ONA TILI
1.Ona tili o`qitish metodikasi qanday fanlar qatoriga kiradi?
PEDAGOGIK FAN
2. O`qituvchi yozilgan inshoni necha kunda tekshiradi?
o'qituvchi ikki kun ichida tekshiradi.
3. 2-sinfda Ot so`z turkumi bo`yicha beriladigan bilimlar nimalardan iborat?
Otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar atamasiz oʻrgatiladi.
4. Analitik mashqlar qaysi mashqlarga zamin hozirlaydi?
Sintetik mashqlarga;
MATEMATIKA 5-SON
1. Analiz deb nimaga aytamiz?
Noma’lumlardan ma’lumlarga tomonga izlash metodi analiz deyiladi.
Psixologik olimlar analiz metodini quyidagicha ta’riflaydilar:
analiz - bu butunlardan bo`laklarga tomon izlash demakdir.
2. Noma’lum bo`luvchi qanday topiladi?
Bo`linuvchi bo`linmaga bo`linadi
3. Vaqt o`zgarmas bo`lganda tezlik bilan masofa orasida qanday proporsional bog`lanish bo`ladi? To`g`ri proporsional
4. Matematika o`qitish metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo`lib kimning qaysi asarida bayon qilingan? G. Pestalosi “Sonni ko„rgazmali o„rganish
O`QISH
1. 2-sinf o`quvchilarining o`qish malakasi qaysi bosqichga to`g`ri keladi?
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi
2. Epigraf nima?
Boshqa asarlardan, hikmatli so`zlar, xalq og`zaki ijodidan parchalar keltirish.
3. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida qanday metodlar qo`llaniladi?
Izlanish metodi, Reproduktiv metod
4. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida qaysi o`qish turlaridan foydalaniladi?
Boshlang'ich ta ’limda o'qishning uch turidan foydalaniladi:
1. Ovozli o'qish.
2. Ichda o'qish.
3. Shivirlab o'qish
ONA TILI
1. Boshlang`ich sinf ona tili o`qitish metodikasining vazifasi nimadan iborat?
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiytafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash
Do'stlaringiz bilan baham: |