Atrof olam bilan tanishtirish Oylik mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Guruh: O’rta Hafta mavzusi: Men va bolalar bog’chasi Davr: sentyabr oyining 1-haftasi Mavzu: Men va bolalar bog’chasi Maqsad



Download 8,88 Mb.
bet48/78
Sana09.07.2022
Hajmi8,88 Mb.
#763310
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
Atrof olam bilan tanishtirish TO\'LIQ

ATROF OLAM BILAN TANISHTIRISH
Oylik mavzu: G‘aroyib dunyo.
Guruh: O‘rta guruh
Hafta mavzusi:Bizning mamlakatimiz-do‘stlik va tinchlik mamlakati
Davr: fevral oyining 1-haftasi
Mavzu: Xaritadan O‘zbekiston chegaralari bo‘ylab qo‘shni mamlakatlar bilan tanishtirish.
Maqsad : Bolalarni O‘zbekiston chegaralari bilan tanishtirish.
O‘zbekiston bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar haqida, ularning hayoti, shaharlari, bayrog‘i haqida bolalarda tasavvur hosil qilish. O‘z yurtini sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatish. Vatandagi barcha jonli va jonsiz predmetlarni ehtiyot qilishga o‘rgatish. Bolalarni do‘stlikka, inoqlikka o‘rgatish. Kichkintoylarni suhbatda faol ishtirok etishga, tinglashga, o‘rtoqlarini javobini bo‘lmaslikka o‘rgatish. Bolalarni bir-biriga nisbatan o‘zaro hurmat hissini tarbiyalash. Bolalarda insoniylik, bir-biriga yordam berish hissini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakillantirish.
Kekakli jihozlar: O‘zbekiston xaritasi , qo‘shni mamlakatlar bayrog‘i, poytaxti, milliy kiyimlari aks etgan suratlar, slaydlar va tarqatma materiallar.
Kutilayotgan natija: Bolalar O‘zbekiston chegaralari va qo‘shni davlatlar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Qo‘shni mamlakatlar bayrog‘i, poytaxti, milliy kiyimlari va etishtiradiga asosiy hosili haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Fan va tabiat markazida faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
- Bolajonlar o‘lkamizdagi qish faslida barcha qishlab qoluvchi qushlarga yordam berishimiz kerak. Qushlar sovuq kunlarda don topishga qiynalib qoladilar. SHuning uchun ularga uychalar qurib, don berib yordamlashishimiz zarur. CHunki qushlar bizning do‘stimiz. SHu payt eshik taqqillab qoladi va qarg‘a kirib keladi:
- Assalomu- alaykum opajon.
Tarbiyachi:
- Va alaykum assalom xush kelibsan.
Qarg‘a:
- Sizlarga maktub olib keldim.
Tarbiyachi maktubni oladi:
- Bolajonlar qarg‘avoy bizlarga xat olib kelibdi. Men sizlarga o‘qib beraman. Xat qo‘shni mamlakatlar bolalaridan kelgan ekan. Bunda shunday yozilibdi:
- Assalomu alaykum hurmatli O‘zbekiston mamlakatining bolajonlari. Biz besh mamlakat farzandlari sizlarni o‘z chegarangiz bo‘ylab bizning mamlakatimizga mehmonga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.
Tarbiyachi:
- Rahmat qarg‘avoy bizni xursand qilding. Bolajonlar hammamiz sayohatga chiqishga rozimizmi?
Bolalar:
- Xa (bolalar xursand bo‘lishadi)
Qarg‘a:
- Maylimi, men ham sizlar bilan sayohatga borsam?
Tarbiyachi:
- Mayli, qani bo‘lmasa safimizga qo‘shil Afrosiyob tezyurar poezdiga o‘tiramiz. (stolchalarni ikki qator qilib bolalar o‘tiradilar, ikkita bolani mashinist qilib oldiga o‘tkazadi)
Poezd joyidan qo‘zg‘aladi:
- taqa- tuq taqa tuq , pu, pu, pu………
Tarbiyachi:
- Bolajonlar birinchi bo‘lib Qirg‘iziston Respublikasiga kirib keldik.
Qirg‘iziston farzandi O‘rinzan bolalarni kutib oladi:
- Assalomu- alaykum mehmonlar, bizning Qirg‘iziston Respublikamizga xush kelibsiz.
Bolalar:
- Va alaykum assalom. Xush ko‘rdik.
Doniyor:
- Do‘stim davlatinga tashrif buyurishimiz uchun maktub yozgan ekansan. SHu maktubingga asosan mehmon bo‘lib keldik.
O‘rinzan:
- Sizlar bilan do‘stlashgim keldi.
Doniyor:
- Qani bizni yurting bilan tanishtir.
Tarbiyachi:
- Avval biz bayrog‘ing bilan tanishmoqchimiz.
O‘rinzan:
- Mana mening bayrog‘im (bayrog‘ini ko‘rsatadi)
Tarbiyachi:
- Bolalar Qirg‘iziston bayrog‘ida qaysi ranglarni ko‘ryapmiz?
Bolalar:
- Qizil va sariq ranglarni.
Tarbiyachi:
- Rahmat, Qirg‘iziston bayrog‘i ikki xil rangdan iborat ekan. Endi shaharlari bilan tanishamiz. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri. U zamonaviy va ko‘rkam qurilgan. Buni rasmdan ham ko‘rishimiz mumkin. Milliy kiyimlari bilan tanishamiz, (slayd orqali milliy kiyimlarni namoyish etadi, slayd ilova qilinadi. ). Qirg‘iziston paxta, bug‘doy, meva sabzavotlar etishtirish bilan shug‘ullanadi. Mana qo‘shni davlatimiz Qirg‘iziston davlati bilan ham tanishib oldik. Endi Qozog‘iston Respublikasiga yo‘l olamiz. Hamma poezdga o‘tirsin. Poezd qo‘zg‘aldi.:
- taqa-tuq taka tuq , pu, pu, pu………
Tarbiyachi:
- Bolajonlar mana Qozog‘iston Respublikasiga kirib kelmoqdamiz. Bizni bu erda do‘stimiz Saula kutib olmoqchi edi. Ana ko‘rinyapti shu joyda to‘xtaymiz:
Saula:
- Assalomu alaykum mehmonlar, bizning Qozog‘iston Respublikamizga xush kelibsiz. Men sizlarni anchadan buyon kutayotgan edim.
Bolalar:
- Va alaykum assalom. Xush ko‘rdik.
Tarbiyachi:
- Qani qizalog‘im Saula bizni yurting bilan tanishtir.
Saula:
- Bu mening bayrog‘im.
Tarbiyachi:
- Bolajonlar Saulaning bayrog‘ida nechta rang bor ekan?
Bolalar:
- Ikki xil rang bor ekan.
Tarboyachi:
- Barakalla, qanday ranglar ekan?
Alisher:
- Moviy va sariq rang.
Saula:
Mening shahrim Ostana shahri. (slayddan Ostana shahri tomosha qilinadi)
Tarbiyachi:
- Bu Qozog‘iston Respublikasining milliy kiyimlari, bunisi esa o‘tov. Qozog‘iston erlari keng bo‘lganligi uchun bu erlik aholi o‘tovlarda yashab, ko‘proq chorvachilik va bug‘doy etishtirish bilan shug‘illanadilar.
Qozog‘iston bug‘doylari va unlari bizning Davlatimizga ham eksport qilinadi. Onajonlarimiz Qozog‘iston unlardan shirmon nonlar va turli xil shirinliklar pishirib beradilar. Bundan tashqari Qozog‘iston aholisi paxta, sholi, meva va sabzavotlar etishtirish bilan ham shug‘illanadilar. Mana Qozog‘iston haqida ham ma’lumotga ega bo‘ldik. Endi Saula bilan xayrlashib, poezdimizga o‘tiramiz. Xayr Saula ko‘rishguncha, bizning yurtimizga ham mehmonga borib turgin.
Saula:
- Xayr yaxshi boringlar.
Poezd joyidan qo‘zg‘aldi.
- taqa tuq, taqa tuq , pu, pu, pu……….
Tarbiyachi:
- Bolajonlar Qozog‘iston Respublikasi bir oz ko‘proq yo‘lni tashkil etadi. Xarita bo‘ylab chap tomonga burilib, bir oz yurganimizdan so‘ng Turkmaniston Respublikasiga kirib boramiz. U erda do‘stimiz Marat bizlarni kutib oladi. Bolalar bekatda Turkmaniston bayrog‘ini ushlab turgan bola turibdi. Menimcha u Marat bo‘lsa kerak. SHu joyda to‘xtaymiz.
Qudrat:
- Assalomu- alaykum sen Marat bo‘lasanmi?
Marat:
-Va alaykum assalom. Xa men Maratman. Men sizlarni kutib turgan edim. Bizning Vatanimizga xush kelibsizlar.
SHuxrat:
-Raxmat xush ko‘rdik.
Tarbiyachi:
- Bolalar Maratning qo‘lidagi bayrog‘iga qaraymiz. Turkmaniston bayrog‘i Qirg‘isizton va Qazog‘iston bayrog‘idan o‘zgacharoq ekan. Uning asosiy qismini yashil rang tashkil qilar ekan. Unda yana hoshiyalar tasvirlanib, oy va yulduzlar ham aks etibdi. Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahri. ( milliy liboslari bilan slayd orqali tarbiyachi tanishtiradi.slayd ilova qilinadi)
Tarbiyachi:
-Bolajonlar Turkman do‘stlarimiz ham paxta, bug‘doy, meva va sabzavotlar etishtirish bilan shug‘ullanishar ekan. Bolajonlar Marat bilan xayrlashadigan vaqtimiz ham keldi.
Marat:

  • YAna bizning o‘lkamizga kelib turinglar. Ko‘rishguncha xayr.

Poezd joyidan qo‘zg‘aldi:

  • Taqatuq, taqatuq pu,pu,pu…

Tarbiyachi:
-Bolajonlar Afg‘oniston Respublikasining bir qismi biz bilan chegaradosh. U erda Dashart ismli do‘stimiz bizni kutmoqda. Afg‘onistonga ham yaqinlashib qoldik. U erda juda ko‘p yillar davomida to‘xtovsiz urushlar bo‘lganligi sababli Afg‘oniston bolalari bizning Vatanimizda yashagandek tinch va hotirjam yashay olmaydilar. ( Bekatda Dashartni uchiratishadi)
Dashart:
-Assalomu - alaykum do‘stlar bizning yurtimizga xush kelibsizlar. (Dashart ham o‘zining poytaxti, bayrog‘i, etishtiradigan asosiy ekinlari bilan tarbiyachi yordamida slayd orqali bolalarni tanishtiradi.slayd ilova qilinadi.)
Dashart:
-Do‘stlarim sizlarga juda ham havasim keladi, chunki sizning yurtingiz doimo tinch, bog‘cha, maktablarda bemalol tahsil olasizlar. Hammangiz ota-onangiz bag‘rida shod va xursand yashaysiz. Hech qachon tinchligingizga ko‘z tegmasin.
Tarbiyachi:
-Dashart, sizlarning yurtingizda ham urushlar tugab tinchlik hukm surmoqda. Endi bundan buyon sizlar ham tinch va baxtli yashaysizlar.
Sulton:
-Sen hafa bo‘lma do‘stim, seni ham o‘z yurtimizga mehmonga borishga taklif etamiz. O‘zimizning chizgan rasmlarimizni senga yuborib turamiz.
Tarbiyachi:
-Dashart, sen bilan xayrlashish vaqti ham keldi. Xayr bolajon.
Dashart:
-Xayr, yana kelib turinglar.
Poezd joyidan qo‘zg‘aldi
-taqatuq, taqatuq , pu, pu, pu…
Tarbiyachi:
-Xaritadagi chegara bo‘ylab bir oz chapga burilamizda Tojikiston Respublikasiga kirib boramiz. U erda do‘stimiz Ilhom bizlarni kutmoqda.
Maxmud:
-Bolalar anavi bola Ilhom bo‘lsa kerak.
Ilhom:

  • Assalomu - alaykum opajon. Siz mening do‘stlarimni yurtimizga olib kelyapsizmi?

Tarbiyachi:
-Ilhom senmisan?
Ilhom:

  • Ha men Ilhomman. Sizlarni kutayotgan edim. Bizning yurtimizga xush kelibsizlar.

Tarbiyachi:

  • Bolalar asta-sekin ehtiyot bo‘lib poezddan tushinglar. Tojikiston o‘lkasiga etib kelibmiz.

Bolalar:

  • Ura-a-a-a-a (bolalar xursand bo‘ladilar)

Tarbiyachi:

  • Ilhomjon barcha qo‘shni mamalakatlarni bayrog‘i, shaxarlari, aholisining yashash sharoitlari, milliy kiyimlari va etishtradigan maxsulotlari bilan tanishib chiqyapmiz. Sen ham Vataning haqida so‘zlab bersang.

Ilhom:

  • Bu mening bayrog‘im. Bayrog‘im to‘rt xil rangdan iborat. Poytaxt shahrim Dushanbe (slayd orqali ko‘rsatib beradi, slayd ilova qilinadi.). Mana bu bizning asosiy etishtiradigan hosilimiz soya hisoblanadi. Bundan tashqari paxta, bug‘doy, meva va sabzavotlar ham etishtiramiz. Mana bu esa milliy kiyimlarimiz.

Tarbiyachi:

  • Bolajonlar Tojikiston bayrog‘ida ham bizning bayrog‘imizga o‘xshashlik tomonlari bor ekan. Mana hamma qo‘shni mamlakatlar bo‘ylab aylanib, tanishib chiqdik. Endi asta-sekin o‘z Vatanimizga Andijon viloyatiga yo‘l olamiz.

  • Poezd joyida qo‘zg‘aldi:

-taqatuq, tqatuq, pu, pu, pu…
Tarbiyachi:

  • Bolajonlar mana o‘z yurtimizga ham eson- omon kirib keldik. Nihoyat guruh xonasidamiz.

  1. bola:

  • Opajon yurtimiz qanday go‘zal ekan.

2-bola:

  • Men yurtimni sayohat davomida juda sog‘indim.

3-bola:

  • Mening yurtim jannatmakon .

Tarbiyachi:

  • Juda yaxshi men ham rostini aytsam, o‘z yurtimni juda sog‘indim. Bolajonlar barcha qo‘shni mamlakatlar bilan sayohatda ularning bayrog‘i, poytaxti, liboslari haqida tanishdik. Qani kim bizning bayrog‘imiz haqida so‘zlab beradi?

1-bola

  • Bayrog‘imiz to‘rt xil rangdan iborat. Moviy, qizil, oq va yashil.

Tarbiyachi:

  • Bizning poytaxtimiz qaysi shahar?

2-bola

  • Bizning poytaxtimiz Toshkent shahri.

Tarbiyachi:

  • Bizning milliy kiyimlarimiz haqida kim so‘zlab beradi?

3-bola:

  • Atlas, shoyi, do‘ppi, nimcha, yaktak, chorsi bizning milliy kiyimlarimiz.

Tarbiyachi:

  • Biz qanday ekinlar etishtiramiz?

4-bola:

  • Paxta, bug‘doy, sholi, meva va sabzavotlar etishtiramiz.

Tarbiyachi;

  • To‘g‘ri bizning yurtimiz jannatmakon yurt. Har qanday ekinlarni ekib, hosilini mo‘l-ko‘l olishimiz mumkin. Bizning milliy boyligimiz paxta bo‘lib, O‘zbekistonning hamma viloyatlarida paxta etishtirish bilan shug‘illanadilar. Bundan tashqari Asaka shahrida UZDEO avtomobil ishlab chiqarish zavodidan turli rusmdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda masalan, damas, tiko, neksya,matiz, spark va boshqa mashinalarni xorijga ham eksport qilishmoqda. Biz yurtimizdan faxrlanamiz.

  • Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan “O‘z bayrog‘ingni top” o‘yinini o‘ynaymiz. Bolalarga tarbiyachi o‘yin qoidalarini tushuntiradi. So‘ngra bolalari o‘yinga taklif etadi. O‘yindan so‘ng o‘yinda faol qatnashgan bolalarni rag‘batlantirib, sayrda va faoliyat davomida faol qatnashganligi uchun bolalarga minnatdorchilik bildirib, musiqa va ritmika markaziga joylashtirilgan texnikalar yordamida

“O‘zbekiston Farzandiman ” ko‘shig‘ini birgalikda aytib mashg‘ulotni yakunlaydi.(Audio disk ilova qilinadi)

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish