Jahon avtomobil parki sonining o’sishi
Ko’pchilik mamlakatlarda, ayniqsa, AQSH da atmosfera havosi ifloslanishida transportning hissasi 60 % ni tashkil etadi. Sanoatlashgan ba’zi katta shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishida avtomobillar hissasi 90 % ga yetdi.
Jahonning yirik shaharlarida atmosfera ifloslanishida avtomobil transportining salmog’i (% hisobida)
2004 yil yakunlariga kura O’zbekistonda atmosferaga chiqarilgan jami zararli chiqindilarning 68 % i avtotransport hissasiga tug’ri kelgan. Ayrim shaharlarda (Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro) bu ko’rsatkich 80 % dan yuqori.
Atmosfera havosining ifloslanishida dunyo sanoat tarmoqlarining ham ulushi katta. CHunki, sanoat korxonalarida, ayniqsa, IESlarda foydalaniladigan yoqilg’i to’la yonib tugamaydi, natijada atrofda ko’plab gazlar, chang, qurum, qattiq zarrachalar va radioaktiv moddalar chiqaradi. Hozir dunyo bo’yicha, jumladan, O’zbekistonda ham energiyaning asosiy qismini (87 %) IESlari yetkazib bermoqda. SHuning uchun sanoatdan atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 30% IESlar hissasiga to’g’ri keladi. Bugungi kunda “O’zbekenergiya” DAK qarashli korxonalar atmosferaga 255,5 ming t zararli chiqindilar chiqarganlar, shuning 149,9 ming t. (59 %) oltingugurt dioksidi. 1 kVtG’soat elektr energiya ishlab chiqarish uchun 6 tonna zararli chiqindilar chiqarib tashlanadi.
Atmosferaning ifloslanishida tog’-kon sanoatining ishtiroki ham sezilarli. Qora va rangli metallurgiya korxonalari asosan Toshkent va Navoiy viloyatlarida joylashgan. Ushbu tarmoq korxonalaridan atmosferaga jami chiqindilar miqdori 123,6 ming tonnani, shundan 95 ming tonnasi yoki 77 % i oltingugurt dioksidi tashkil etadi. Bunday korxonalardan ushbu tarmoqqa xos bo’lgan maxsus zararli moddalardan og’ir metallar aerozollari, sulfat kislotasi, tsionid va ftoridlar atmosferani ifloslamoqda.
SHuningdek, atmosfera havosini ifloslashda qurilish sanoati va tsement ishlab chiqarish tarmog’ining hissasi ham kam emas. Ularning faoliyati tufayli Ohangaron, Bekobod, Qarshi, Navoiy, Nukus shaharlari havosini chang va uglerod oksidi kabi chiqindilar bilan ifloslanmoqda. Ushbu tarmoq korxonalari bir yilda 27,6 ming tonna atmosferani ifloslovchi zararli moddalar chiqarmoqda. Bundan tashqari kimyo kompleksi ham atmosferani ifloslovchi jami zararli moddalarning 3 %idan ko’prog’ini chiqarib tashlamoqda.
Yer yuzida aholi zich yashaydigan hududlar va shaharlar atmosferasining ifloslanishida bu hududda yashovchilarning hissasi katta. Bir kishi bir sutkada 10 m3 ishlangan va tarkibida 4 % SO2 bo’lgan havoni atmosferaga chiqaradi. Demak, Yer yuzida 6 mlrd kishi har sutkada atmosferaga 60 mlrd m3 ishlangan iflos va tarkibida 4 % SO2 bo’lgan havoni atmosferaga chiqaradi.
Atmosfera havosining ifloslanishi va tarkibidagi karbonad angidrid miqdorining ortib, kislorod miqdorining kamayishi hozirgi kunda insoniyat oldiga ushbu muammolarni hal etishni birlamchi vazifa qilib qo’ymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |