Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
81
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Nikolay Kopernik
1
Nikolay Kopernik (polyakcha: Mikołaj Kopernik) 1473 yilning 19 fevralida
Polshaning Torun shahrida tug‘ilgan. Uyg‘onish davrining yirik matematik,
iqtisodchi, kanonik ruhoniysi va astronomi. U fanga, olam tuzilishining
geliotsentrik nazariyasini taqdim qilish orqali, tarixda ilk ilm-fan inqilobini amalga
oshirgan.
Kopernik, qadimgi astronom olimlardan qolgan, geotsentrik olam tuzilishi
haqidagi nazariya haqida mulohaza qilib borib, uning sun’iyligi va o‘ta
murakkablashtirib yuborilganligini ta’kidladi. Kopernik,
Quyosh
Yer
ning atrofida
emas, balki aksincha, Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi deb
ta’kidladi. U o‘zining ta’limoti va g‘oyalarini 1543 yilda Nyurnbergda nashr
etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» deb nomlangan risolasida bayon
etib berdi. U osmon jismlarining barchasining orbitalari umumiy markazga ega
ekanligi va bu markaz – Quyosh bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. U, Yer olamning markazi emas, u faqat
Oy
orbitasining markazi va Yer-Oy massalar markazi bo‘lishi, Quyosh va Yer orasidagi masofa, yulduzlargacha
bo‘lgan masofadan juda kichik ekanligini ochib berdi. Bu fikrlar, o‘sha vaqtlarda hukmron bo‘lgan olam
tuzilishini geotsentrik nazariyasiga mutlaqo zid edi. Shu tufayli Kopernik ta’limoti, cherkov tomonidan qattiq
ta’qibga uchragan. Uning asarlari, «Rim ta’qiqlangan kitoblar indeksi»ga kiritilgan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan,
Kopernik ta’limoti to‘liq o‘z isbotini topdi va fa tarixidagi olg‘a tashlangan eng buyuk qadamlarda biriga
aylandi.
Kopernik 1543 yilning 24-may kuni Fromborkda vafot etgan. Kopernik sharafiga, D.I. Mendeleyev
kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 112-element «Kopernitsiy» deb nomlangan. Shuningdek, Mars va
Oydagi kraterlar, 1972-1981 yillarda faoliyat ko‘rsatgan orbital astronomik rasadxona Kopernik nomi bilan
atalgan.
Galileo Galiley
2
Galileo Galiley (italyancha: Galileo Galilei) 1564 yilning 15 fevralida
Italiyaning Piza shahrida tug‘ilgan. Buyuk matematik, fizik, astronom va mexanik
olim. U osmon jismlarini kuzatish uchun tarixda ilk bora teleskopdan foydangdan
shaxsdir. Ko‘plab astronomik kashfiyotlarni amalga oshirgan. Xususan,
Yupiter
ning eng yirik dastlabki to‘rtta
tabiiy yo‘ldoshlari
ni ochgan. U,
Oy
ham
Yer
kabi murakkab relyef tuzilishiga ega ekanligini aniqlagan. Shuningdek Galiley,
Quyosh
dog‘larini ham ilk kuzatgan olimlardan biridir.
Venera
ning faza
o‘zgarishlarini, Somon yo‘lining esa, yaxlit obyekt bo‘lmay, balki minglab
yulduzlardan tashkil topgan ulkan galaktika ekanligini insoniyat dastlab, aynan
Galiley kuzatishlaridan keyin ma’lum bo‘ldi.
Galileo Galiley astronomiyadan tashqari, mexanika, gidrostatika va optika sohalarida ham samarali
ilmiy ishlar olib borgan. U yangi zamon fizikasining tamal toshini qo‘ygan olimlardan hisoblanadi.
Keyinchalik yana ulkan ilmiy kashfiyotlar qilgan yetuk olimlar, xususan Evanjelista Torichelli, Viviani,
Kastelli, Boriellilar aynan Galileyning shogirdlaridir.
Hayoti davomida,
Kopernik
ning geliotsentrik nazariyasining eng katta tarafdorlaridan biri bo‘lgan.
ilmiy qarashlari tufayli bir necha marta cherkov ta’qibiga duchor bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarini,
inkvizitsiya sudining qaroriga asosan, uy qamog‘ida o‘tkazgan.
Galileo Galiley 1642 yilning 8-yanvarida Archetri (Toskaniya) shahrida vafot etgan. Uning sharafiga
hozirda, (697)Galileo, Mars va Oyda kraterlar, kosmik zond, geolokatsion sun’iy yo‘ldoshlar tizimlariga
Galileo nomlari berilgan.
«U baribir aylanadi!» (Eppur si muove) shaklidagi mashhur iborani aynan Galiley, cherkov
inkvizatsiya sudi, uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majburlayotganida hitob qilgan.
1
Nikolay Kopernik haqida to‘liq malumotni
www.Orbita.Uz
saytidan,
ushbu havola orqali
olishingiz mumkin.
2
Galileo Galiley haqida to‘liq malumotni
www.Orbita.Uz
saytidan,
ushbu havola orqali
olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: