jadid schools
|
джадидские школы
|
jadid maktablari
|
– jadidchilik namoyondalarining xalq maorifi va ma’rifatini yuksaltirishni ko’zlab, eskicha ta’lim uslublaridan voz kechib, zamonaviy andozada tashkil etgan maktablari. Birinchi jadid maktabiga Ismoil Gaspirali (1851-1914) 1884-yil Qrimdagi Bog’chasaroy shahrida asos solgan edi. O’zi dastur tuzib, darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o’quvchining savodini chiqardi va bu maktab musulmon o’lkalarida tez shuhrat qozondi.
|
jadidism
|
жадидизм
|
jadidchilik
|
(arabcha “jadid” – yangi) – yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asrning birinchi choragida turkiy musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-Bulg’or va Janubiy Ural havzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muxitida vujudga kelgan. U o’sha davrdan Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining mafkurasi – Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi vazifasini bajardi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |