14-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA AFRIKA MAMLAKATLARI
Afrika qit’asini keng ma’noda ikkita mintaqaga bo‘lish mumkin: Shimoliy va Tropik Afrika. Afrika qit’asining shimoliy qismi arabislom sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. Bu hudud doim Yaqin Sharqq a intilib yashaydi va shu bilan Afrikaning qolgan qismidan farq qiladi. Shimoliy Afrikada Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Liviya joylashgan.
Misr. 1922-yili Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilin gan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kiritildi.
Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birin chi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Jahon urushlari oralig‘ida Jazoirda – Farhod Abbos, Tunisda – Habib Burg‘iba, Marokashda – Abdul Karim boshchili gida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi arab xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-quvvatladi, fran suz armiyasi safiga kirdi. 1940-yili Fransiya mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
Liviya. Birinchi ja hon urushi dan keyin Ita liya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadl ari Italiya qo‘shin lariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qars hil ik harakati bosti rilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Li viya Italiyaning mus tamlakasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari Italiya Liviyaning qulay strategik joylashu vidan foydalandi: portlar, aerodromlar, yo‘llar qu ril di. Mamlakat hudu di urush harakatlari may doniga aylandi.
Tropik Afrika. Yaqingacha ko‘p chilik yevropaliklar Afrika tarixini nazar-pisand qilmasdan, bu tarix umuman bo‘lmagan deb hisoblardi. XX asr ning boshla rigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazarid a faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi. 1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan «Qullik haqida» konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qismida joylashgan hududlar Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lib, uning mustamla kalarida Afrika umumiy aholi sining katta qismi istiqomat qilardi.
Fransiya Afrika qit’asining katta hududini egallab olgan bo‘lsada, Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Af ri kada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi.
Qolgan hududlarni Belgiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiya o‘zaro bo‘lishib olgandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |