Suvning ifloslanish turlari
Suvning ifloslanishi 2 turga bo’linadi.Ular quyidagilar:
1.Tabiiy ifloslanish;
2. Sun’iy ifloslanish;
Tabiiy ifloslanishga kosmik changlar, shamol, dovul, quyun, yog’in va sel, vulqonlarning otilishi, o’simlik va hayvonlarning o’lishi va chirishi va aeroplanktonlar bilan ifloslanishlar kiradi. Sun’iy ifloslanish ham 3 turga bo’linad Ular quyidagilar;
LMineral ifloslanish;
2.0rganik ifoslanish; 3.Radioaktiv ifloslanish;
Tabiiy suvlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi
Odatda zavod va fabrikalar hamda dalalardan oqib tushadigan suvlar tarkibida zararli kimyoviy moddalar bo'ladi. Qonun va nazorat idoralari fabrika va zavodlardan oqova suvlarni tozalab borishni talab qiladi. Buning uchun maxsus tozalash inshootlari o'rnatilgan bo'lishi kerak. Biroq hatto tozalangan oqova suvlar ma'lum miqdorda ifloslangan bo'ladi. Laboratoriyalar doim ifloslantiruvchi moddalar bor yoki yo'qligini tekshirib boradi.Aksariyat hollarda ifloslanish ko'zga ko'rin maydi, chunki ifloslantiruvchi moddalar suvda erigan holda bo'ladi. Suvda zaharli og'ir metall konsentratsiyasi (kadmiy, simob, qo'rg'oshin, xrom) oshgani, dalalardan yuvib tushirilgan pestitsidlar, nitratlar va fosfatlar, neft mahsulotlari, ustki faol moddalar, dori vositalari va gormonlar aniqlangan bo'lishi mumkin. Har yili daryo va okeanlarga 12 million tonnagacha neft oqib tushadi.
Yig'ilib borilayotgan ifloslanish hajmini tasavvur ham qilib bo'lmaydi! Neft suv sathini yupqa neft plyonkasi bilan juda tez qoplaydi. Bu qatlam havo va yorug'likni o'tishiga to'sqinlik qiladi. Suvga 1tonna neft tushgani dan so'ng 10 daqiqa o'tib, neft "dog'i" hosil bo'ladi. Uning qalinligi 10 mil limetrni tashkil qiladi. Vaqt o'tishi bilan plyon ka qalinligi kamayib boradi (1 millimetrdan kamroqgacha), dog' esa kengayaveradi. Bir tonna neft 12 kvadrat kilometrgacha maydonni qoplay oladi.
Keyingi o'zgarishlar shamol, to'lqin va ob-havo ta'sirida yuz beradi. Odatda dog' shamol kuchi bilan yo'nalishini o'zgartiradi va sekin-sekin kichikroq dog'larga bo'linib boraveradi. Dovul va po'rtanalar plyon ka erish j arayonini tezlashtiradi.
Neft oqib ketgan paytlarda baliqlar, sudraluvchilar, hayvon va o'simliklar birdaniga katta miqdorda nobud bo'lmaydi. Biroq o'rta va uzoq istiqbolda neft quyilishi ta'siri juda og'ir. U qirg'oq bo'yi hududlarda, suv tubi va sathida yashaydigan organizmlarga ayniqsa qattiq ta'sir qiladi. -
Neftni yig'ishda maxsus uchlik (nasadka) kiygizilgan so'rib olgichlardan foydalaniladi. Ular suv sathidan neftni yig'ib olish imkonini beradi. Egiluvchan suzuvchi yenglari esa neftni qaytaradi.
So'rib olgichlar yordamida neftni yig'ish bilan bog'liq muammo shundaki, neft juda yupqa plyon kani hosil qiladi. Uni katta miqdorda suvsiz yig'ib olishni imkoni yo'q. Neft yig'ishni qo'shimcha ravishda murakkablashtirdigan jihat - bu so'rib olgich va yenglar hosil qiladigan tebranishlar (vibratsiya).
Neft oqqan joyda uni yoqish ikkilamchi ifloslanishga olib keladi va zarar yetkazilgan hudud ekologiyasiga salbiy ta'sir qiladi.
Shuning uchun bunday usuldan qo'llanilishi oqlangan holatlardagina foydalanish lozim.
Neftni yoqish muammosi shundaki, yengil fraksiyalar yonib bo'lgach, dog' yonishi ham to'xtaydi, bunda neftning og'ir komponentlari tegilmay qolaveradi.
Qushlar patlarini tumshug'i bilan tozalaganida neftni yutadi, uni ichadi va ifloslangan yegulikni iste'mol qiladi. Okean kengliklarida yashaydigan bu jonzotlar to'kilgan neft mahsulotlari bilan nafas oladi. Neftni yutish bevosita qushlar o'limiga kamdan kam sabab bo'ladi.
Neft to'kilishlari dengiz sutemizuvchilari o'limiga olib keladi. Dengiz qunduzlari, qutb ayiqlari, tyulenlar, yangi tug'ilgan
dengiz mushuklari (mo'ynasi bilan ajralib turadigan) ko'p hollarda halok bo'ladi. Neftdan ifloslangan mo'yna chigallashib boradi hamda issiqlik va suvni ushlab qolish qobiliyatini yo'qotadi. Neft tyulen va kitsimonlarning yog' qatlamiga ta'sir qilib, issiqlik
sarflanishini kuchaytiradi. Bundan tashqari, neft teri, ko'zni qizartirib, suzish qobiliyatiga to'sqinlik qiladi.
Bakterial ifloslanish ham bo'lishi mumkin. Suvga turli kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriyalar, viruslar tushishi mumkin. Xavfli yuqu mli kasalliklardan aziyat chekmaslik uchun biz sanitariya va gigiyenaning bir necha muhim qoidalariga amal qilishimiz kerak:
- daryo va suv havzalaridan ancha uzoqda joylashgan faqat maxsus jihozlangan hojatxonalardan foydalanish;
- hojatxonadan keyin va ovqatlanishdan oldin doim qo'lni sovunlab yuvish;
- faqat yaqinda qaynab chiqqan suvni iste'mol qilish;
- pishirilmagan meva va sabzavotlarni qaynatilgan suv bilan chayish.
Ijloslanish mexanik ham bo'ladi. Agar suvga qum, loyqa, shlam (tog' jinslarini maydalaganda, burg'ilashda hosil bo'ladigan kukunsimon mahsulot) va boshqa moddalar tushsa, undagi zarrachalar - vzveslar (qattiq jism zarralari muallaq yurgan suyuqliq yoki gaz) ko'payadi. Bu suv sifati yomonlashishiga olib keladi.
Issiqlikdan ijloslanish turi ham kuzatiladi. Bu oqova suvlar harorati daryo va suv havzasidagi suv haroratidan yuqori bo'lganda sodir bo'ladi. Agar oqova suvlar juda iliq bo'lsa, ular baliqlar va suv o'simliklariga qattiq ta'sir qiladi, hattoki ularning o'limiga ham olib kelishi mumkin. Ko'l harorati issiq suv tash lamalaridan ko'tarilganida u suv o'tlari bilan qoplanishi yoki vaqt o'tib botqoq likka aylanishi mumkin.
Ayniqsa suvning radiofaol ijloslanishi xavfli. U radiofaol moddalarning juda kichik konsentratsiyalarida ham inson va hayvonlar hayoti uchun juda xavfli.
Do'stlaringiz bilan baham: |