Atmosferaga texnologik manbalardan chiqariladigan ifloslovchi
moddalar.
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin taxdidlarni ko„rib chiqar ekanmiz
ekologik xavfsizlik va atrof muxitni muxofaza qilish muammosi alohida e‟tiborga
molikdir. Ochiq e‟tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski mamuriybuyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug„ullanilmagan.
Aniqrog„i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai - o„z
mamlakatlarning kelajagiga tabiiy boyliklari saqlanib qolishga befarq qaramagan,
bu xaqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa “qalb nidosi” bo„lib kelgan.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan
edi. Tabiiyki bunday sharoitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishni
tartibga soladigan tabiatning atrof-muxitning, ximoya qilinishini kafolalaydigan
biron-bir me‟yorlar va qoidalarga rioya qilish xaqida gap ham bo„lishi mumkin
emas edi.. Tabiatni muxofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag„
ajratilardi. Bu mablag„ tabiatga etkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham
qoplamas edi. O„rmonlar o„ylamay- netmay vahshiylarcha kesib tashlanar,
yoqilgan va mineral xom-ashyo zaxiralari real extiyoj bilan taqqoslanmagan holda
juda ko„p miqdorda qazib olinganidan ko„pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar
sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muxofaza qiluvchi eng oddiy tozalash
inshoatlariga ega bo„lmagan baxaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi.
Natijada barcha zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv
havzalarini, er maydonlarini ifloslantiradigan bo„ldi. O„z ko„lami jixatidan beqiyos
darajada katta gidroenergetika loixalarini ro„yobga chiqarish, transport
komunikatsiyalarini (BAM, Turksib kabi temir yo„llarni, avtomobil, neft-gaz
magistirlarini va irigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni
qashshoqlashtirdi. Butun boshli aholi punktlarining yo„q bo„lib ketishiga ekologik
muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga olib
keldi.
Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, shuningdek, mamlakatimiz
aholisi ham juda katta ekologik havfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo„l
qovushtirib o„tirish o„z- o„zini o„limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski,
hali ko„plab ushbu muammoga beparvolik va masulyatsizlik bilan munosabatda
bo„lmoqdalar.
Ekologik havfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan
chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson
o„zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo„ladi. Bu qonuniyatlarni
buzish o„nglab bo„lmas ekologik halokatlarga olib keladi.
Ekologik havfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi,
juda zarurligi eng muxim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy
tarizda hal etilsa, ko„p jixatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va
sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bog„liq
tarmoqlarini ekologik jixatdan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni
ta‟minlash imkoniga ega bo„ladi. Ma‟lumki, tabiatning holati birdaniga va darxol
yomonlashib qolmaydi. Boshqacha aytganda, ekologik vaziyat asta - sekin
yomonlasha boradi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g„oyat havfli zonalaridan
biri vujudga kelganligi alam bilan ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi
shundaki, u birnecha o„n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish
natijasidagina ema, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli bir soxalari
ekologik hatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo„pol va
takabburlarcha munosabatda bo„lish yo„l qo„yib bo„lmaydi. Biz bu borada achchiq
tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. Inson - tabiatning
xo„jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da‟vo, ayniqsa, Markavziy Osiyo
mintaqasida ko„plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun
fojeaga ayland.
Do'stlaringiz bilan baham: |