BOG’LANISH ENЕRGIYASI – nuklonlarga kinеtik enеrgiya bеrmasdan nuklonlar orasidagi bog’lanishni (o’zaro aloqani) uzish uchun kеrak bo’lgan enеrgiyaga aytiladi.
BOR MAGNETONI - atom tizimlarining magnitik momentlarini o‘lchash birligi
BOR RADIUSI - xidrogen (vodorod) atomida yadroga eng yaqin elektron orbita radiusi
BOSH KVANT SON - atom elektronining energiyasini belgilovchi kvant son
BOSH YADRO - radiofaol yemirilayotgan atom yadrosi
CHIQISH ISHI - elektronni qattiq jismdan yoki suyuqlikdan va-kuumga chiqarish uchun sarflanadigan energiya
DETEKTIRLASH - lot. detectio – topmoq - 1) modullangan elek-trik va boshqa tebranishlarning modullanish qonuniyatini aniqlash maqsa-dida shu tebranishlarni o‘zgartirish; 2) o‘zgaruvchan elektrik tokdan bir yo‘nalishli pulslanuvchi tok hosil qilish
DETEKTOR - elementar zarralarni, shuningdek, rentgen yoki gam-ma nurlarni qayd qiladigan asbob (ionlovchi bo‘lma, sanagich)
Do'stlaringiz bilan baham: |