MAKKAJO’XORI
Makkajo’xori - g’alladoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1-3 metrlarga boradigan bo’g’im poyali bir yillik o’t o’simlik. Barglari uzun chiziqsimon, lansetsimon bo’lib, qini yordamida poya bo’g’imlariga ketma-ket o’rnashgan. Gullari mayda, bir jinsli, otaliq gullari ikkitadan, ba'zan 1-3 tadan boshoqqa; to’planadi. Onalik gullari ustunchasi juda uzun, ingichka, sertukli. Mevasi-donlardan iborat. Makkajo’xori yovvoyi holda uchraydi, u Meksikada madaniylashtirilgan. Qadim zamonlarda Mar- kaziy hamda Janubiy Amerikadagi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblangan. Kolumbning Amerikaga qilgan safaridan so’ng Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab u Yevropada antiqa bog’ o’simligi sifatida o’stirilgan bo’lsa, keyinchalik oziq-ovqat mahsuloti, undan keyinroq yem-xashak sifatida ko’plab ekiladigan bo’lgan. Makkajo’xori XVI asrda Osiyo va Afrika qigasining ba'zi mamlakatlariga keltirib ekila boshlanadi.
Makkajo’xori doni va uni tuyib qilingan mahsulotlar organizmda mavjud bo’lgan hayotiy biokimyoviy jarayonlar uchun foydali hisoblanadi. Doni tarkibidagi shifobaxsh moddalar - aminokislotalar hosil bo’lishida, yog’ moddalari tarkib topishi va parchalanishida xolesterin, buyrak usti gormonlarining faol ishlashida xizmat qiladi. Asab qo’zg’alishini uzatadigan atsetilxolin hosil bo’lishida ishtirok etadi. Donlari tarkibidagi moddgg‘ar to’qimalarning nafas olishi, o’sishi va qayta tiklanishida, hamda qonda gemoglabin hosil bo’lishida qatnashadi, ko’rish qobiliyati yaxshilanishiga ijobiy ta'sir etadi. Makkajo’xorining onalik gul ustunchalari (popuklari) o’z tarkibida sistosterol, sigmasterol, yog’, efir moyi, pantoten kislotasi, qatronsimon moddalar, glikozid, saponinlar, inozit, kriptoksantin, vitamin C, K3 kabi moddalarni saqlaydi. Popugi asosida tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda jigar kasalliklarida, jumladan xoletsistit, xolongit, gepatit, o’t ajralishi sustlashgan hollarda, o’t va buyrak-tosh kasalligida, qovukda tosh bo’lganida, shuningdek istisqo kasalligida, siydik haydovchi, qon to’xtatuvchi omil sifatida sanab o’tilgai kasalliklarni davolash uchun makkajo’xori popugidan quyidagicha qaynatma tayyorlanadi: 2-4 osh qoshiq mikdoridagi maydalangan popuk ustiga 1,5 stakan suv solinib 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Sharbatdan 1-3 osh qoshiqda har 3-4 soatda ichib turiladi. Keyingi vaqtlarda makkajo’xori yog’ining shifobaxsh xususiyati aniqlandi. Bu yog’ organizmdagi xolestirin moldasini kamaytiradi. Shu tufayli ateroskleroz bilan og’rigan kishilarga 20-25 gramm mikdorida bir necha oy davomida iste'mol qilishlari tavsiya etiladi.
Rufina AGZAMOVA,
Toshkent shaqri Mirzo Ulug’bek tumanidagi
120-maktabning biologiya fani o’qituvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |