Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
84
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
haqida, harbiy qo‘mondonlikka axborot berdi. Uning qo‘nish joyining o‘zidayoq, ko‘rsatgan jasorati uchun
dastlabki mukofot – «Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun» medali bilan taqdirlandi. Bu esa, Gagarindan
boshlab, keyingi barcha fazogirlarga, qo‘nish joyining o‘zida topshirish an’anasiga aylanib qoldi. Ikki kundan
keyin 14 apreldayoq, Yuriy Alekseevich Gagarin Sovet ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek unga, «Volga» avtomobili, 4-xonali kvartira, hamda 15 000 rubl pul mukofoti topshirildi. Gagarin
parvoz qilgan vaqtda harbiy unvoni katta leteynant bo‘lgan. Harbiy qo‘mondonlik, qo‘nish amalga oshgan
vaqtning o‘zidayoq unga birdaniga Mayor unvonini berdi. Ya’ni Gagarin, Leteynant bo‘lib uchib, Mayor
bo‘lib qo‘ngan. Yuriy Gagarin, jami bo‘lib 40 dan ortiq ichki va xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lid, ko‘plab
mamlakatlar va shaharlarning faxriy fuqarosi, akademiya va oliy o‘quv yurtlarining faxriy akademigi
unvonlari bilan taqdirlandi.
Gagarinning parvozdan keyingi hayotining dastlabki 3 yili asosan turli uchrashuvlar, va horijiy
davlatlarga xizmat safarlar bilan o‘tdi. 1961 yilning 1-sentyabrida Gagarin, Jukovskiy nomidagi harbiy-
uchuvchi-muhandislik akademiyasiga qabul qilindi. 1964 yildan boshlab esa u Fazogirlarni Tayyorlash
Markazi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Shu yilning o‘zida Gagarin, kosmonavtlar otryadi
komandiri etib tayinlandi. 1966 yilda Yiriy Gagarinni Xalqaro Astronavtika Akademiyasining faxriy a’zosi
etib saylashdi.
Yuriy Gagarin yangi turdagi fazo kemalari – «Soyuz»lar bilan ham yana koinotga parvoz qilishga
hozirlik ko‘ra boshladi. U shuningdek, yangi turkum qiruvchi samolyotlarining sinovchi-uchuvchisi sifatida,
ko‘plab tajriba-sinov ishlarida ishtirok etardi. Shunday sinash uchishlarining birida, 1968 yilning 27 mart kuni,
Vladimir viloyatining Kirjach tumani, Novoselyovo qishlog‘i yaqinida, Yiriy Alekseevich Gagarin, MiG-
15UTI samolyoti bilan aviahalokatga uchradi va fojiali ravishda vafot etdi.
Hozirda, tarixda birinchi fazogir tug‘ilib o‘sgan Gjat tumani va Gjatsk shahri Gagarin sharafiga, uning
nomi bilan ataladi. Dunyo bo‘yicha deyarli barcha shaharlarda, Gagarin ko‘chasi mavjud. Tarixdagi ilk
kosmik parvozdan keyingi qo‘nish amalga oshgan Smelovka qishlog‘iga maxsus me’moriy kompleks barpo
etilgan. Shuningdek, Yuriy Alekseevich Gagarin sharafiga, uning nomi Oydagi krater va asteroidlardan biriga
biriktirlgan.
Gagarin dastlabki kosmik parvozni amalga oshirgan 12-aprel sanasi, butun dunyoda «Kosmonavtika
kuni» sifatida keng nishonlanadi.
Uilyam Gershel
Frederik Uilyam Gershel (inglizcha: Frederick William Herschel) 1738
yilning 15 noyabrida Germaniyaning Gannover shahrida tug‘ilgan. Kelib
chiqishiga ko‘ra asli olmon bo‘lgan buyuk ingliz astronom olimi, fizik, shuningdek,
bastakor.
Uran
sayyorasini, uning
tabiiy yo‘ldoshlari
– Titaniya va Oberronni,
shuningdek,
Saturn
ning
ikkita yo‘ldoshi
– Mimas va Enseladni hamda, infraqizil
nurlanishlarni kashf etganligi bilan, hamda, unchalik mashhur bo‘lmagan 4 ta
simfoniya basatlaganligi bilan nom qozongan. Gershel shuningdek, Quyosh
tizimining Gerkules yulduz turkumi tomonga harakatlanishini aniqlagan. Bundan
tashqari, fanga «asteroid» atamasini ham aynan Uilyam Gershel kiritgan.
O‘qish uchun mablag‘i bo‘lmaganligi bois, nemis harbiy orkestriga
xizmatga kirishga majbur bo‘lgan. 1755 yilda Polk tarkibida, Angliyaga jo‘natilgan va u yerda xizmatdan voz
kechib, Bat shahrida musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlagan. Musiqa nazariyasi orqali, matematika,
optika va astronomiyaga kirib kelgan. O‘zi mustaqil ravishda shisha sayqallab, teleskoplar tayyorlab savdo
qiligan. O‘zi uchun tayyorlagan teleskopida, Bat shahridagi o‘z uyida, 1781 yilning 13-mart kuni Uran
sayyorasini kashf etadi va uni qirol Georg III sharafiga «Georg yulduzi» (Georgium Sidus) deb nomlaydi.
1782 yilda Angliya qiroli Georg III Gershelni qirollik astronomi etib tayinlaydi va unga kerakli barcha jihozlar
bilan ta’minlangan maxsus rasadxona tuhfa etadi. Uilyam Gershel 1871 yilda, Uran ochganligi sharafiga
qirollik Kopli medali bilan taqdirlangan. U o‘z davri uchun eng katta o‘lchamdagi teleskoplar bunyod
etganligi, shuningdek tabiatda infraqizil nurlarning mavjudligini kashf qilganligi bilan ham mashhurdir.
Uilyam Gershel 1822 yilning 25-avgustida Bukingemshirda vafot etgan. Uning sharafiga, Oy, Mars va
Mimasdagi kreterlar nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: