beribdi. Ushbu gapda tagiga chizilgan so‘z o‘zi tobe bo‘lib kelgan hokim so‘zga qaysi vosita bilan bog‘langan? A) kelishik B) ohang C) ko‘makchi D) egalik 17.So‘z birikmasi berilgan qatorni aniqlang. A) olam go‘zal B) ko‘nglida kir yo‘q C) sotib yubormoq D) onasining qizi 18.So‘zlarning bog‘lanishi berilmagan javobni toping. A) ilm yo hunar B) oydin kecha C) kulib gapirdi D) Vatan uchun 19.Qaysi qatordagi teng bog‘lanishning ikkala qismi ham yasama? A) quvnoq ishchilar
B) onam bilan otam C) aqlli va ishchan D) gulli ko‘ylak 20.Hokim so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping. A) gulni sevmoq B) senga ko‘p C) hurmat bilan yondashgan D) kelajakni o‘ylab 21.Men anchadan beri shu shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman. Berilgan gapdagi so‘z birikmalari sonini aniqlang. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 22.Hokim so‘z ham, tobe so‘z ham shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmasini toping. A) sirli dunyo B) toza suv C) yangi bino D) yosh nihol 23.Qaysi javobda fe’lning vazifa shakllari faqat ohang jihatdan hokim so‘zga tobelanib bog‘langan so‘z birikmalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) faxrlanib gapirish; 2) tez yugurish; 3) ibratli tashabbus; 4) haydalgan yer; 5) yeyishli olma; 6) oqar daryo; 7) o‘ylab gapirmoq. A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 4, 5, 6, 7 C) 2, 4, 7 D) 1, 2, 7 24.She’riy parchadagi fe’lli so‘z birikmalarini toping...