Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanini o’qitishda keys texnologiyasidan foydalanish Эрназаров З.М. Қўқон ДПИ ўқитувчи zafarxxl@mail.ru Аннотация Статья под названием «Использование кейс технологий в обучении Возрастное физиологии и гигиене» сегодняшнее использование кейс технологий в учебных процессах - это обучение студентов самостоятельному мышлению в улучшении своих знаний и преимуществах решения проблемных ситуаций. Annotatsiya “Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanini o’qitishda keys texnologiyasidan foydalanish” mavzusidagi maqolada bugungi kunda dars jarayonlarida keys texnologiyalaridan keng foydalanish talabalar bilimini oshirishda mustaqil fikrlashga o’rgatish, muammoli vaziyatlarga mustaqil yechim topishning afzalliklari aytib o’tilgan. Annotation An article titled "Using the Case of Technology in Teaching Age-related Physiology and Hygiene" today's use of a case study of technology in teaching processes is teaching students to independent thinking in improving their knowledge and the advantages of solving problem situations. Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilishni mustaqil
yo‘nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul,
vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o‘qitish, tarbiyalash va
rivojlantirish o‘rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga
molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda faol ishtirok
etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor
yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni,
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim
muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z
ichiga oladi.
Hozirgi kunda dars jarayonlarida keys texnologiyalaridan keng foydalanish talabalarni
mustaqil fikrlashga o’rgatish, muammoli vaziyatlarga mustaqil yoki kichik guruhlarda yechim
topishga harakat qilishi, ya’ni talabani izlanishi hamda ijodiy fikrlashi uchun albatta bu
texnologiya zarur hisoblanadi. Oliy ta’limning deyarli barcha yo’nalishlariga o’qitilib
kelinayotgan “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanida ham keys texnologiyasini qo’llanilishi ijobiy
samara beradi. Quyida bir dars ishlanmasida keys qo’llanilishi to’g’risida fikr yuritamiz.