MAKTAB TA`LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANNINI O’QITISHDA YANGI INNOVATSION ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Abdurazzoqov Islom Rustamovich
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika
Universiteti Termiz filiali 1-kurs talabasi
Tel: +99899 427-77-45 +99891 586-19-94
abdurazzoqov2017@mail.ru
Anotatsiya: Ta`lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Kalit so`zlar: Matematika, Ta`lim
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganidek “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman degan so`zlaridan ham bunga yana bir karra misoldir. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Maktab ta’limining bugungi vazifasi, o‘qituvchilarning yangi innovatsion axborot texnologiyalari orqali dars davoida samarali foydalanib o`quvchilarga ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi.
Shuning uchun ham dars davomida o`qituvchi o`quvchilarning matematika fanini tushunarli aniq qilib o`rganib borishida ham, darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘rgatish maqsadga muoviqdir.
Maktab ta`lim tizimida ham matematika fanlarini o’qitishda yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanishni tashkil etish o`quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishga juda katta yordam beradi.
Kompyuter texnikalarini maktab ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda maktab ta`lim tizimida matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan va yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar turdagi yangidan yangi o`quvchilarning matematika fanini mustaqil o`z ustida ishlashlari uchun yordam beradigan zamonaviy innovatsion dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar va video darslar orqali o`quvchilar dars davomida o`rgatilgan mavzularni yanada mustahkamlab olishiga juda katta yordam beradi.
Hozirgi kunda maktab ta`lim jarayonida yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va uni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqishga bo`lgan e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ananaviy ta`limda maktab o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarida ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi.
Yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarida o’quvchilarni bilimli, yetuk va fanlarni chuqur o`zlashtirishlarini ta`minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Axborot texnologiyalari (M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M. Mamarajabov) Toshkent-2009
2. Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari-yangi imkoniyatlar (Gulnoz Hamrayeva) 2015 gogle.com, uz.infokom.uz, ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |