empire
|
империя
|
imperiya
|
– qadimdava o’rta asrlarda, shuningdek, XX asr boshlarigacha monarxiya davlatlarining nomi. Imperiyaning boshlig’i imperator hisoblanadi. Tarixda Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) davlati (mil. avv. 334-323), Rim davlati (mil. avv. 14-milodiy – 476-yillar), Vizantiya (395-1453), Franklar davlati (800-843), German davlatlarining “Muqaddas Rim imperiyasi” (962-1806), Usmoniylar davlati (1299-1923) va Yevropaning qator katta-kichik davlatlari iperiya deb yuritilgan. Rossiyada imperiya Pyotr I davridan (1721-yildan) to monarxiya qulagunigacha (1917-yil oktabr) mavjud bo’lgan. Imperiya davlati ko’pincha mustamlaka qilingan hududlardan tashkil topadi va yangi yerlarni bosib olish hisobiga kengayib boradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |