13-variant
Sezgi haqida tushuncha.
Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi
a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi.
Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va hayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.Sezgi eng oddiy, birok shu bilan birga, juda muxim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi.Sezish – oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir. «Sezgi – materiyaning sezgi organlarimizga ta’sir etishi natijasidir».
Sezgilar uz moxiyati jixatidan bir muncha soda psixik jarayon bulishiga qaramay barcha bilimlarimizning asosi va manbayi xisoblanadi. Chunki narsa va xodisalarni aks ettirishning kupchilik kismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz
bo’lmagan tevarak-atrofni narsa va xodisalarni aks ettirishdan
ularni bilishdan maxrum bo’lgan bulardik. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan xar bir narsa
qo’zg’ovchi deb ataladi. Uning ta’siri esa qo’zg’alish deb
yuritiladi.
Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida.
Psixologiya tabiiy va ijtimoiy-ilmiy fan sifatida
Kishi psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo’lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo’nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo’lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o’ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini o’rganadilar.
O’tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma’lum kontseptsiya
asosida o’rgangan bo’lsalar ham, albatta, o’z asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va
o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirishgan.
Bular 4 xil manbada uchraydi:
xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
maxsus ijodkor kishilar o’git-nasihat va hikoyatlarida;
qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida;
turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining
mahsullarida, ya’ni ilmiy-badiiy asarlarda.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida tushuncha.
Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan, muloqot murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Avvalo, u vazifasini bajaradi axborot jarayoni, ya’ni aloqa ishtirokchilari tomonidan nafaqat
og’zaki, balki hissiy jihatdan ham axborotni uzatish va idrok etish jarayoni sifatida. Muloqot va psixologik munosabatlar odamlar bir-biriga, mehr, ishonch, hamdardlik, antipatiya munosabatlari. Bu ham hissiy aloqa bo’lib, u muloqotda bo’lgan odamlarning hissiy uyg’unligida ifodalanadi – empatiya, hamdardlik, sheriklik. Muloqot ayni paytda iroda harakatidir; bu muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir qilish istagida ifodalanadi va taklif, ishontirish, so’rov, buyurtma va boshqalar shaklida namoyon bo’ladi.Muloqot,
shuningdek, muloqot qiluvchilar o’rtasida o’zaro tushunishni o’rnatishdir. O’zaro tushunishning ichki asosi va zaruriy sharti
– bu identifikatsiya qilish, odamlarni bir-biri bilan muloqot qilishning o’zaro assimilyatsiyasi, o’zini boshqasining o’rnida tasavvur qilish qobiliyati. Shu asosda empatiya va sheriklik kuchayadi. Biz o’zaro baholashning adekvatligi va ijtimoiy va individual qadriyatlar tizimining mos kelishi bilan tavsiflangan o’zaro tushunishning yuqori darajasi va ijtimoiy va individual qadriyatlar tizimi mavjud bo’lganda, o’zaro tushunishning past darajasi haqida gapirishimiz mumkin. Muloqot qilayotganlar keskin farq qiladi yoki o’zaro baholash
darajasida tasodif yo’q. O’zaro tushunish, ayniqsa,
shaxslararo muloqotda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |