradi. Diversifikatsiya darajasi turli xil bo‘lishi mumkin. Odatda, qachonki kompaniya faoliyatida qandaydir bitta biznes yetakchilik

qilib, lekin kata hajmga ega bo‘lmagan boshqa bizneslar ham rivojlanganda chegaralangan diversifikatsiyani alohida ajratishadi. Bog‘langan diversifikatsiya – qandaydir yo‘l bilan o‘zaro bog‘langan (ishlab chiqarish, texnologiya, sotish va boshqalar) bir nechta bizneslarning rivojlanishidir. Uchinchi guruh – bu bog‘lanmagan diversifikatsiya, qachonki kompaniya bir nechta, turli hil o‘zaro bog‘lanmagan bizneslarni rivojlantiradi.


Kirib borish strategiyasi.
Kirib borish strategiyasi – bu tarkib topgan tarmoqda holatni egallash strategiyasidir. Ma‘lum ma‘noda, bu tarmoqqa kirish to‘siqlarini yengish va keyinchalik unda mustahkamlanib qolish maqsadida bosib o‘tish strategiyasidir.

Bu strategiya barcha umumiy strategiyalar o‘lchamida bozorni rivojlantirish va diversifikatsiyalashda ishlatilishi mumkin.

Yangi bozorda ishlayotgan kompaniyaga ega bo‘lish – vaqtni yoqotish nuqtai nazaridan ancha tejamli usul, lekin u moliyaviy masalada ancha qimmat.

Kirib borish strategiyasi, kompaniyaning bozorda ishlashi bo‘yicha mavjud tajribasi bilan kerakli texnologiyani rivojlantirishning taqqoslanishiga bog‘liq holda shakllantiriladi.


Vertikal integratsiya.

Vertikal integratsiya ta‘minotchi – ishlab chiqaruvchi – iste‘molchi zanjirida, mahsulot ishlab chiqaruvchining u yoki bu shaklda ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallar ta‘minotchilarining birortasi bilan yoki o‘z mahsulotlari iste‘molchilarining biri bilan birlashtirish holatida vujudga keladi. Bu usulni ham o‘z ustunliklari va kamchiliklari bor. Vertikal integratsiya strategiyasining qo‘llanishi, kompaniyaning singib ketish yoki qo‘shilish muammosini keltirib chiqaradi.



Qo’shilish va singib ketish.

Zamonaviy biznesda qo‘shilish va singib ketish o‘lchamlari kata. Faqat 1994yilning uchinchi choragida 5800 ta shunga o‘xshash operatsiyalar sodir etilgan.

Diversifikatsiya strategiyasi ayrim hollarda qo‘shilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Qo‘shilish jarayoni nafaqat ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. U moliya sohasida ham keng yoyilgan. Masalan, yirik Niderlandiya moliya guruhi 1991-yili ―Национале Нидерланден‖ sug‘urta kompaniyasining ―НМБ - Постбанк‖ bilan qo‘shilishi natijasida vujudga keldi.

Biznes amaliyotida qo‘shilish va singib ketish quyidagi turlarga ajratiladi:

Vertikal – bunda ta‘minotchi yoki iste‘molchi singib ketadi;

Gorizontal – bunda raqib singib ketadi;

Mahsulotni rivojlantirish maqsadi – bunda firma yagona butun mahsulot yaratish maqsadida singib ketadi;

Bozorni kengaytirish maqsadi – bunda boshqa bozorlarda faoliyat ko‘rsatayotgan bir xil firmalar singdiriladi;

Konglomertlar yaratishga yo‘naltirish yoki o‘zaro strategik maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kombinatsiyalar ishlatiladi.

Qo‘shilish ikkita kompaniyaning o‘zaro kelishuvlariga binoan amalga oshirilishi mumkin. Biroq boshqa holat ham bo‘lishi mumkin – kompaniyani maqsadlariga zid holda egallab olish va qo‘shilib oluvchi kompaniyaning qarori bilan birlashtirish.

Qo’shma korxonalar.
Qoshma korxonalar tuzish – strategik alyanslarning bir shaklidir. Uning tuzilishi kompaniya darajasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu strategiyaga kompaniya strategiyasi sifatida qaraladi. Qo‘shma korxonalar bu mustaqil korxonalar bo‘lgan ikki yoki undan ortiq korxonalardir. Sheriklar qo‘shma korxonaga kapitalni pul, material aktivlar, sotish tugunlari yoki intelektual ko‘rinishda kiritadi.

Ko‘pchilik hollarda qo‘shma korxonalar, yirik korxona biznesining qandaydir qismi bo‘yicha kichik kompaniyaning tashkil etilishiga qiziqib qolganda tashkil etiladi.



Global strategiyalar.
Bugun global raqobat, samolyotsozlik, elektronika, nusxa ko‘chirish texnikasi, avtomobilsozlik, soat ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda o‘rin olgan. Global strategiyani ishlab chiqish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri global bozordagi barqaror raqobat ustunligiga erishish uchun ikkita asosiy usul mavjud. Birinchi – global bozorga yaxshi xizmat ko‘rsatish maqsadida, turli xil faoliyat turlarini turli mamlakatlarga qulay joylshtirish. Ikkinchi – kompaniyaning jahon bo‘ylab tarqalib ketgan tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish qobiliyati.

Ayrim xavfli strategiyalar.

Strategiyani ishlab chiqishda, turli kompaniyalarda afzal bo‘lgan o‘ziga xos xato va xavflarning mavjudligini yodga olish lozimdir. Quyida ushbu xato va xavflarning asosiylarining qisqa ro‘yxati keltirilgan:

Yetakchi imitatsiya. Xavf kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari farqiga yetarli e‘tibor bermasligidan iborat. Lider – kompaniya uning faoliyati yuzaki, tahlilda ko‘rinmaydigan yoki qiyinchilik bilan nusxa olishga yo‘l qo‘yadigan strategik qobilyatga ega bo‘lishi mumkin.

Birinchi o‘tuvchi sifatida bir bor yutib, ushbu jarayonni davom ettirish va yana yangi nimadir izlab topish yo‘nalishi vujudga keladi. Natijada egallangan bozordagi ustunlikni ham yoqotish mumkin.

Qandaydir kompaniya bilan raqobat kurashiga chiqib, bozor ulushlarini ko‘paytira borib sekin yutish mumkin. Bunda, qo‘shimcha xarajatlar (reklama va boshqalar) qo‘shimcha foydaga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin.

Katta imkoniyatlarning mavjudligida – barcha ishlarni bajarish




Download 298,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish