Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
87
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Edvin Oldrin
kichik Edvin «Bazz» Yujin Oldrin (inglizcha: Edwin Eugene Aldrin, Jr)
1930 yilning 20 yanvarida AQSHning Nyu-Jersi shtati, Glen-Ridj sharida
tug‘ilgan. AQSH aviatsiya muhandisi, NASA astronavti, AQSH harbiy havo
kuchlari iste’fodagi polkovnigi, Fan Doktori. Insoniyat tarixida ilk marotaba Oyga
parvoz qilgan «
Apollon-11
» fazo kemasi ekipaji a’zosi. «Apollon-11»ning Oy
moduli - «Burgut»ning uchuvchisi.
Oy
ga qo‘nishni amalga oshirgan ilk fazogir,
ekipaj komandiri
Nil Armstrong
dan keyin, Oyga qadam bosgan ikkinchi inson.
1946 yilda, Monkler sharidagi o‘rta maktabni tamomlagach, Vest-
Poyntdagi AQSH harbiy akademiyasiga o‘qishga kirgan. 1951 yilda mazkur
akademiyani muvaffaqiyatli tamomlab, harbiy texnika fanlari bakalavri diplomini
qo‘lga kiritgan. Shu yili AQSH harbiy havo kuchlariga xizmatga chaqirilib, 1953
yilda, Koreya urushiga safarbar etilgan. Koreys urushidan keyin, Edvin Oldrin, Alabamadagi Maksvell
aviatsiya universitetida ofitserlik maktabini o‘tadi va bir qator harbiy bilim yurtlarida, havo janglari bo‘yicha
dars berdi. Edvin Oldrin, 1963 yilga kelib, Massachusets texnologiya universitetida, orbitadagi kosmik
apparatlarning tutashtirilishini boshqarishga bag‘ishlangan mavzuda doktorlik dissertatsiyani yoqladi va Fan
Doktori unvoniga ega bo‘ldi.
1963 yilda Edvin Oldrin NASAga ishga kirdi va fazoga parvoz tartibida navbat bo‘yicha, uchinchi
guruh astronavtlar safiga qo‘shildi. Dastlabki vaqtlarda u «Jemini-5»ning parvozi vaqtida, aloqa operatori
bo‘lib ishladi. «Jemini-9» ekipajining fojiali halokatidan so‘ng, uning guruhi, «Jemini-9» uchun ikkinchi
(zahira guruhi) guruhga, navbatda tayyorlanayotgan «Jemini-12» uchun esa, asosiy ekipajga aylandi. Edvin
Oldrin, koinotga ilk parvozini aynan «Jemini-12»da, ikkinchi uchuvchi sifatida, 1966 yilning 11-15 noyabr
kunlari amalga oshirdi. 1967 yilda, Edvin Oldrinni,
«Apollon» dasturi
doirasida, Oyga parvoz uchun
mo‘ljallanayotgan uchuvchili fazo kemalari astronavtlari ro‘yxatiga kiritildi. U avval, «Apollon-8» uchun
zahira ekipaji tarkibida bo‘ldi. 1969 yil da, «
Apollon-11
» uchun asosiy ekipaj safida, uning Oy moduli
uchuvchisi sifatida Oyga parvoz qildi. Oyga uchish va Yerga qaytishdan iborat 8 kun 18 soat vaqt, hamda, Oy
sirtida o‘tkazilgan 2.5 soat muddatda, Oldrin ko‘plab aerokosmik tadqiqotlarni o‘tkazdi va fazo kemalarini
boshqarish bo‘yicha muhim tajribalarni qayd qilib bordi. Muvaffaqiyatli parvoz va Yerga qaytishdan so‘ng,
Prezident Ozodlik medali, Aviatsiya sanoati medali va boshqa nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi.
Edvin Oldrin 1971 yilda NASAdan ketishga qaror qildi, va uni Kaliforniyadagi sinovchi-uchuvchilar
harbiy maktabiga boshliq qilib tayinlashdi. 1972 yil mart oyida esa, Oldrin harbiy xizmatni butunlay tashlab,
iste’foga chiqishga qaror qildi. Unda parvoz tayyorgarligidagi yuklamalar va undan keyingi ruhiy holatlar
bilan bog‘liq zo‘riqishlar, asab tizimiga ta’sir ko‘rsata boshlagan edi. U xizmatdan bo‘shagach, o‘z biznesini
yo‘lga qo‘ydi va 1972 yildan boshlab,
Research and Engineering Consultants Inc
. Konsalting kompaniyasini
tashkil qildi. 1985 yildan e’tiboran, Edvin Oldrin, Shimoliy Dakota universitetidagi, aerokosmik fanlar
markazining faxriy professori etib saylandi. Astronavt-professor shuningdek,
Space Adventures
kompaniyasining direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi.
1986 yilda Bazz Oldrin,
Yer
va
Mars
orasida, tabiiy gravitatsiya kuchlariga asoslangan tarzda
harakatlanuvchi fazoviy mehmonxonalar qurish loyihasi bilan chiqish qilgan. Buning uchun u o‘z
muallifligidagi
Cycler
fazo kemalari loyihasini taklif etgan. Edvin Oldrin, 1988 yilda o‘z ismini rasman
«Bazz» bilan almashtirdi. «Bazz» – aslida uning taxallusi bo‘lib, oilada uning kichik yoshdagi singlisi, unga
aka (inglizcha «brother» so‘zini, «bruzz» va «buzz» tarzida talaffuz qilgan) deb murojaat qilishda, chuchuk
talaffuz qilganidan, shunday nom kelib chiqqan ekan.
2002 yildan e’tiboran, esa Edvin Oldrin, AQSHning keyingi yillar uchun kosmik taraqqiyot
yo‘nalishini belgilovchi doimiy hay’at a’zosi sifatida saylangan. Oldrin, bir qator mualliflik asarlarini chop
ettirgan, xususan uning «Oyda birinchi bo‘lib» (1970), «Yerga qaytish» (1973), «Yerdan kelgan odamlar»
(1989), «Qaytish» (2000) va «Oyga parvoz» (2005) kitoblari ilmiy-ommabop janri ixlosmandlari ichida juda
mashhur bo‘lgan edi.
Edvin Bazz Oldrin, 4 xil harbiy medallar, shuningdek NASAning turli xil 4 medallari, Kongress oltin
medali, hamda ko‘plab fuqarolik va xalqaro ordenlar bilan mukofotlangan. Uning sharafiga Oydagi krater va
asteroid, Oldrin nomi bilan ataladi. Oldringa oid yana bir qiziq fakt – uning onasining qizlik familiyasi – Moon
ya'ni, Oy bo‘lgan ekan...
Do'stlaringiz bilan baham: