– 1940-yillarda hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo‘ldi
1920 – 1940-yillarda hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo‘ldi. 1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi va Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Hindiston vitse-qiroli mamlakatni urush holatida deb e’lom qildi. Suverenitet – davlatning ichki ishlar va tashqi siyosatdagi to‘liq mustaqilligi.
Provinsiya– ba’zi davlatlarda ma’muriy birlik, viloyat.
Konservatizm – an’anaviy qadriyatlar, urf-odatlar, ijtimoiy va diniy tartiblar tarafdori bo‘lgan siyosiy oqim.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Birinchi jahon urushidan so‘ng Xitoyda boshlangan talabalar harakatining sabablari nimada edi va u qanday natijalarga olib keldi?
2. 1920-yillardagi «Buyuk milliy inqilob»ning xarakteri va o‘ziga xos jihatlarini ta’rifl ab bering.
3. Xitoyda fuqarolar urushining sabablari nimada edi? Nima uchun XX asrning birinchi yarmidagi Xitoy tarixi to‘xtovsiz urushlar davri deb ataladi?
4. Birinchi jahon urushidan so‘ng Hindistonda mustamlakachilikka qarshi kurashning yangi davri boshlanishiga nima sabab bo‘ldi?
5. Zo‘ravonliklarsiz mustaqillik uchun kurash va mustamlaka hukumati bilan hamkorlik qilmaslik harakati natijasida qanday natijalarga erishildi?
6. HMK Hindiston mustaqilligi uchun kurashda qanday yo‘nalishni egalladi?
13-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA TURKIYA VA ERON Turkiya. Usmoniylar imperiyasi Germaniya va uning ittifoqchilari safida turib Birinchi jahon urushida qatnashdi va mag‘lubiyatga uchradi. Imperiya hududi okkupatsiya qilindi. Antanta mamlakatlari Usmoniylar imperiyasiga qarashli yerlarni bo‘lib olish rejasini tuza boshladilar. Imperiyaning o‘z hududidan tashqaridagi barcha yerlari anneksiya qilindi va 1919-yili Parij konferensiyasi qaroriga ko‘ra Millatlar Ligasining mandati ostiga o‘tdi. G‘arb davlatlari Turkiyaning hududiga ko‘z tika boshladi. 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda tutildi. Ularning surbetlarcha harakati turk xalqi ning g‘azabini oshirdi. Mamlakatda qarshilik harakati boshlandi. Harakatga general Mustafo Kamol posho rahbarlik qildi.
G‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quvat langan Gretsiya armiyasi Turkiya hududiga ki ritildi. Shu tariqa Turkiya-Gretsiya uru shi boshlandi. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktabrga kelib M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.
1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hoki mi ya tini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi. 1923-yili Lozannada Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan M. Kamol hukumati imzolagan yakuniy shartn omaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi.
1923-yil 29-oktabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M. Kamol respublika prezidenti etib saylandi. Mamlakatda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar boshlandi.
Islohotlarning bosh maqsadi – mamlakatni modernizatsiya qilish deb e’lon qilindi. Bu Yevropa sivilizatsiyasining barcha taraqqiy parvar jihat larini qabul qilish va ularni Turkiya sharoitiga moslashtirishni anglatar edi. Islohotlarning birinchi tamoyili dunyoviylik, dinni davlatdan ajratish bo‘ldi. Arab alifbosidan voz kechib, lotin alifbosi joriy qilindi. Yevropacha nasab (familiya) kiritilib, Buyuk millat majlisi M. Kamolga rasman «Otaturk» (turklar otasi) degan nasabni berdi.
1920-yillari iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishini chet ellik mulkdorlardan sanoat korxonalari, infratuzilma obyektlari, temir yo‘llarni sotib olish, milliy sanoatni yaratish tashkil qildi.