7. Sog'lomlashtirish joylari va kurortlarining erlari... Bular alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga tegishli va fuqarolarning davolanishi va dam olishi uchun mo'ljallangan tibbiy va rekreatsion zonalar va dam olish maskanlari. Ular tabiiy shifobaxsh resurslarga ega bo'lgan erlar (mineral suvlar, shifobaxsh balchiq, sho'r suvlari va ko'llar), qulay iqlim va boshqa tabiiy omillar va sharoitlar inson kasalliklarining oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan erlar deb tan olinadi Ular mintaqaviy yoki boshqa tibbiy va dam olish joylari sifatida tan olinishi mumkin mahalliy ahamiyatga ega.
Tabiiy dorivor resurslar va ulardan foydalanish uchun zarur bo'lgan bino va inshootlar, shu jumladan infratuzilma inshootlari bilan ishlab chiqilgan va foydalaniladigan hududlar kurort deb tan olinadi.
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar va vaqtincha foydalanuvchilarga oʻrmondan foydalanishning quyidagi turlari boʻyicha toʻlov asosida foydalanishga beriladi:
chorva mollarini boqish;
pichan oʻrish;
asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
daraхt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shoх-shabbalarni yigʻish;
uchastkalardan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish.
Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar yuridik shaхslar tomonidan naqd pulsiz shaklda, jismoniy shaхslar tomonidan esa naqd pul yoki naqd pulsiz shakllarda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Uchastkadan foydalanishning bir kalendar yiligacha boʻlgan muddat uchun - oʻrmondan foydalanish boshlangunga qadar 100% miqdorida, bir yildan ortiq boʻlgan muddati uchun - har bir kalendar yilning yanvar oyida yoki oʻrmondan foydalanish mavsumi boshlanishida joriy kalendar yil uchun 100% miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Quyidagilar uchastkadan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda bepul foydalanishlari mumkin:
Maktabgacha yoshdagi bolalar;
oʻzlarining tabiat bilan bogʻliq tegishli dasturlari boʻyicha davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumta’lim muassasalarining oʻqituvchi va oʻquvchilari, oʻrta maхsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalari;
"Mehribonlik" uylari va "Muruvvat" bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari;
nogironlar;
1941-1945 yillardagi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaхslar;
atom ob’yektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaхslar.Shuningdek qabul qilingan qaror bilan yuridik va jismoniy shaхslar yalangʻoch qizilmiyani хom ashyo sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun toʻlovlardan 2016 yil 31 dekabrgacha ozod qilingan.
O‘zbekiston o‘rmonlar kam bo‘lgan mamlakat hisoblanadi, biroq o‘rmon ekotizimlari ham xo‘jalik munosabatlarida, ham tabiatni muhofaza qilish munosabatlarida muhim rol o‘ynaydi.
Davlat o‘rmon fondi yerlari 11,2 mln gektarni egallaydi, bu respublika umumiy maydonining 25,2 foizini tashkil etadi, ulardan 3,26 mln gektarga yaqini o‘rmonlar bilan qoplangan.
O‘zbekiston o‘rmonlari o‘zining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajariladigan funksiyalariga ko‘ra jiddiy ravishda farqlanadi. O‘rmonlar asosan qumli cho‘llarda — 9,53 mln ga, tog‘larda — 1,12 mln ga, qayirlarda — 0,11 mln ga, shuningdek, vohalarda — 0,26 mln ga joylashgan.
30 ming gektarga yaqinni egallagan to‘qayzorlar uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan va Amudaryo deltasida to‘qayzorlar dastlabki hududining 10 foiziga yaqinni tashkil etadi. Ushbu uchastkalar O‘zbekistondagi qolgan barcha to‘qayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo to‘qayzorlarining 20 foizini tashkil etadi.
To‘qayzorlar maydonining kamayishi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarning qisqarishi sababi hisoblanadi. To‘qayzorlar massivlari uncha katta bo‘lmagan tor polosalar va daryo uvalaridagi alohida uchastkalarda saqlanib qolgan va yovvoyi tabiat uchun muhim ekologik yo‘laklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |