ATOM OG‘IRLIK -dastavval atom massasi atamasi o‘rniga ishla-tib kelingan atama
ATOM ORBITALLARI - atomlar xar bir elektronining uchta kvant son - bosh kvant son n, impuls momentining orbital kvant soni 1 va orbital magnitik kvant son me larning to‘lqin funksiyalari
ATOM RADIUS - molekulalar va kristallarda atomlararo masofa-larni taqriban baholash imkonini beruvchi tavsif
ATOM RAQAMI- kimyoviy elementning davriy tizimidagi tartib raqami; u muayyan elementning atom yadrosi tarkibiga kiruvchi protonlar soniga teng
ATOM SPEKTRI - erkin atomning energiya sathlari orasidagi kvant o‘tishlarda vujudga keluvchi yutilish spektri yoki chiqarish spektri