ATROF OLAM BILAN TANISHTIRISH Oylik mavzu: G‘aroyib dunyo. Guruh: O‘rta guruh Hafta mavzusi:O‘simliklar bilan do‘stlashamiz. Davr:fevral oyining 3-haftasi
Mavzu: Xonamizni bezab turgan tuvakdagi gular Maqsad: Bolalarni xona tuvakdagi gullar to‘g‘risidagi tasavurlarini boyitish gullarni tashqi belgilari bo‘yicha to‘laroq ta’riflashga o‘rgatish bolalar lug‘atini boyitish. Gullarni parvarishlash ularni asrab avaylashga o‘rgatish, tabiat go‘zaliklaridan zavqlanish xislarini uyg‘otish, videorolik orqali xonagullari bilan yaqindan tanishtirish ifodalash, she’r aytishga o‘rgatish ko‘rgan. Xona gullarini kuzatish orqali xona gullarini rasmni korsatish, vedorolik korsatuvlari orqali gullarni sevishga ularni parvarish qilishga organadilar ko‘rgan narsalarni tasvirlashga aplikatsiya orqali bolalarni mayda matorikalarini rivojlantirish.
Kerakli jihoz: xona gullari mavzuga oid gullar rasmi ,vedorolik, tarqatma materiallar, rangli qogozlar, moyqalam rangli qalamlar.
Fan va tabiat markazida faoliyatning borishi: Bolalar aylana shaklidagi stol atrofiga o‘tiradilar;
Tarbiyachi:Aziz bolajonlar men sizlarga judaham ajoyib Gullar haqidagi hikoyani so‘zlab bermoqchiman.Siz bu hikoyani diqqat bilan tinglang.
Barno bilan Ra’no juda qalin dugona ekan doim ular birga oynashar ekan
Barnoning onasi uyida ko‘plab xona gullarini parvarish qilar ekan Barno bu gullarni parvarish qilishga onasiga ko‘maklashar, ertalab gullar tagini yumshatib gullarni erkalab ularga sherlar aytib berarkan
Kunlarning birida dugonasi Ra’no Barno bilan birga o‘ynash uchun uylariga kirdi va ular uzoq birgalashib o‘ynashdi birdan Ra’noni ko‘zi tuvakdagi gullarga tushib uning ko‘zlari yanada quvnab ketdi gullarni shohini sindirib u ham tuvakka ekmoqchi bo‘ldi.
Barno bilan o‘ynab uni chalg‘itib gul shohini sindirib chiqib ketdi uni uyiga olib kirib darhol tuvakga o‘tqazdi Ra’no qilgan ishidan juda ham hursand edi Barnoning onasi ishdan keldida uning ko‘zlari shohi singan gulga tushdi.
Barnoxon qizim gulning shohini kim sindirdi?
Barno hayron bo‘lib men sindirmadim ertalab gullarga suv quyganimda gulning shoxi sinmagan edi dedi .
Oradan biroz vaqt o‘tgach Barnoning onasi bir yumish bilan Ra’nolarnikiga kirdi ko‘zi tuvakdagi barglari so‘lib turgan gulga tushdi va mening gulimni shoxi emasmi deb hayolidan o‘tkazdi. O‘z uyiga chiqqach qizi Barnoga tuvakdagi barglari so‘ligan gulning shoxini ko‘rganini aytdi Barno oyi Ra’no bilan biznikida o‘ynagan edik.U tuvakdagi gullarni ko‘rib juda quvongan edi. Ra’no gulshoxini so‘ramay sindirib olibdida.
-oyisi xa qizim, Ra’no gul shoxini so‘raganda edi men unga gulning pishgan shoxidan bergan bo‘lar edim uning ham chiroyli gullari bo‘lar edi debdi.
Bolajonlar hikoyamiz sizga yoqdimi? [Bolalar jovobi]
Ra’no to‘g‘ri ish qildimi? [bolalar javobi]
Barnoning onasi Ra’noni ishiga qanday boho beribdi?
Bolalar sizlarham gullarni yaxshi ko‘rasizmi ?
Siz ham gullar o‘stirasizmi?
Bolalar onangiz o‘stirgan gullar nomini bilasizmi? [bolalar javobi]
Bolajonlar kelinglar honamizdagi gullarni birgalikda kuzatamiz Xonamizdagi gullar sizlarga tanish tuyilyaptimi? Kimning uyida xonamizdagi gullardan bor ? [bolalar javobi]
(Videorolik orqali yana gullarni kuzatadi.)
Endi bolalar shu ko‘rib turgan gullar nomi bilan tanishamiz.
Bu gulning nomi kaktus u suvni kam ichadigan yoruqlikni sevadigan gullar turiga kiradi uni foydali tomonlaridan biri televizor, kampyuterdan chiqib turgan zararli nurlarni qaytarib turadi.
Bu gulimiz qahva gul deb ataladi .Bu gul manzarali gulardan bo‘lib u yorug‘likni issiqlikni juda sevadi bu gulimizga vaqti –vaqti bilan tez –tez suv quyib turamiz. Bu gulimiz Aloe deb ataymiz uning mayday qo‘lga kiradigan tikonlari bo‘lib yoruqlikni sevadigan suvni kam ichadigan gullar safiga kiradi.
U tabobatda keng qo‘llaniladi.