Mavzu: qishloq xo’jaligi va biosfera o’quv mashg’ulotining maqsadi: Talimiy



Download 326,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.03.2022
Hajmi326,45 Kb.
#476528
  1   2   3
Bog'liq
2 амалий кишлок хужалиги ва биосфера



MAVZU: QISHLOQ XO’JALIGI VA BIOSFERA 
O’quv mashg’ulotining maqsadi: 
1. Talimiy
 
maqsadi: 
Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan mineral o’g’itlar va pestitsidlar va 
ularning biosferaga ta’sirini o’rganish.

2. Tarbiyaviy
 
maqsadi: 
Talabalarni

biosferani muhofaza qilish va to’g’ri foydalanishga 
o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi
 
maqsadi:
 
Talabalarda biosfera muhofazasi boyicha bilimlarini 
oshirishda adabiyotlar bilan ishlash malaka va ko’nikmasini hosil qilish. 
Kerakli materiallar va jihozlar:
O’zbekiston tuproqlari atlasi, O’zbekiston yer resurslari atlasi, 
O’zbekiston ekologik kartasi, “O’zbekistonda atrof-muhitning holati va tabiiy resurslardan 
foydalanish” to’plam, mineral o’g’itlardan foydalanish jadvali, ma’ruza matni, rangli qalamlar, 
yozuvsiz xarita.
 
Reja: 
1.
Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish zaruriyati. 
2.
Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalar. 
Nazariy material. 
Hozirgi kunga qadar qishloq xo’jaligi sohasida mineral o’g’itlar va 
pestitsidlardan keng foydalanib kelingan. Oqibatda tirik organizmlar o’rtasidagi o’zaro 
bog’lanishlarning buzilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, zararkunanda populyatsiyalarning 
chidamli formalarini kelib chiqishi, aholini jiddiy kasalliklar bilan kasallanishi kabi holatlar 
yuzaga keladi. 
O’simliklarga azotli o’g’itlarni ortiqcha berish ularning poyasini yotib qolishi, 
zararkunanda va kasalliklarga beriluvchanligini ortishi hamda ularni qurg’oqchil va sovuqqa 
chidamlilik xususiyatlarini susaytirib yuborishi mumkin. Sug’orish jarayonida mineral o’g’itlar 
va pestitsidlarning 20% suv bilan yuvilib ketadi. Ozuqa zanjirlariga o’tgan va to’plangan 
kimyoviy moddalar tirik organizmlarni zaharlashi va o’ldirishi mumkin. 
Fosforli o’g’itlardan ortiqcha foydalanish tuproqda strontsiy, uran, radiy, toriylarning tabiiy 
radioaktiv birikmalarning to’planishiga sabab bo’ladi. O’simlikni temir va ruxni o’zlashtirish 
qobilyati pasayadi. 
Kaliyli o’g’itlar atrof-muhitga uncha zarar etkazmasada, ammo u bilan birga tuproqqa 
tushgan yer osti suvlariga salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Pestitsidlardan qishloq xo’jaligida foydalanish ham atrof muhitni ifloslanishiga olib keladi. 
Ular qishloq xo’jalik ekinlarida bo’ladigan kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlarga qarshi 
kurashda ishlatiladi. Ular shamol bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Bu moddalar ekologik ozuqa 
zanjirlariga o’tib tuproq va suvdagi o’simliklarga undan hayvon va qushlarga ozuqa va suv bilan 
birga inson organizmiga o’tadi. 
Vaqt o’tishi bilan qishloq xo’jaligi zararkunandalari ham pestitsidlarning zaharli ta’siriga 
moslashadi. Atrof-muhit omillariga pestitsidlarning barqarorligi ularni ancha xavfliligidan 
dalolat beradi. 
Boshqa turdagi organizmlar yordamida xo’jalikda keraksiz organizm sonini kamaytirish 
usuli o’simliklarni biologik usulda ximoya qilish deyiladi. 

Download 326,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish