1991-2004 yillarda atmosferani ifloslovchi moddalar salmog’ining o’zgarishi
Manba: Natsionalniy doklad o sostoyaniy okrujayuhey prirodnoy sredo’ i ispolzovanii prirodno’x resursov v Respublike Uzbekistan.
Dunyo avtomobil parki soni ortib borishi natijasida, atmosfera ifloslanishida transport vositalarining salmog’i ortib bormoqda. CHunki avtomashina, samolyot, teplovoz, qishloq xo’jalik mashinalari juda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosferaga (tarkibida 200 ga yaqin zaharli moddalar uchraydigan) har xil gazlarni (uglerod oksidi – 260 mln.t, uchuvchi uglevodorodlar – 40 mln.t, azot oksidi – 20 mln.t) qo’rg’oshinning zaharli birikmalarini chiqarib, uni ifloslaydi. Hozir yer sharida 500 mln. dan ortiq avtomobil atmosferaga yiliga 350 mln.t. dan ortiq har xil chiqindilar chiqarib, uni ifloslamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |