4-qonun. Tabiat yaxshi “biladi”. Ushbu qonun Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishiga asoslangandir. Masalan, Orol dengizi ming yillar davomida yashab keldi, ammo inson yarim asr davomida uni halokatga uchratib qo’ydi. Tabiatda har bir organik moddaning parchalantiruvchi fermenti mavjud. Tabiatda biron-bir organik moddani sintez qilish nihoyatda qiyin, agar uni parchalantiruvchi vositasi bo’lmasa. Hozirgi paytda inson shunday kimyoviy birikmalar yaratdiki, ular tabiiy muhitda parchalanmaydi (masalan, plastmassa va rezina mahsulotlari), ular yig’ilib qolib tabiiy muhitni ifloslantirmoqda. Demak, ushbu qonun bizni tabiiy tizimlarni o’zgartirish (suv to’g’onlarni qurish, daryo oqimini o’zgartirish va b.) uchun oqilona yo’l tutishimizga ogohlantiradi.
O’zbekiston Respublikasida ekologik vaziyat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash
Ekologik vaziyat – atrof-muhitning mahalliy yoki mintaqaviy yomonlashuvidir (masalan, suvlarning ifloslanishi, tuproq degradastiyasi va hokazolar). Ekologik vaziyat antropogen omillar ta’sirida paydo bo’ladi va o’zgaradi.
Mintaqaviy ekologik vaziyatlar vujudga kelishining o’tkirlik darajasi tabiiy sharoit ko’rsatkichlari o’zgarganligi bilan aniqlanadi: a) sanitar-gigienik sharoitga ta’sir etadi; b) tabiiy resurslarning yo’qolishiga olib keladi; c) tabiiy landshaftlarni buzadi va ko’rinishini o’zgartiradi.
Ekologik vaziyatlar barcha areallarning jiddiylik darajasi bo’yicha ikkita toifaga bo’linadi: kesknn va juda keskin.
Juda murakkab ekologik vaziyat tabiiy muhit sharoitining holati aholi hayoti sharoitiga to’g’dan-to’g’ri tahlika sola boshlagan joyda vujudga keladi. Oqibatda ekologik muammolar mushkul, inqirozli yoki fojiali keskinlik darajasigacha yetadi. Favqulodda ekologik vaziyat va ekologik faqat mintaqalari tashkil topadi.
1991 yildan 2003 yilgacha bo’lgan davrda o’tkazilgan tabiat muhofazasi faoliyati natijasida O’zbekistonda ekologik vaziyat ancha barqarorlashdi, ayrim mintaqalarda esa, yaxshilandi. Atmosferaga chiqarilgan ifloslovchi moddalar chiqindisi 1991 yildagi 3,81 mln t. dan 2001 yilga kelib 2,25 mln t. ga, ya’ni 39,6% ga qisqardi.
Ochiq suv havzalariga chiqarilgan ifloslovchi sanoat oqovalari 1991 yildagi 327,3 mln m3 dan 2001 yilga kelib 168,6 mln m3 ga yoki 13,8 %ga kamaydi. Qishloq xo’jalik ekinlari maydonlaridagi tuproqlar xlororganik pestistidlar bilan ifloslanishining o’rtacha darajasi ham kamayib, 1,0-3,08 ruxsat etilgan me’yoridan oshmaydigan holatgacha tushdi.
Orol fojiasi butun dunyo hamjamiyatiga tabiatdan nooqilona foydalanishning nimalarga olib kelishi ko’rsatuvchi ogohlantiruvchi bong sifatida namoyon bo’ldi. Orol dengizi maydoni va suv hajmining qisqarishi hududda issiqlik sig’imini o’zgartirdi, bu o’z navbatida qo’shimcha energiya maibaini vujudga keltirdi, bu esa atmosferaning anomal harakatiga sabab bo’ldi. Buni Markaziy Osiyo mintaqasida kuzatilayotgan iqlim o’zgarishlari bilan izohlash mumkin.
Respublikaning ayrim hududlarida (Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyati, Navoiy viloyati) kimyo sanoati, mashinasozlik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari jadal rivojlanishi yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Oqibatda tabiiy majmualarning ayrim joylarda qisman, ba’zi yerlarda esa to’liq degradastiya sodir bo’lmoqda.
Qishloq xo’jaligi ham yer usti suvlari ifloslanishida muhim manbaligicha qolmoqda. Ekin maydonlaridan tuz, mineral o’g’itlar va kimyoviy himoya vositalari sug’orma va kollektor-drenaj suvlari orqali chiqib ketishi ham yetarli xavf tug’dirmoqda.
Suv resurslarini ifloslovchi navbatdagi manba chorvachilik majmualaridir. Ko’plab chorvachilik ob’ektlarida suvnn muhofazalash holati juda qoniqarsizligidan chorvachilik majmualari chiqindilari to’g’ridan-to’g’ri ochiq suv havzalarni ifloslamoqda.
Suv resurslarining haddan tashqari ifloslanganligi, tabiatdan foydalanishga ekstensiv yondashuv oqibatida uning yo’qolishi Orol dengizi mintaqasidagi ekologik inqirozning birdan-bir bosh sababchisidir. Shu tufayli Orol dengizini tiklash o’ta muammoligicha qolmoqda.
Shunday qilib, bu boradagi ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar boshida o’tish davrida xo’jalik yuritishning har tomonlama o’zini oqlagan usullariga va tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni joriy etishga tezroq o’tish turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |