Gipertoniya kasalligi kechishi uch davrga bo’linadi:
I bosqich. Shikoyatlari bosh og’rig’i (ko’pincha kun oxirida) vaqti - vaqti bilan bosh aylanishi, yomon uxlash. A/B ko’tarilishi doimiy emas, ko’pincha bu xayajonlanish va charchash bilan bog’liq bo’ladi. (160-180/95-105 mm/s.u.)
II bosqich. Yurakni chap tomonga kattalashuvi, yurak uchi turtishini kuchayishi va auskultatsiya vaqtida aorta ustida II ton aktsenti eshitiladi. pulsi tarang. Shikoyatlari ensa soxasida joylashgan domiy bosh og’rig’i. Bemorlarda uyqu yomonlashadi, bosh aylanadi, A/B doimiy yuqori ko’rsatkichda bo’ladi. (190-200/105-110 mm/s.u.) Yurak soxasida xurujsimon og’riq. EKG da yurak chap qorinchasi gipertrofiyasi va miokard oziqlanishi nuqsonlari belgilari aniqlanadi.
III bosqich. Turli a’zolar zararlanadi, birinchi navbatda bosh miya, yurak (miokard infarkti), buyraklar (nefroskleroz va yetishmovchiligi). A/B ko’tarilgan (200-110mm. s.u.). ko’pincha asoratlar yuzaga keladi. Bosh miya tomirlarini zararlanishi miyada qon aylanishni buzilishiga olib keladi (es-xushni yo’qotish, nutqni buzilishi, yo’tishni, nafasni buzilishi, tromboishemik insultlar kuzatiladi). Yuqorida ko’rsatilgan asoratlardan tashqari gipertonik kasallikning xoxlagan bosqichida - gipertonik kriz asorati yuzaga kelishi mumkin. Kriz belgilari: qattiq bosh og’rig’i, o’tib ketuvchi ko’rish va eshitishning buzilishi, yurak soxasida og’riq, parezlar, es-xushining chalkashligi, ko’ngil aynishi, qusish, kriz infarkt miokardi va insult bilan asoratlanishi mumkin.
Davosi
Gipertonik kasallikning 1- bosqichi davosi, asosan dori-darmonsiz davolanadi, yaxshi ish va dam olish sharoitini yaratish, autogen mashq bajarish, davolovchi jismoniy mashqlar. parxezli ovqatlanish tartibi va xokazo. Natija bo’lmagandagina dori darmon buyuriladi.
II-III bosqich gipertoniyasi bor bemorlar davosida dori-darmonlarni uzluksiz tarzda qabul qilishga muxim rol beriladi.Arterial gipertenziya davosida quyidagi gurux dori-darmonlar qo’llaniladi: - diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, alfa-blakatorlar. Kaltsiy antogonistlari, angiotenzinlantiruvchi ferment ingibitorlari, angiotenzinlantiruvchi ferment ingibitorlari retseptor blokatorlari.
Profilaktika
Gipertonik kasallikni profilaktikasi birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratiladi.
Birlamchi profilaktika gipertonik kasallikni rivojlanishiga sharoit yaratuvchi xavf omiliga ta’sir qilishni o’z ichiga oladi.
1. Osh tuzini cheklash, kaliy, kaltsiy tuzlariga boy taomlarni iste’mol qilish;
2. Tana vaznini juda semizlikda kamaytirib borish;
3. Kam harakatlanishni oldini olish;
4. Zararli odatlarni: ichish, chekishni yo’qotish;
5. Psixoemosional zo’riqishlar ta’sirini kamaytirish, salbiy kayfiyat va boshqalar;
6. Qattiq zo’riqishni, bioritmni buzilishini, kimyoviy ta’sirlarni, vibratsiyani bartaraf etish;
7. Ichki sekretsiya bezlari, buyrak, tomir, yurak xastaliklarini davolash.
Do'stlaringiz bilan baham: |