Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi oksidlovchilar ishlatiladi: gaz holatidagi va siqilgan xlor, xlor qo‘shoksidi, kalsiy xlorat, natriy va kalsiy gipoxlorit, kaliy permanganat, kaliy bixro-
mat, vodorod peroksid, havo kislorodi, ozon, piroluzit va boshqalar. Oksidlanish jarayonida suv tarkibidagi zaharli iflosliklar kim- yoviy reaksiya natijasida zaharsiz moddalarga aylanib, ularni suv tarkibidan ajratib olish mumkin bo‘1adi. Oqova suv oksidlovchilar bilan tozalanganda reagent ko‘p miqdorda sarflanadi. Shu sababli bu usuldan oqova suvni ifloslantiruvchi moddalarni boshqa usul bilan tozalash imkoni bo‘lmaganda ishlatiladi. Masalan, sianidlar- dan tozalash, erigan mishyak birikmalaridan tozalashda va boshqalar. Oksidlovchi sifatida moddaning faolligi oksidlovchi potensial kattaligi bilan aniqlanadi. Oksidlo chilar orasida ftor muhim ahamiyatga ega. Ammo u juda agressiv bo‘lgani uchun amalda kam qo‘11ani1adi. Boshqa moddalar uchun oksidlovchi potensial ko‘rsatkichi: ozon uchun — 2,07, xlor uchun — 0,94, vodorod
peroksid uchun — 0,68, kaliy permanganat uchun — 0,59.
Xlorli oksidlash. Xlor na faol xlorli moddalar ko‘p tarqalgan oksidlovchi hisoblanadi. Ularni oqova suvni vodorod sulfıd, gidrosulfid, metiloltingugurtli birikmalar, fenollar, sianidlardan tozalashda qo‘llaniladi. Suv tarkibiga xlor kirit ilgan xlorli [vodorod(I)oksoxlorat] va vodorod xloridli kislotalar hosil bo‘1adi:
CI, + HOO = HOC1 + HC1
Reaksiya jarayonida xlorli kislotalarning dissotsilanishi kuzatiladi. Dissotsilanish darajasi pH ga bog‘1iq. pH 4 ga teng bo‘lganda, molekula holatidagi xlor amalda qolmaydi:
HOC1 = H“+ OC1*
C1, + HOC1 + OC1 yig‘indisi erkin faol xlor deyiladi.
Oqova suvda ammoniyli birikmalar bo‘1sa reaksiya natijasida xlorid kislota, xloramin NH2C1 na dixloramin NHC12 hosil bo‘1adi. Xlorlash jarayoni davriy va uzluksiz bosimli hamda vakkumli xloratorlarda olib boriladi. Oqova suvlarni xlorlash usulida tozalash sxemasi 5.5- rasmda keltirilgan. Xlorlash sirkulatsiya sistemasiga ulangan sig‘im1arda olib boriladi. Injektordagi gaz holatidagi xlor suv bilan qurshab olinib, zaruriy oksidlanish darajasiga kelma- guncha sirkulatsiyalanadi. Shundan so‘ng suv foydalanish uchun
chiqarib yuboriladi.
“uvni zararsizlantirish jarayoni ishqoriy muhit (pH=9) da
5.5-rasm. Suvni xlorlab tozalash qurilmasining chizmasi: I—me’yorlashtirgich; 2, 5—nasoslar; 3—injektor; 4—idish.
olib boriladi. Sianidlarni elementar azotgacha va uglerod dioksidgacha oksidlash mumkin:
CN* + 2OH* +C12 —› CNO* + 2C1 + H2O 2CNO* + 4OH* + 3CI, —› CO, + 6C1* + N, + 2H,O
Kalsiy xlorat, gipoxlorit, xlorat, xlor dioksidi ham «faol» xlor manbayi bo‘lishi mumkin. Kalsiy xlorat (ohakli xlor) quyidagicha olinadi:
Ca(OH), + 2C1, = CaOCl, -b H2O
Gaz holatidagi xlor ishqor eritmasidan o‘tkazi1ganda natriy gipoxlorit (oksoxlorat) hosil bo‘1adi:
C1, + 2NaOH = NaClO + NaC1
Kalsiy gipoxlorit kalsiy gidroksidni 25-30"C da xlorlab olinadi: Ca(OH), + 2C12 = Ca (CIO), + CaCl2 + 2HCO
Sanoatda kalsiyning Ca(C1O 2-) 2Ca(OH), 2HCO ikki asosli
tuzi ishlab chiqariladi. NaClO, — natriy xlorat kuchli oksidlovchi hisoblanadi. U parchalariganda CIO, yashil-sarg‘ish tusli, xlorga nisbatan o‘tkir hidli gaz hosil bo‘1adi. Uni olish uchun quyidagi reaksiyadan foydalaniladi.
2NaC1O2 +C12 —› 2C1O2 + 2NaCl
5NaC1O2 +4HC1 5NaC1+ 4C1O2 + 2H,O
Sianidlarni faol xlor bilan oksidlashda jarayonni sianat hosil bo‘lgungacha olib borish mumkin:
CN* +OC1* —+ CNO* +Cl°.
Sianidlarni sianatlarga oksidlanishi oksidlovchi tarkibidan kislorod atomining ajralib chiqishi hisobiga boradi. Hosil bo‘1gan sianatlar karbonatlargacha oson gidrolizlanadi:
CNO‘ +2HO CO,2* + NH 4+
Gidroliz tezligi pH muhitga bog‘1iq. pH=5,3 bo‘1ganda bir sutkada 80a gacha sianatlar gidrolizlanadi. Ikki bosqichli jarayonda sianidlar N 2 va CO, ga qadar oksidlanadi. Birinchi bosqichda jarayon quyidagi reaksiya bo‘yicha boradi:
CN‘ +OC1° —› CNO° + C1*
Ikkinchi bosqichda qo‘shimcha miqdorda oksidlovchi kiritiladi.
Shu sababli reaksiya quyidagi tenglama bo‘yicha boradi: 2CNO* + 3OC1° +H 2O —› 2CO, + N, + 2OH* + 3C1‘
Reaksiya vaqtida pH=8—11 atrofıda bo‘1adi. Oksidlanishning to‘1iq nazorati qoldiq faol xlor bo‘yicha olib boriladi. Bunda uning konsentratsiyasi 5—10 mg/1 dan kam bo‘1mas1igi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |