ATOM ORBITALLARINING GIBRIDLANISHI.
Gibridlanish – shakli va energiyasi bilan farq qiluvchi (s va p) orbitallarining o’zaro qo’shilib energiyasi va ko’rinishlari bi xil bo’lgan yangi elektron orbitallarining hosil bo’lishi gibridlanish deyiladi.
Gibridlanishda – taqsimlanmagan juft elektronlar va sigma bog’lar qatnashadi.
Gibridlanishda s orbitaldan 1 ta, p orbitaldan 3 ta, d orbitaldan 5 ta gibrid orbitallar qatnashadi.
Orbitallar
|
turi
|
soni
|
2
|
sp
|
2
|
3
|
sp2
|
3
|
4
|
sp3
|
4
|
5
|
sp3d
|
5
|
6
|
sp3d2
|
6
|
sp-gibridlanish -
|
1 ta s va 1 ta
|
p orbitallarning o’zaro qo’shilishidan 2 ta sp (es-pe deb
|
o’qiladi) gibrid orbitallar hosil qilishiga aytiladi.
Tarkibida 2 ta qo’sh bog’ va uch bog’ tutgan moddalarning ko’pchiligi shu gibridlanishga kiradi
Shakli chiziqli, valent burchagi 180 o ga teng bo’ladi.
Vakillari - C (karbin), CH 2=C=CH 2, CO 2, CS 2, KrF 2, BeCl 2, BaCl 2, C 2H 2 va uning gomologlari molekulalarining uch bog’li qismi, HCN, ZnCl 2, Berilliy birikmalari.
sp2-gibridlanish - 1 ta s va 2 ta p orbitallarning o’zaro qo’shilishidan 3 ta sp 2 (es-pe-2 deb o’qiladi) gibrid orbitallar hosil qilishiga aytiladi.
Tarkibida 1 ta qo’sh bog’ tutgan birikmalarda uchraydi.
Shakli burchakli, uchburchak, teng tomonli uchburchak valent burchagi 120 o ga teng
Vakillari - C(grafit), benzol (C6H6), vinil benzol (stirol C 6H 5C 2H 3), SO 2, SO3, BCl3, BF3, BBr3,
AlCl 3, H 2SO 3, HNO 3, HNO 2, KrOF 2, CO, CaCl2, GaBr3, -COOH, -CHO, O3, COF 2, O 2,
H 2CO 3, aldegid, keton, HCOOH, SnCl 2, SnBr 2, SnS, SnF 2, RbBr 2 PbS 2, COCl 2, NOCl, NOBr, POF, POBr, С2H4 va uning gomologlarining qo’sh bog’li qismi, Bor va Alyuminiy birikmalari. (ajaratib ko’rsatilgan molekulalar teng tomonli uchburchak tuzilishga ega)
sp3-gibridlaish - - 1 ta s va 3 ta p orbitallarning o’zaro qo’shilishidan 4 ta sp 3 (es-pe-3 deb o’qiladi) gibrid orbitallar hosil qilishiga aytiladi.
Shakli tetraedr yoki trigonal piramida valent burchagi 109,28 va 104,5o ga teng.
Vakillari - С(olmos), Alkanlar va siklo alkanlardagi uglerod atomi , H2SO4, NH3, PH3, NF3, PCl3, NCl3, NH2SO3,SOCl2, SOGal2, NH4+, H2O, H3O+, HCl, HClO, HClO2,HClO3, F2O, CCl4, HClO4 (tuzlari), P4, SiO2, POCl3, H3PO4, P4O10,
KrO2F2, MnO4-, MnO42-, CH3NO2, CH4, CF4, SiH4, GeH4, NSF, SO42-, PO43-, OsO4, CuO4,
BH4, PH4+, XeO2, F2O3, (ajratilgan moddalar uchburchakli piramida va burchakli tuzilishga ega)
sp3d-gibridlanish – 2 ta s, 3 ta p va 1 ta d orbitalla o’zaro qo’shilishidan 5 ta sp3d gibrid orbitallar hosil bo’lishi.
Shakli uchburchakli bipiramida valent burchagi 120 va 90o ga teng
Vakillari - PF5, PCl5, SOF3, SOBr4, SOCl4, XeO3F2, ClF2, XeOF2, SF4, ClF3, XeF2 (ajratilgan moddalar T-shakl tuzilishga ega)
sp3d2-gibridlanish – 1 ta,3 ta p va 2 ta d orbitallar o’zaro qo’shilib yangi 6 ta sp3d2 gibridlangan orbitallar hosil bo’lishi.
Shakli oktaedr valent burchagi 90o ga teng
Vakillari - SF6, SCl6, Ba2[XeO6], K4[Fe(CN)6], K3[Fe(CN)6, [Cr(NH3)6]Cl3, UF6, XeOF4,
SF3, XeF5, XeF4, SCl4, ClF4 (ajratilgan moddalar kvadrat piramida va kvadrat tuzilishga ega), XeF6 PtF6, Na4[XeO6], Na6[XeO6], Ba3[XeO6]…OKTAEDR tuzilishga ega.
Gibridlanish natijasida atomlagi orbitallarning soni o’zgaradimi?
A) o’zgarmaydi; B) kamayadi; C) ko’payadi;
D) d – elementlar qatnashganda kamayadi.
Gibridlanish jarayonida keltirilgan holatlarning qaysilari yuz berishi mumkin?
gibridlanish jarayonida s- va p- elektronlar ishtirok etadi;
gibridlanish jarayonida faqat bog’ hosil qilayotgan toq elektronlar qatnashadi;
gibridlanish jarayonida toq elektronlarga ega bo’lgan s-, p-, d- va f- orbitallar ishtirok etishi mumkin;
gibridlanish natijasida atomlar orasida δ va π bog’lar hosil bo’ladi;
gibridlanishda juft elektronlarga ega bo’lgan atom orbitallari ham qatnashishi mumkin; A) 1,3 B) 3,5 C) 1,5 D) 2,4
Karbinda C atomlarining gibridlanish turi qanday bo’ladi?
A) sp B) sp2 C) sp3 D) sp3d
Gipoxlorit kislota, xlorat va perxlorat ionlaridagi markaziy atomning gibridlanish holati qanday?
A) sp2 sp3 sp3 B) sp2 sp2 sp3
C) sp3 sp3 sp3 D) sp2 sp sp2
Kremniy (IV) oksidida kremniy atomining gibridlanish turi qanday?
A) sp B) sp2 C) sp3 D) sp3d
[Cr(NH3)6]Cl3 birikmasidagi xrom atomi qanday gibridlanish holatida?
A) sp3d2 B) sp2 C) sp3 D) sp3d
Kremniy (IV) oksida bog’lar orasidagi burchak, kristall panjara va gibridlanish turi qanday?
A) 1800, molekulyar, sp; B) 1200, atomli, sp2; C) 109028′, atomli, sp3;
D) 109028′, molekulyar, sp3.
4
Markaziy atomning orbitali sp-gibridlangan holatdagi zarrachani toping. 1) PO 3 ; 2) CO2; 3) H2O; 4) SO3; 5) BeCl2;
A) 2,3 B) 2,5 C) 1,2 D) 4,5
Quyidagi molekulalarning qaysisida markaziy atom sp-gibridlangan?
1) BeCl2; 2) CO2; 3) H2O; 4) SO2;
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3
Quyida keltirilgan moddalar orasidan sp-gibridlangan atomga ega bo’lganlarini toping.
1. etilen; 2. azot; 3. vodorod xlorid;
4. uglerod (IV) oksid; 5. tetrafosfor;
6. etin; 7. uglerod (II) oksid;
A) 2,4,6 B) 2,3,4,6 C) 2,4,6,7 D) 1,2,6
11. Qaysi birikmalar bir xil miqdorda sp-gibrid orbitallarga ega?
1. propen; 2. butin-2; 3. berilliy xlorid;
4. butadiyen-1,3; 5. uglerod (IV) oksid; A) 1,4 B) 2,3 C) 3,5 D) 2,4
sp2 - gibridlangan orbitallar yo’nalishlari orasidagi burchak qanday bo’ladi?
A) 180о B) 90о C) 120о D) 109о28′
Markaziy atomi sp2 gibridlangan holatda bo’lgan zarrachalarni ko’rsating.
1) bor ftorid; 2) etan; 3) ammiak; 4) etilen;
5) berilliy xlorid; 6) sulfat ioni; 7) suv; A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 5,7
Molekuladagi hamma uglerod atomlari faqat sp2 - gibridlanish holatida bo’lgan birikmalar qatorini ko’rsating.
etan, etilen, atsetilen;
etilen, butadiyen-1,3, benzol;
atsetilen, benzol, toluol;
etilen, propilen, butilen.
Quyidagi moddalar orasidan molekulasida sp2 - gibrid holatidagi element atomlari bo’lganlarini ko’rsating.
1. propilen; 2. berilliy oksid; 3. bor ftorid;
4. toluol; 5. butin; 6. alyuminiy xlorid;
7. ammiak; 8. gidroksoniy ioni;
A) 1,3,4,6 B) 1,2,4,7 C) 2,3,6,8 D) 1,3,6,7
16. Qaysi birikmalarda sp2 - gibridlanish mavjud?
1. oltingugurt (IV) oksidi; 2. ammiak;
3. uglerod (IV) oksid; 4. eten;
5. nitrat kislota; 6. oltingugurt (VI) oksidi; A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,4,5,6
sp2 - gibrid orbitallar ishtirokida hosil bo’ladigan moddalar jumlasiga qaysi birikmalar kiradi?
azot (III) xlorid va bor xlorid;
uchmetilamin va uchmetilbor;
borat k-ta va chumoli aldegid;
benzol va siklogeksan.
Quyidagi birikmalarning qaysilarida barcha uglerod atomlari sp2-gibridlangan holatda bo’ladi?
1) 1,3-butadiyen; 2) benzol; 3) toluol;
4) 2-buten; 5) etilen; 6) propan; A) 1,2 B) 1,4 C) 3,4,5 D) 1,2,5
Uglerodning hamma atomlari sp2-gibridlangan holda bo’lgan uglevodorodni tanlang.
A) eten; B) etan; C) toluol; D) etin.
Quyida sanab o’tilgan moddalar orasidan sp2-gibrid orbitalli atomi bo’lgan molekulalarni toping.
1. kislorod; 2. oltingugurt (IV) oksidi;
3. uglerod (II) oksid; 4. uglerod (IV) oksid;
5. etin; 6. etilen; 7. karbonat kislota anioni; A) 1,3,6,7 B) 1,2,3,6 C) 2,3,6,7 D) 1,2,6,7
Markaziy atomi sp2 gibridlangan, burchakli fazoviy tuzilishga ega bo’lgan molekula(lar)ni tanlang.
1) CO2; 2) SO2; 3) H2O; 4) NH3; 5) CH4; 6) SO3
A) 1,4,5 B) 2,6 C) 3 D) 2
Do'stlaringiz bilan baham: |