Miokard infarkt.
Mikard infarkt deb, yurakdagi toj arteriyalaridanbirining birdan tiqilib qolishi natijasida ro’y beradigan holatga aytiladi. Bunda yurak muskuli nekrozga uchraydi.
Etiologiyasi.
Bu kasallikda toj tomirlar, ya’ni miokardani qon bilan ta’minlaydigan tomirlar bo’ylab qon oqi-shi buziladi, bu yurak sohasida yoki to’sh orqasida og’riq paydo bo’lishiga olib keladi. Toj to-mirlar bo’ylab qon oqishiga toj arteriyalari spazmi, aterosklerotik pilakchalar, katta jismoniy yoki asbiy zo’riqishlardan miokardning zo’r berib ishlashi.
Mikard infarkti aksariyat ateroskleroz, gipertoniya kasalligi bilan kasallangan kishilarda sodir bo’ladi. Stenokardiyani bu kasallikning darakchisi deb hisoblaydilar,ba’zan miokard infarcti to’-satdan yuz beradi.
Klinikasi.
Yurak sohasida yoki to’sh orqasida og’riq to’satdan paydo bo’lib, chap yelkaga, chap kurakka, pastki jag’ga va tananing boshqa qisimlariga o’tadigan og’riq mikard infarktini asosiy simtomlari hisoblanadi.
Mikard infarktining kechish hillari:
Klassik yoki tipik – og’riqli.
Atipik – gastralgik, astmatik, aritmik, serebrovaskular, belgisiz xili.
Mikard infarktining gastralgik xilida qorining yuqori qismida og’riq, ko’ngil aynishi, qusish, ke-krish, hiqichoq tutishi, qorinning dam bo’lishi, ich ketishi bilan kechadi.
Mikard infarktining astmatik xilida kasalliklarning 20% ida, ko’pincha qariyalarda , nafas yetishmovchiligi, hansirash bilan boshlanadi. Yurak astmasi, o’pka shishi rivojlanadi.
Mikard infarktining aritmik xilida yurakning noteks urishi bilan boshlanadi.Titroq aretmiya, qorincha ekstrosistoliyasi, turli darajadagi blokadalar, proksizmal taxikardiya.
Mikard infarktining serebrovaskular xilida miyada qon aylanishing buzilish bilan kechadi. Bosh-lanishida bemorning psixikasi o’zgaradi, bosh aylanadi, hushdan ketishi mumkin.
Mikard infarktining belgisiz xilida bemorlar kasallikni o‘tkazganliklarini bilmaydilar. Boshqa sabab bilan EKG da tekshirilganda mikard infarkti o’tkazganligi (chandiq) topiladi.
Labaratoriya tekshiruvlari.
ECHT, LDG, KFK, PTI, MNO, umumiy qon taxlili, umumiy siydik taxlili, qonning bioximik tekshiruvlari,
Davolash.
1. Og’riq sindromini juda zudlik bilan bartaraf etish.
2. Yurak ritmi buzilishiga qarshi kurashish.
3. Tomirlar va yurak yetishmovchiligini bartaraf etish.
4. Yurak toj tomirlarini kengaytiradigan vositalar davo tadbirlari ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |