Atmosfera havosi ifloslanishining ekologik oqibatlari


Bioxilma-xillikning ahamiyati nima?



Download 105,08 Kb.
bet20/21
Sana24.06.2022
Hajmi105,08 Kb.
#698317
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O\'rmonning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.

Bioxilma-xillikning ahamiyati nima?
Bioxilmaxillik – odamlar hayoti uchun muhim resurslar manbai. Bioxilmaxillikning yovvoyi va xonaki (madaniylashtirilgan) komponentlaridan biz oziq-ovqat, kiyim-kechak, ovqat pishirish va uy qurish, mebel yasash uchun yogʻoch, tibbiyot, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun materiallar olamiz.
Bioxilmaxillikdan olinadigan foydani ikki qismga ajratish mumkin.
Biologik xizmatlar: Oʻzbekiston asosan qishloq xoʻjalik mamlakati. Ammo qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish toʻlaligicha tabiat sifatiga bogʻliq. Bioxilma-xillik maqbul sifatni quvvatlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Biologik turlar rang-barangligi qancha kam boʻlsa, ular shuncha kam xizmatlar koʻrsatadi va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi hamda qishloqlardagi hayot uchun tabiiy resurslar sifati shuncha past boʻladi.
Mahsulotlardan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish: Mamlakatimizda Bioxilma-xillik mahsulotlaridan foydalanish yonilgʻi sifatida ishlatish uchun yogʻoch yigʻish, ovchilik, oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan oʻsimliklarni, dorivor giyohlarni terish va hokazolar orqali amalga oshiriladi. Bioxilma-xillik mahsulotlaridan foydalanish koʻpincha nooqilona amalga oshiriladi. Yaʼni, tabiat tiklashga qodir boʻlgan darajadan koʻproq yigʻiladi.
Yurtimizda ham yildan-yilga bioxilma-xillik yoʻqolib bormoqda. Buning asosiy sababi bioxilma-xillik mavjud tabiiy joylar asosan qishloq xoʻjaligining kengayishi hisobiga buzilib ketyapti.
Bunday muammolarning oldini olish, aholining ekologik madaniyatini yana-da yuksaltirish, yoshlarda tabiatga ehtirom tuygʻusini kuchaytirish, biologik xilma-xillikni asrashga yoʻnaltirilgan loyihalarda jamoatchilikning faolligini yana-da oshirish dolzarb vazifadir.
Ilgari ekotizimlar muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga evolyutsion tarzda moslasha olgan, lekin bugungi kundagi o‘zgarishlar tarixiy davrlarda aks etmagan darajada sodir bo‘lmoqda. Iqlim o‘zgarishlari qanchalik jadallashib ketsa, shunchalik insoniyat va ekotizimlarga kuchli ta’sir qiladi. Issiqxona gazlarini kamaytirish, ekotizimlarga atrof-muhit o‘zgarishiga moslashish imkoniyatini berish kerak. Biologik xilma-xillik va iqlim o‘zgarishining o‘zaro bog‘liqligi ikki tomonlama xarakterlanadi: iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka xavf soladi, biologik xilma-xillik esa iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytiradi. Iqlim o‘zgarishi yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lsa-da, uning oqibatlari ko‘lami, xavflilik darajasi va moslashish imkoniyatlari haqida yetarlicha bilimlar to‘plangan. Bu esa mavjud atrof-muhit holatini yaxshilash uchun kechikmasdan ishga kirishishni taqozo etadi. Bugungi kunda ekotizimlarga antropogen bosim natijasida bir qator mamlakatlarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish qiyinlashayotganligini tushuntirish. Iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka ta’sir o‘tkazmoqda va shu kabi ta’sirlar davom etayotganligi haqida aniq dalillar keltirish. Biologik xilma-xillikka iqlim o‘zgarishining ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yashash va o‘sish arealining o‘zgarishi, turlar yo‘qolishining jadallashuvi, ko‘payish va tarqalish qonuniyatlarining o‘zgarishi, o‘simliklar vegetativ davrining o‘zgarishi va h.k.
 Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida zaif ekanligini ko‘rsatish. Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlarga tayanib, iqlim o‘zgarishining ta’siriga uchrayotgan ekotizimlardan misollar keltirishlarini Talabalar tavsiya qilish. Darsni 5-6 kishidan iborat guruhlarda bo‘lib o‘tkazish hamda har bir guruhga jadvaldagi misollarning birini tanlatib, uni tahlil ettirish. Keyin guruhlar o‘z ishlarining taqdimotini o‘tkazish. Faoliyatni 20 daqiqaga mo‘ljallash.

Xalqaro xilma-xillikning moslashuv muammolari


Iqlim oʻzgarishi — XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yoʻlida tabiatga nisbatan xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab boʻlmoqda. Iqlim isishi natijasida qor qoplami qisqarmoqda, bugʻlanish kuchaymoqda. Qurgʻoqchilikning tez-tez takrorlanishi va jadalligining kuchayishi qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi barqarorligini buzishi va oziq-ovqat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin.
Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkita asosiy yoʻnalishi belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi.
Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻsib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida 2015-yil 12-dekabrda Parij Bitimi qabul qilingan. Ushbu hujjat 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirgan. Bitimning maqsadi BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiyani amalga oshirilishini faollashtirish, global oʻrtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750-y.) boʻlgan darajaga nisbatan 2 S ga saqlab turish hamda haroratning Selsiy boʻyicha 1,5 darajagacha oʻsishini cheklashga harakat qilishdan iborat. Bu 2050-yilga kelib issiqxona gazlari global ajratmalarini 40-70 foizga kamaytirishni va 2100-yilga kelib uning 0 yoki manfiy koʻrsatkichga yetkazishni talab etadi.
Taʼkidlash joiz, 2017-yil 19-aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Oʻzbekiston Parij Bitimini imzoladi. Mazkur bitim 2018-yil 3-oktyabr kuni ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash chora va harakatlarni kuchaytirishni – 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan (yalpi ichki mahsulotga) yalpi ichki mahsulot birligiga 10 foizga qisqartirishni moʻljallamoqda.
Kelgusi 20-30 yil ichida iqlim oʻzgarishi insoniyatga beshta asosiy xavotirni alohida urgʻulaydi.
Bular sirasiga Arktika dengizidagi muzliklar va marjon riflari kabi unikal tizimlarga boʻlgan tahdidlar kiradi. Haroratning 2 gradusga koʻtarilishi bilan tahdid “oʻta yuqori” boʻlishi mumkin. Dengizlar va daryolarga boʻlgan taʼsiri. Unga koʻra, ummon suvi tarkibidagi kislota oshadi va undagi marjon va jonzotlarga xavf soladi.Harorat oshishi bilan quruqlikdagi hayvonlar, oʻsimliklar va boshqa jonzotlar balandliklar va qutblar sari harakat qila boshlaydilar. Insonlarga taʼsir haqida gap ketar ekan, oziq-ovqat taqchilligi eng katta xavotir uygʻotadi. Makkajoʻxori, guruch va bugʻdoy 2050-yilga borib 25 foizga kamayishi bashorat qilinadi.
2050-yilga borib aholi soni 9 milliardga yetishi va shaharlar kengayib borishi kutilar ekan, oziq-ovqat yetishmovchiligi yana-da yomonlashadi. Tropik hududlar va Antarktikaning baʼzi qismlarida baliqchilar oʻljasi 50 foizga kamayishi mumkin.
Yer sayyorasida umumiy haroratning koʻtarilishi atrof muhitning, ayniqsa atmosfera havosining zararlanganligini koʻrsatuvchi asosiy koʻrsatkichlardan biridir. Atmosfera havosi tarkibida qator zararli moddalar miqdorining koʻpayishi nafaqat haroratning, balki sayyoramizning barcha mintaqalarining iqlimi oʻzgarishiga olib kelmoqda.
Iqlimshunoslarning maʼlumotlariga koʻra, iqlim oʻzgarishining asosiy sababi yer yuzasidan chiqadigan uzun toʻlqinli radiatsiyani yutib atmosferada issiqxona effekti hosil qilayotgan gazlardir. Shu toifaga kiruvchi gazlar “Issiqxona gazlari” deb ataladi. Bu jarayonning mohiyati quyidagicha: quyoshdan keladigan radiatsiyaning bir qismi (30 foiz) atmosfera tufayli bulutlar orqali kosmosga qaytadi. 15 foiz atrofidagisi esa, atmosfera qatlamlarida yutiladi, qolgan energiya atmosferadan oʻtib yer yuzasiga yetib keladi va uni isitadi.
Yer oʻz navbatida atmosfera orqali uzun toʻlqinli infraqizil nurlarni koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish oʻrniga issiqxona gazlari tomonidan yutiladi va shu asosda atmosfera meʼyoridan ortiq qiziydi va nihoyat yer iqlimiga taʼsir koʻrsatadigan issiqxona qatlami hosil boʻladi. Issiqxona paydo qiladigan gazlarning atmosferada ortishi esa, yuqorida qayd qilinganidek, insonlarning faoliyati bilan bogʻliq.
Shu bilan birgalikda, atmosfera havosiga chiqarilayotgan issiqxona gazlari global isishga sababchi boʻlib iqlim oʻzgarishlarini keltirib chiqarmoqda. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan mutaxassislar tomonidan bekorga bong urilmayapti. Dunyo miqyosida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalar miqdori shu surʼatlarda ketsa, global isish va iqlim oʻzgarishlari natijasi bashorat qilib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.
Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkita asosiy yoʻnalishi belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi.
Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻsib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida Parij Bitimi qabul qilindi. Yangi kelishuvning asosiy qirralaridan biri rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar ham tashlanmalar miqdorini kamaytirish majburiyatini olishi belgilab qoʻyilgan.
Kelishuvning asosiy maqsadi issiqxona gazlari tashlanmalarini sezilarli darajada kamaytirib, sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi oʻrtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turishga erishishdan iborat. Mutaxassislarning fikrlariga koʻra, agar bu amalga oshirilmasa, sayyoramiz yildan yilga koʻproq keskin iqlim oʻzgarishlariga duchor boʻladi. Hisob-kitoblariga koʻra, 2030-yilga kelib atmosferaga chiqarilayotgan tashlanmalarning umumiy miqdori 55 gigatonnani tashkil etishi ehtimoli bor. Haroratni Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turish uchun umumiy tashlanmalar miqdori 40 gigatonnadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Taʼkidlash joiz, Parij Bitimi 2015-yil 12-dekabrda Parijda Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiya tomonlari konferensiyasining 21-sessiyasida qabul qilingan. 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirgan va 2020-yildan boshlab amalga oshirilmoqda. Bitim turli milliy sharoitlar nuqtayi nazaridan adolatlilik prinsiplarini hamda umumiy, lekin tegishli imkoniyatlarni eʼtiborga olib alohida javobgarlikni aks ettiradi.


Download 105,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish