Quyosh magnit maydoni.
Quyosh plazmasi, yetarlicha qiymatdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, unda elektr toki va
doimiy ravishda katta kuchlanganlikka ega bo‘lgan kuchli magnit maydoni hosil bo‘ladi. Quyosh magnit
maydoni, miqyosiga ko‘ra ikki turga ajratilib o‘rganiladi.
Birinchisi – yirik (global) miqyosli magnit maydoni, fotosfera miqyosida, o‘rtacha kuchlanganlikka
ega bo‘lgan, magnit maydoni bo‘lib, Quyosh faolligining minimumi vaqtida, dipol struktura namoyon qiladi.
Bunda Quyosh qutblaridagi kuchlanganlik maksimumga yetadi. Quyosh faolligi maksimumga yetganidan
ikki-uch yil o‘tib, global miqyosli magnit maydonning kuchlanganligi, qutblarda nolga tenglashadi va qutb
ishoralarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bu jarayonda, Quyosh magnit maydoni yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki,
uning strukturasi kvadrupol xarakterida namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng, Quyosh dipoli kuchlanganligi yana
orta boshlaydi, lekin u avvalgisiga teskari ishorada bo‘ladi. Shu tarzda, Quyosh magnit maydonining
o‘zgarishlari to‘liq sikli, ikki 11 yillik Quyosh faolligi sikldan iborat 22 yillik davrni o‘z ichiga oladi. Bu
hodisa, fanda «Heyl qonuni» deb yuritiladi.
Ikkinchi tur Quyosh magnit maydoni, nisbatan kichikroq miqyosda va kamroq davriylikda sodir
bo‘luvchi, biroq, kuchlanganligi eng yuqori bo‘lgan magnit maydonlari bo‘lib, Quyosh faolligining
maksimumi davrlarida, Quyosh dog‘lari hududida kuzatiladi. Quyosh dog‘lari magnit maydoni, biqutbiy va
ko‘p-qutbli strukturalarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek
Quyosh fotosferasi
da, bir qutbli (unipolar) magnit
maydonini ham kuzatiladi. Bunday magnit maydonning kuchlanganligi ancha past bo‘lib, lekin, juda katta
hududga va uzoq hayotiy siklga egadir (Quyoshning bir necha aylanish davrigacha).
Quyosh faolligi.
Quyoshdagi kuchli magnit maydoni yuzaga kelishi va u bilan bog‘liq ravishda yuz beruvchi boshqa
effektlar, hamda, hodisalar kompleksi, Quyosh faolligi deb yuritiladi. Bu magnit maydonlari, fotosferada
Quyosh dog‘lari tarzida namoyon bo‘ladi va Quyosh chaqnashlari, tezkor zarrachalarning kuchli oqimining
ajralib chiqishi va koinotga yo‘nalishi, Quyosh elektromagnit nurlanishlari darajasining deyarli barcha
diapazonlarda kuchli o‘zgarishlarga uchrashi,
Quyosh toji
dan kuchli massa otilib chiqishi,
Quyosh
shamoli
ning keskin qo‘zg‘alishi va galaktik va kosmik nurlanishlar oqimining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.
Odatda, Quyosh faolligi darajasi, uning yerdan ko‘rinayotgan yarim sferasidagi dog‘lari sonini ifodalovchi
Volf soni bilan belgilanadi. Quyosh faolligining umumiy davriyligi, o‘ziga xos bo‘lgan, o‘rtacha 11 yillik sikl
bo‘yicha takrorlanib turadi. Biroq, bu davriylik, har doim ham aniq 11 yil bo‘lmay, Quyosh faolligi ilmiy
kuzatila boshlaganidan buyon, 7 yildan 17 yilgacha bo‘lgan muddatlarda takrorlanganligi qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |