mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikastiyalash markazi tashkil etilgan (1993 y.) bo’lib, uning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat :
ekologik xavsiz texnologik jaryonlarni ishlab chiqish va joriy etish;
ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
qulay atrof-muhitni saqlash maqsadida me’yoriy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni yaratish va qo’llash;
ekologik xavfli mahsulotlar, texnologiyalar, ishlab chiqarish va ehtiyojli chiqindilarning respublikaga kiritilishi va uning hududidan olib utilishnga barham berish;
tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ish va xizmatlar bozorini tartibga solish;
atrof-muhit snfatini yaxshilash;
resurslarni saqlash va atrof-muhitga nomaqbul ta’sir haqida ogohlantirish.
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish ishlari “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” gi Qonunga (1992 y.) muvofiq, O’zbekiston respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan bo’lib, u Oliy Majlisga bo’ysunadi. Davlat qo’mitasi Qoraqalpog’iston respublikasi, o’n ikki viloyat va Toshkent shahar hududiy bo’lim — tashkilotlaridan iborat. Qo’mita bir qancha tashkilot va bo’limlarni ham uzida birlashtiradi («Boshdavekoekspertiza», «Davlatbionazorat», «Ekoaxborotbashorat» va boshqalar).
O’zbekiston Reepublikasida eski qonuniy aktlarni qayta ko’radigan va yangilarini yaratadigan qonunchilikning isloxoti o’tkazilmoqda. Fuqarolarning ekologik xavfsizligi 1992 yil 8 dekabrda Respublika Oliy Majlisi XI-sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qonunlar tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning qabul qilingan tamoyillari asosida aholi ekologik xavfsizligining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarini yaratdi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy akt O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni hisoblanadi. Bu qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlab qolishni, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning bir tekis rivojlanishini, ekologik tizimlarning tabiiy majmualarini va ayrim ob’ektlarni muhofaza qilish maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi va insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash huquqini ta’minlaydi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining «Sanitar nazoratlar to’g’risida»gi qonuni (03.07.1992 y.). O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1991 yil 20 noyabr va 1993 yil 7 may hamda 1994 yil 23 sentyabr oylarida bu qonunga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilib, takomilashtirilgan variantlarida yerlardan foydalanishni tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish, tuproqlaр unumdorligini oshirish,tabiiy muhitini saqlash va yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirish huquqinи ta’minlash ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvlardan foydalanish to’grisida»gi qonuni (06.05.1996 y.) ning vazifasi suvga bo’lgan munosabatlarni tartibga solish,aholi va xalq ho’jalik obe’ktlarida suv resurslaridan oqilona foydalinish, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar, ularning rivojlanishi davlatning huquqiy qoidalarida qayd qilingan. Davlatning ekologik dasturi, uning harakat qilish funktsiyalari, inson bilan tabiatning katta-kichik elementlari,birliklari o’rtasidagi munosabatlar,ekologik normalar, shaxsning tabiatga bo’lgan huquqi, vazifalari ekologik qonunlarda o’z aksini topgan.
Davlat tashkilotlari suv zaxiralarini hisob kitob qilib, rejalar asosida undan foydalanish yo’llarini ishlab chiqadi. Ma’lum davlatlarda suvdan foydalanish uchun haq to’lanadi. Sayyoramizdagi ayrim suv katta xavzalari, katta daryolar, ko’llar doim davlat nazorati ostida bo’lsa ayrimlari, YuNESKO tashkiloti nazoratida Baykal, Issiqko’l bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonuni suv munosabatlarini, aholi va xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishni tartibga soladi, shuningdek, suv munosabatlari sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarning huquqlarini himoya qiladi va suvdan oqilona foydalanish ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |