Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
82
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Mixail Lomonosov
Mixail Lomonosov 8-noyabr, 1711 yilda, Rossiyaning Arxangelsk
guberniyasi, Denosovka qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ishlab chiqarish
ta’limni mahalliy cherkov rohibidan olgan. 1731 yilda esa, Moskva «Spassk
maktabi» ya’ni, Moskva slavyan-yunon-lotin akademiyasiga o‘qishga kirgan.
Ta’limni muvvafqiyatli tamomlagani uchun, uni 1735 yilda Peterburg fanlar
akademiyasi qoshidagi universitetga talabalikka qabul qilinadi. 1736 yilda
Lomonosov, fanlar akademiyasining tavsiyasiga binoan, 12 nafar eng iqtidorli
talabalar safida, Germaniyaga o‘qishga yuboriladi. 1736-39 yillrda
germaniyaning Marburg universitetida ta’lim oladi. O‘sha yerda o‘zi ijarada
turgan uyning xo‘jayinining qizi Yelizaveta-Xristina Tsilixga uylanadi.
Lomonosov ilmiy faoliyatida asosan, kimyogar, fizik, qomusiy olim
bo‘lgan. Astronomiya, geologiya, mexanika, geografiya sohalarida ilmiy ishlar
olib borgan. Shuningdek, she’riyat, adabiyotshunoslik, tarix hamda, tasviriy
san’atga oid ishlari ham ma’lum. Keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan Moskva
universitetining loyihasini ishlab chiqqan. Sankt-Peterburg fanlar akademiyasi
a’zosi. Shvetsiya (Stokgolm) va Bolonya fanlar akademiyasining faxriy a’zosi bo‘lgan. 1745 yilda Kimyo
fanlari professori darajasiga erishgan.
Lomonosovning astronomiya sohasida qilgan eng muhim kashfiyotlaridan biri bu – 1761 yilning 26-
may kuni,
Venera
sayyorasining
Quyosh
diskidan o‘tish jarayonini kuzatishi jarayonida, atmosferaga ega
ekanligini aniqlaganligidir. Bu haqida Lomonosov alohida ilmiy risola – «Imperator Sankt-Peterburg fanlar
akademiyasida, 26-may 1761 yilda kuzatilgan Veneraning Quyoshdan o‘tish hodisasi» ni yozib, uni rus va
olmon tillarida chop ettirgan.
Iogann Kepler
Iogann Kepler (nemischa: Johannes Kepler) 1571 yilning 27 dekabrida,
Germaniyaning Vayl-der-Shtadt shahrida tug‘ilgan. Olmon astronomi, mexanika,
optika sohalari mutaxassisi, matematik. Astronomiyaga bo‘lgan qiziqishi, unga
avvalo 1577 yilda, onasi ko‘rsatgan yorqin kometa va 1580 yildagi oy tutilishi
hodisalari tufayli paydo bo‘lgan. 1589 yilda Maulbronn monastiri qoshidagi o‘rta
maktabni a’loga tamomlagan. Undagi ilmiy salohiyatni ko‘rabilgan shahar
ma’muriyati, keyingi, oliy ta’limni olishi uchun maxsus stipendiya ajratgan. 1591
yilda Tyubingen universitetiga o‘qishga kirgan. O‘sha yillariyoq,
Kopernik
ning
olam tuzilishining gelosentrik nazariyasi bilan tanishib, uning yorqin
tarafdorlaridan biriga aylanadi.
Astronomiya sohasida Keplerning qilgan
eng buyuk kashfiyotlaridan biri bu – o‘sha
vaqtlarda fanga ma’lum bo‘lgan sayyoralarning harakat mezonlarini ochib
bergani edi. Xususan Kepler, sayyoralar ideal aylana ham, yoki ba’zilar
ta’kidlaganidek, epitsikllar asosida ham emas, balki, ellipssimon shakldagi
orbita bo‘ylab harakatlanishini isbotlab berdi. U sayyoralar harakatiga oid
bo‘lgan va keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan uchta fundamental
qonuniyatni ochib berdi. Kepler ochgan qonunlarga ko‘ra insoniyat ilk
bora, sayyoralar Quyosh atrofida aylanishida, uning harakat tezligi
Quyoshdan uzoqlashganda va unga yaqinlashganda qanday o‘zgarishini va
sayyoraning orbita bo‘ylab aylanish tezligini qanday hisoblab topishni bilib
oldi. Ilm-fanda Kepler «Koinot qonunchisi» maqomi bilan sharaflanadi.
Iogann Kepler 1630 yilda Ulm – Regensburg yo‘lida vafot etgan.
Uning sharafiga
Oy
va
Mars
dagi kraterlar, (1134)Kepler asteroidi, 2009 yilda orbitaga chiqarilgan
«Kepler» fazoviy rasadxonasi (asosiy vazifasi, Quyosh tizimidan tashqarida ekzosayyoralarni qidirib topish,
NASA ga tegishli) nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: