Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
89
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
1894 yilda, katta siyosiy obro‘ e’tibor va iqtisodiy imkoniyatlar egasi bo‘lgan Louell, o‘z hayot tarzini
butunlay o‘zgartishga qaror qildi. U o‘z diqqatini to‘liq astronomiyaga qaratdi va Arizona shtatidagi Flagstaff
hududida o‘z
hisobidan rasadxona qurdirib, uni jihozladi. Louell rasadxonasiga o‘z davrining eng ilg‘or
astronomlari va yosh tadqiqotchilar jalb etildi. Rasadxonada Louell asosan Mars sayyorasini tadqiq qilish
bilan shug‘ullandi. Xususan uning Mars kanallarining kelib chiqishi va Marsda yuksak darajada taraqqiy etgan
ongli tamaddun mavjudligi haqidagi g‘oyalari XX asr boshida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
Persival Louell Marsni tekshirish ishlarini asosan teleskopik kuzatuv natijalarini oddiy qog‘ozga rasm sifatida
ishlash bilan olib borgan. Chunki bu vaqtda fototeleskoplar endi-endi paydo bo‘layotgan edi. Louell Marsga
oid 15000 dan ortiq rasmni o‘z qo‘llari bilan chizgani ma’lum. Uning Marsni o‘rganish
asnosida yozgan,
qo‘shni sayyora haqidagi 3 ta kitobi («Mars», «Mars va uning kanallari» hamda, «Mars va undagi
hayot»asarlari) o‘sha davrda minglab adadlarda nashr etilgan va eng xaridordir kitoblardan bo‘lgan. 1912
yildan boshlab esa, Louell,
Neptun
dan keyingi sayyorani qidirish ishlarini tashkillashga kirishgan va buning
uchun katta mablag‘ ajratgan. Uning ta’biridagi X-sayyorani, afsuski Louellning vafotdan 14 yil keyin, 1930
yilda, aynan Louell rasadxonasidan olib borilgan kuzatuvlar natijasida kashf qilishga muvaffaq bo‘lindi.
Persival Louell, o‘z g‘oyalariga nisbatan berilgan raddiyalarni juda og‘riqli qabul qilar edi.
Umrining
so‘nggi yillarida u yurak qon-tomir xastaliklarini orttirib oldi. I-jahon urishi boshlanganligi va unga
Louellning vatani ham kirganligi haqidagi xabar ayniqsa unga yomon ta’sir ko‘rsatdi. U og‘ir yurak xurujlarini
boshidan o‘tkazdi va 1916 yilning 12 noyabr kuni Flagstaffda insult natijasida vafot etdi.
Persival Louell sharafiga, Oy va Marsdagi kraterlarga uning nomi berilgan. Shuningdek, qidiruv ishlarini
aynan Louell moliyalashtirgan Pluton karlik sayyorasining ramziy belgilanishidagi
P
va L harflari,
aynan Louellning ismi sharifining bosh harflariga monand ravishda tanlangan.
Xristian Gyugens
Xristian Gyugens van Zeylihem (gollandcha: Christiaan Huygens) 1629
yilning 14 aprelida, Gaaga shahrida tug‘ilgan. Golland mexanigi, fizik, matematik,
optika ustasi, astronom va ixtirochisi. Gyugens Leyden universitetida matematika
bakalavri darajasiga erishgan.
Gyuygensning ishlari asosan optika, mexanika va astronomiya sohalarida
katta ahamiyat kasb etgan. Uning ilk ilmiy ishi – 1651 yilda nashr etilgan bo‘lib, u
giperbola, doira va ellipslarning kvadraturasini
aniqlash masalalariga
bag‘ishlangan edi. Xristian Gyugens mayatnikli soatlar ixtirochisi hisoblanib,
uning matematik mayatnik va uning asosida
ishlovchi soat mexanizmiga
bag‘ishlangan risolasi «Mayatnikli soatlar» 1673 yilda nashrdan chiqqan. Bu
kitobda shunchaki mayatnikli soatlarning yasalishi va ishlashi tamoyillari haqida
so‘z bormay, balki unda, mumtoz mexanikaga oid bir qancha muhim qonuniyatlar
ilk marta bayon qilingan asar hisoblanadi. Shuningdek Gyugens, cho‘ntak soatlarining ham ilk ixtirochisi va
patent egasi hisoblanadi.
Astronomiyada ham Gyugensning yutuqlari talaygina: U teleskoplarni yanada takomillashtirish
borasida
jiddiy ishlar olib borib, uning kattalashtirish ko‘rsatkichini 92 barobargacha yetkazgan. Gyugens,
o‘zi mukammallashtirgan teleskop orqali, astronomik kuzatuvlar olib bordi va ularning eng yorqin natijalari
sifatida, 1655 yilda
Saturn
halqalarining kashf etilishi va uning tabiiy yo‘ldoshi Titanning ochilshini e’tirof
etish kerak. U shuningdek
Mars
ning qutblaridagi muz qalpoqlarini (1672 yilda), hamda, Orion tumanligini
birinchi bo‘lib kashf qilgan olimdir. Gyugens Marsning o‘z o‘qi atrofida aylanishini
ham nisbatan yaxshi
aniqlikda hisoblay olgan. Xristian Gyugensning astronomik kuztuvlari va ularning natijalariga bag‘ishlangan,
risolasi – «Kosmik nazariya», 1698 yilda Gaagada lotin tilida nashr etilgan edi. U o‘z astronomik nazariyotiga
ko‘ra, boshqa sayyoralarda ham odamlar istiqomat qilishi mumkin deb baholagan. Umuman olganda mazkur
risola, Gyugensning shunchaki astronomik tadqiqotlari natijalaridan tashqari,
uning butun olam, tamaddun
haqidagi g‘oyalari, nazariyalarini o‘z ichiga olgan o‘ziga xos falsafiy-tahliliy ilmiy asar hisoblandi.
Xristian Gyugens 1695 yilning 8 iyul kuni Gaagada vafot etgan.
Gyugens ilm-fanning turli sohalarida o‘ta samarali ish olib borgan olim sifatida o‘zidan sharafli nom
qoldirgan. Hozirda, Oy va Marsdagi kraterlar, Oydagi tog‘ cho‘qqisi, (2801)Huygens asteroidi,
Titan tomon
uchirilgan kosmik zondlar Gyugens nomi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: