Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
64
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Kichik sayyoralar – asteroidlar
Asteroidlar – juda kichik o‘lchamlardagi mitti sayyoralardir. Ular
asosan
Mars
va
Yupiter
orbitalar orasidagi, «Asteroidlar belbog‘i» deb
yuritiladigan fazoda harakatlanadilar. Asteroidlarning o‘lchamlari bir
necha
yuz
kilometrlargacha
bo‘lishi
mumkin.
Eng
kichik
asteroidlarning diametri 1 km atrofida bo‘ladi. Asteroidlarda atmosfera
mavjud bo‘lmaydi.
1781 yilda
Uilyam Gershel
Uran
sayyorasini ochdi. Uranning
Quyosh
dan uzoqligi
Titsius-Bode qonuniyatiga
muvofiq kelardi. Agar
haqiqatan ham Titsius-Bode qonuniyati butun
Quyosh tizimi
da amal
qilsa, demak, Mars va Yupiter oralig‘ida ham qandaydir sayyora bo‘lish
zarur edi. Shuni inobatga olib, XVIII asrning 90-yillarida Frans Ksaver,
24 nafar astronom olimdan iborat ishchi guruh tuzib, Quyoshdan
taxminan 2.8 a.b. masofada, ya’ni, Mars va Yupiter oralig‘idagi sayyorani qidirish ishlarini olib bordi. Biroq
fan tarixidagi dastlabki asteroid – «Serera» tasodifan, 1801 yil, 1 yanvarda, Ksaver ishchi guruhiga mutlaqo
aloqasi bo‘lmagan Italiyalik astronom
Piatssi
tomonidan kashf etildi. Bu yangi yuz yillikning birinchi tuni edi.
Keyingi uch asteroid, Pallada, Vesta, va Yunona 1801-1807 yillar orasida kashf etildi. Vestadan keyin uzoq
vaqt astronomik kuzatuvlar besamar ketib, boshqa asteroid koinotda yo‘q degan fikrga ham kelib qolindi.
Keyingi, navbatdagi asteroid topilgunicha esa 38 yil vaqt o‘tdi. Uni Karl Lyudvig Xenke topdi va «Asteya»
deb nomladi. Xenke salkam 2 yildan so‘ng «Gebu» asteroidini ham aniqladi. Shundan so‘ng astronomlar yana
faol ravishda yangi asteroidlarni qidirishga tushdilar. Shundan so‘ng, ya’ni, 1845 yildan boshlab, har yili
kamida bitta asteroid kashf etib kelinmoqda. Bu jarayonda faqat 1945 yil istisno bo‘lib, mazkur yilda fanda
birorta ham yangi asteroid qayd qilinmagan.
1891 yilda Maks Volf asteroidlarni topishning yangi usulini joriy etdi. Unga ko‘ra kuzatuvda o‘sha
davrning ilg‘or texnologiyasi – fotokadrlarni ketma ket solishtirish usuli qo‘llanilardi, Volfning o‘zi
(323)Bryusiyadan boshlab naq 248 ta asteroid kashf etdi. Volfgacha esa kuzatuvlar faqat vizual usulda olib
borilar edi. Shu tufayli Volfgacha kashf etilgan asteroidlarning umumiy soni 300 dan oshmagan.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2007 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Astrofizika institutining Maydanak
rasadxonasi ilmiy guruhi tomonidan, O‘zbekiston mustaqilligi davridagi dastlabki yangi asteroid kashf etildi.
Uni Prezident Islom Karimovning taklifiga ko‘ra «Samarqand» deb nomlandi. «Samarqand» kichik
sayyorasining tartib raqami - 210271
Hozirgi vaqtga kelib, asteroidlarning umumiy soni 1 000 000 dan 1 900 000 gacha atrofida deb
baholanadi. 2013 yil yanvar holatiga ko‘ra 97 853 768 ta diametri 1 km dan ortiq obyekt (ularning hammasini
ham asteroid deb bo‘lmaydi, bunday obyektlarning ko‘pchiligi meteoroidlardir) aniqlangan va ulardan
600 853 tasining orbitalari aniq hisoblanib, maxsus tartib raqami berilgan. 17 620 asteroid esa rasmiy
nomlanishga ega. Barcha asteroidlarning umumiy vazni, Yer vaznining mingdan bir qismidan ham kichik.
«Asteroid» atamasini fanga
Uilyam Gershel
kiritgan bo‘lib, u yunoncha «ἀστεροειδής» - «yulduzsimon»
degan ma’noni anglatadi. Gershelning bunday nomlanish berishiga, asteroidlarning teleskopdan qaralgan,
koinotda xuddi yulduzlar singari nuqtaviy disk shaklida ko‘rinishi sabab bo‘lgan. Shakllangan an’anaga ko‘ra,
muayyan va tartibli orbitaga ega asteroidlarga ayollar ismi, Orbitasida ma’lum tartibsizliklari bor asteroidlarga
esa erkaklar nomi berilar edi. Keyinchalik bu an’anaga rioya qilinmay qo‘yilgan. Hozirda asteroidlarning
hammasi ham o‘z nomiga ega emas: asteroidlar ichida faqat orbitasi to‘liq o‘rganilgan va harakat
trayektoriyasi aniq hisob kitob qilinganlariga nom beriladi. Orbitasi aniq hisoblanmagan asteroidga faqat
uning ochilgan vaqtini ifodalovchi tartib raqami biriktiriladi. Masalan 1950DA – 1950 yilning fevral oyining
birinchi yarmida ochilgan birinchi asteroid. Bir yilda 24 ta yarimoy bo‘lgani uchun, lotin alifbosida esa 26
harf bo‘lgani sababli, I (Bir soniga o‘xshash bo‘lgani uchun) va Z harflari belgilashda foydalanilmaydi.
Asteroidga to‘liq nom berilganidan keyin, uning nomi oldida tartib raqami ko‘rsatilgan holatda yoziladi,
masalan (1)Serera, (8)Flora.
Ko‘plab asteroidlar orbitasining katta yarim o‘qi Quyoshdan 2.2 – 3.6 a.b. masofaga to‘g‘ri keladi. Ular
o‘ziga xos «Asteroidlar belbog‘i»ni tashkil qiladi. Eng katta aylanish orbitasiga esa, Xiron asteroidi ega bo‘lib,
u Saturn va Uran orbitalari oralig‘ida aylanadi. Perigeliyda bu asteroid Saturn orbitasi ichiga ham kirib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: