KIRISH
Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining buyruq va topshiriqlari asosida ish olib boradi.
Atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta’sirlari (jarayonlari) tufayli o‘zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo‘yicha muntazam kuzatish tizimi bu monitorig tizimidir.
Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonunining 28-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizom” talabalari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni ta’minlash maqsadida atrof-muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 28 oktyabrdagi 24509-xx-son topshirig‘iga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “TSement ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 2020 yil 14 apreldagi 223-son qarori bilan “2020 — 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Mazkur ko‘rsatkichlar “2020-2023 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tahlil laboratoriyalarning moddiy texnika ta’minotini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha DASTUR” Qo‘mita raisi tomonidan 2020 yilning 15 may kuni tasdiqlanib ijroga qaratildi.
Ushbu dasturga muvofiq (2020 yil davomida 10 563,2 mln. so‘m (4 562.7 mln.so‘m grant, 6000.5 mln. qo‘mita mablag‘i), 2021 yil 23 011,6 mln.so‘m (byudjetdan 17 70,5 mln.so‘m, 3 477,8 mln.so‘m grant va 1 963,3 mln.so‘m qo‘mita), 2022 yil uchun 23 832,6 mln.so‘m (byudjet 17 714,7 mln.so‘m, 4 336,0 mln.so‘m grant va 1 781,9 qo‘mita) va 2023 yilda 21663,7 mln.so‘m (byudjet 17 734,7 mln.so‘m, 2 152,6 mln so‘m va qo‘mita 1 777,3 mln so‘m) jami bo‘lib 79 711,1 mln.so‘mlik Qo‘mita tarkibidagi tahlil laboratoriyalarning moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgust kungi 273-son qarori bilan “2016 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5 yillik dasturi asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga muvofiq Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda “Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarida davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxati” shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi (2019 yil 28 yanvardagi 48-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib 2019 yil 1 fevraldan ijroga qaratilgan ro‘yxat hamda 2020 yil 24 iyundagi 169-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib 1 iyuldan ijroga qaratilgan) tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarida davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar statsionar manbalaridan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi monitoringi bo‘yicha manbalar 264 tadan 309 taga (har oyda), oqova hamda yer usti suvlarini ifloslantirish manbalarida monitoring bo‘yicha manbalar 171 tadan 208 taga (har chorakda) hamda va tuproq ifloslanishi manbalarida davlat ekologik monitoringi bo‘yicha manbalar 123 tadan 128 taga (yilda ikki marotaba bahor va kuz fasllarida) monitoring o‘tkaziladigan jami sub’ektlar 452 tadan 548 taga, ob’ektlar soni 558 tadan 645 taga oshirildi.
I-BOB.
Do'stlaringiz bilan baham: |